Sardoba suv ombori haqiqatlari yoxud bir koreys odamning taxminlari...
Sardoba qurilishidagi haqiqatlar yoxud bir koreys odamning taxminlari...
Qurilish haqidagi asl haqiqatlar vaqtlar o'tgan sari sekinlik bilan chiqaveradi degan gap rost ekan. Qing'ir ishni qiyig'i qirq yilda ham chiqadi, kasalni bekitsang isitmasi oshkor qiladi deb bejizga aytishmaydi. Xullas gapning asl muddaosiga o'tadigan bo'lsam, kecha Sardobaga borganimizda, uyerdagi ahvolni ko'rib juda qattiq afsuslandim. Suv ombori haqida gap ketib, uning qurilishi haqida bahs ketib qoldi. Shu yerdagi mahalliy aholi bilan jud
a yaqin aloqasi bo'lgan bir tanishimiz ancha muncha "aka"lar bilan bordi keldisi bor ekan. Gap shundaki Sardoba suv omborini qurilishida tanishimning bir akasi ham qurilishda ishlagan ekan. Shu akaning bir koreys millatiga mansub hamkori qurilishdagi arxitekturaning qaysidir sohasida boshliq ekan. Qurilish boshlanadi. Anchaaaa yilllar davom etadi..... anchaaa yil davom etishiga sabab esa ...
Ha mayli sababini aytmay qo'yay. Xullas 2016-yil prezident almashganda ushbu omborni qurilishiga "gaz" keladi. Ikki oyoqni bir etikka tiqish vaqti kelib qoladi. Do'ppi tor kelganda deganlaridek qurilishni "sifatli" tugatish masalasi o'rtaga qo'yiladi va tez fursatlarda bir necha yil davomida bitmagan qurilish 5 oyda qurib bitkaziladi. Endi oxirida qurilish qog'ozlariga qo'l qo'yish fursati kelganida haligi koreys akamizning e'tiroziga sabab bo'ladi. Gap nimada desangiz, gap shundaki, koreys akamiz men bu hujjatlarga qo'l qo'ymayman, bu qurilish meni proyektim bo'yicha qurilmadi, sifatga javob bermaydi bu deb bosh tortadi. Natijada bizda qanday chora qo'llaniladi? Albatta, o'zimizga mashhur qarshi chiqqan odamni yo'qotish ya'ni ishdan bo'shatish. Koreys akamiz haligi tanishimning akasiga ya'ni qurilishdagi hamkoriga shunday so'zlarni aytadi:
- bu suv ombor eng uzog'i bilan 5 yilga bormaydi. Sen bu yerdan tezroq ko'chib ket, men ham ketaman. Men hujjatlarga qo'l qo'ymadim. mana ko'rasan, hali meni aytdi deb eslaysan deb ketib qoladi.
Endi bir o'ylab ko'raylik. Koreya davlati Osiyo Yo'lbarsi deb laqab olgan davlatlar ichida birinchi o'rinda turadi. Ushbu mamlakat oxirgi 20-30 yil ichida qanday kambag'allikdan qanday qudratli davlatga aylandi. Qo'limizdagi Samsung telefonlari bunga yaqqol misol. Xulosani esa o'zingizga qoldirdim.
Ha aytgancha, suv omborning 30 % gina suvi sizib chiqqan ekan, 70 % suvi omborda kutib turibdi, qaysi vallomatning xom ishini topib qayernidir bir yo'la sug'orsam ekan deb.