Gunohlarimiz badali... Bu badal hali dengizdan tomchi va yoki undan oz bo'lishi mumkin!!!
2020-yildagi voqea hodisalarni har kim har xil talqin qilishi mumkin. Ammo juda ko’plab nazariy va amaliy kuzatuvlar natijasida kelingan xulosamga ko’ra qiyomat yaqin qoldi azizlar. Avvalo, ALLOH qiyomat qachon bo’lishini o’zi biladi. Zero ushbu haqida Qur’oni Karimda shunday marhamat qilingan:|
«(Ey Muhammad, mushriklar) sizdan (o‘sha Qiyomat) soatining qachon voqe
bo‘lishini so‘rarlar. Siz qaerdasiz-u, uni (ya’ni, Qiyomat qachon bo‘lishini) zikr qilib eslash (qaerda)? (Ya’ni, siz hech qachon u Kunning vaqtini aytib bera olmaysiz). Uni bilish yolg‘iz Parvardigoringizga borib to‘xtar. Siz faqat o‘sha (Qiyomat)dan qo‘rqadigan kishilarni ogohlantirguvchisiz, xolos. (Ammo kunning qachon voqe bo‘lishini aytib berish sizning vazifangiz emasdir.) Ular u (Qiyomat soati)ni ko‘radigan Kunda (bu dunyoda) go‘yo birgina peshindan so‘ng yoki choshgoh paytida turgandek (ya’ni, bir kun ham yashamagandek) bo‘lib qolurlar» (Van-noziot, 42-46).
Qiyomatning yaqinligi haqidagi eng birinchi alomat Muhammad alayhissalomning
yuborilishlari edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Men payg‘ambar etib
yuborilganimda Qiyomat mana shunday edi», deya o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlariga ishora qildilar. Xolid ibn Umayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga xutba o‘qidilar. Alloh taologa hamdu sano aytib so‘z boshladilar: «Dunyo uzilishini e’lon qildi. Kovushini orqaga burdi. Undan (dunyodan) faqatgina bir tomchi qoldi. Bu xuddi sohibi oxirgi tomchisini ichayotgan idish (tubi)dagi (so‘nggi) tomchi kabidir»
(Ahmad va Ibn Jarirlar rivoyati. Sanadi sahih).
«Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning yoyilishi, xamr (mast qiluvchi ichimliklar) ichilishi, zinoning keng tarqalishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir, hatto ellikta ayolga bitta qarovchi (erkak) bo‘ladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Darhaqiqat, dunyoga nazar solishdan oldin, avvalo, o’zimizga bir nazar solaylik. To’y marakalarda aroqni ichib pivani yaxna qiluvchilar, qo’lidagi shaytonning suvi to’la idishni barilla ko’tarib, tos aytmoqchi bo’lishadi. Unga niyatlar, ezgu istaklar bildirishadi. Buni agar zimdan kuzatsangiz najas to’la xonada taom yeyishdan ham battarroq ekanligini his qilish qiyin emas.
Ikkinchidan, limning ko’tarilganligi juda ham inkor qilib bo’lmas haqiqatdir. Tarixga nazar solinsa buyuk ajdodlarimiz olgan ilmlari oldida bugungi bizning olayotgan ilmimiz dengiz oldidagi bir tomchidan ham kamroq ko’rinadi. Abu Ali Ibn Sino (Meditsina), Al Xorazmiy (Algebra), Beruniy, Farobiy, Mirzo Ulug’bek kabi eng yirik olimlarimiz qilgan ishlarni bugungi kelajak avlod hatto yetti uxlab tushida ham qila olmaydi.
Uchinchidan, jaholatning yoyilishi bu limning ko’tarilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Jaholatning ichiga zino, odam o’ldirish, ALLOHga itoatsizlik kabi mushriklar qilgan barcha taqiqlangan yomon illatlar kirib ketadi. Bugungi kundagi O’zbekistondagi maktab va Oliy ta’limidagi jaholat buning yaqqol misolidir. Oxirgi 30 yil ichida biror o’zbek olimining olamshumul biror yangilik qilganligini eshtgan odamga shaxsan rahmat aytardim. Bizda nobelchilar emas, porachilar, qorinchilar, internetchilar, shnobelchilar esa millionlab topiladi.
