KIMLAR YOSH OILA HISOBLANADI?
SAVOL:
Biz turmush o‘rtog‘imiz bilan yosh oila sifatida imtiyozli shartlar asosida kreditga uy olmoqchi edik. Meni yoshim 25 da turmush o‘rtog‘im esa 32 yoshda. So‘ramoqchi bo‘lganim biz yosh oilalar ro‘yxatiga kiramizmi yoki yosh oila bo‘lishning xam alohida shartlari bormi ?
JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PF-4962-sonli Farmoniga ilova qilib keltirilgan normaga asosan, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak yoki ayol hamda beva erkak yoki beva ayollar kiritilishi belgilangan. Demak, har qanday holatda ham yosh oila bo‘lish uchun er-xotinning yoshi 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
✏️ Yuqoridagi asos bo‘yicha, turmush o‘rtog‘ingiz 32 yoshda bo‘lganligi sababli ayni damda sizlar yosh oilalar ro‘yxatiga kiritilmaysizlar va aynan yosh oilalarga beriladigan imtiyozli shartlar bilan kreditga uy-joy ololmaysizlar.
Kuzatishda davom eting:
https://t.me/Sherozbek_Dodoyev_Rasmiy