Penyaning jarimadan farqini bilasizmi?
Ularning har ikkalasi ham neustoyka (iqtisodiy jazo) turiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 261 – moddasiga ko‘ra, neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va qoida tariqasida, qat'iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Oddiy qilib tushuntirganda ma'muriy huquqbuzarliklarni (jinoiy harakatlarni) sodir etgan aybdor shaxsga solinadigan jarima. Misol svetoforning qizil chirog'ida harakatlanish.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi. Masalan, xuddi shu sfetoforning qizil chirog'iga o'tgani uchun ma'muriy bayonnoma orqali rasmiylashtirilgan jarimani qonunda belgilangan muddat ichida to'lamasangiz, muddat o'tgan har bir kun uchun penya to'laysiz.
Yoki, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddatining kechiktirilgan kunlari uchun to‘lanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Kuzatishda davom eting👇
https://t.me/Sherozbek_Dodoyev_Rasmiy