To’rtinchidan, zinoning keng tarqalganligini hech kim inkor qila olmaydi. Tohir Malik (ALLOH rahmatiga olgan bo’lsin) juda ham buyuk bir fikrni aytgan edilar. Biror mamlakatning dini va ilmi qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsang ushbu diyorni ayollariga boq deb bir odamni gapini misol qilib aytgan edilar. Darhaqiqat, bizda zinoning keng tarqalashiga eng avvalo ayol qizlarimizning o’zlari sababchi bo’lsalar, undan so’ng esa shu qizlarni tarbiya qiluvchi ota-onalari sababchidirlar. Nega, nima uchun, unday emas deb bahslashmoqchi emasman. Ammo bu masalada xohlagan insonga xohlagan joyida xohlagan sharoitida yaqqol misol tayyor turibdi. Erkaklarning o’z jufti haloli turib nomahram qiz va ayollarga ko’z suzishidan tortib, qizlarning oddiygina ochiq-sochiq kiyinishidan to eri boshida bo’la turib begona erkakka mayl bildirishigacha misollar internet va OAV hamda shundoqqina yonimizda “mana men” deb namoyon bo’lib turibdi. Zinoni yoyilishida ayollar yoki erkaklar emas, balki butun bir jamiyat aybdor bo’lib qoladi. Chunki ilmni ko’tarilishi va jaholatni yoyilishiga qarab turgan jamiyat zinoni yoyilishiga albatta asosiy sababchilardan biridir.
Xo’sh endi bir tafakkur qilib o’ylab ko’raylik, shuncha harom ishlar, nopok qilmishlar, birovning haqiqini yeyishlar, poraxo’rlik va boshqa jaholatning achchiq mevalari avj olgan bir zamonda yashab, bugungi kundagi sodir bo’layotgan:
1. Korona virus pandemiyasi
2. Turkiyadagi zilzilalar, 3. O’zbekistondagi karantin 4. Samarqanddagi kuchli yomg’irlar 5. Buxorodagi to’fonlar 6. Sirdaryodagi suv toshqinlari 7. Qozog’istondagi suv bosishlar 8. Olotdagi fojealar 9. Hindistondagi zavod portlashlari
Hamda biz bilmaydigan boshqa boshqa turli xil balo qazolar o’z-o’zidan kelyapti deb o’ylaysizlarmi?
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
– Harj ko‘paymagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi.
– Yo Rasululloh. Harj nima o‘zi? – deb so‘rashdi sahobalar.
Qatl, qatl, – deb javob berdilar Nabiy alayhissalom» (Muslim rivoyati).
Rasululloh (s.a.v) hech bir gapni yolg’on gapirmaganlar. Hech bir gapni bejizga aytmaganlar. Hozirgi kunda bizning diyorimizda va mashriqu mag’ribda bo’layotgan ajabtovur balo qazolarni ongli ravishda tahlil qilib, tafakkur qiladigan bo’lsak, bu amallarning barchasi nimadandir mujda bermayaptimikan?
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat oldidan qop-qorong‘u tun bo‘laklaridek fitnalar bo‘ladi. Kishi mo‘min holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi. Mo‘minligida kech kirgizgan kishi kofir bo‘lib tong ottiradi. Qavmlar o‘z dinlarini dunyoning bir arazi – o‘tkinchi narsasi uchun sotadilar» (Termiziy rivoyati. Hasan sahih).
Fitna va urushlar, dinni niqob qilib olib boshida ro’mol egnida chakman, ammo fisqu fasod solgivchi otarchilarning chiqib olib o’zlarini Men aqlliman deb axmoqona jar solishlari, xalqning pulini nohaq talon taroj qilib bu siz tomoningizdan qilinayotgan xarajatlarni o’rnini qoplash uchun olinadigan tovon deb ochiqdan ochiq aldovlar, xalqni nohaq ko’p go’sht yeyish va isrofgarchilikda ayblashlarni hech kim ko’rmayapti deb o’ylaysizlarmi? Vaholanki ALLOH bizga jon tomirimizdanda yaqin ekanligini dinimiz aytmagan edimi?