Yangi ulov sotib olib rasmiylashtirish qimmatlashdi
1-apreldan boshlab ulov (avtotransport vositasi) sotib olganingizdan so‘ng uni nomingizga rasmiylashtirib davlat ro‘yxatidan o‘tkazgunga qadar qancha to'lov qilishni bilasizmi?
Ulovni sotib oldingiz, birinchi navbatda notariusda rasmiylashtirish uchun borasiz va quyidagicha to‘lovlarni amalga oshirasiz:
1) davlat boji BHMnin 3 baravari miqdorida bu degani bugungi kunda 1 020 000 so'm
2) notarius tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun BHMning 10 % miqdorida bu degani 34 000 so‘m
3) Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun BHMnin 20 % miqdorida bu degani 66 000 so‘m
4) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumot chop etish yoki texnik vositalar yordamida hujjatlardan nusxalar ko‘chirish uchun har bir bet uchun BHM 0.5 % miqdorida bu degani 1 700 so‘mdan taxminan 3 bet = 5 100 so‘m
5) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish uchun BHM 15 % miqdorida bu degani 51 000 so‘m,
6) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun elektron ariza to‘ldirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi orqali ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish (har bir notarial harakat uchun bir marotaba) BHMning 10 % miqdorida 34 000 so‘m,
Avtotransport vositasining oldi-sotdi (hadya qilish, ayirboshlash) shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangandan so‘ng ushbu avtotransport vositasi 10 kun ichida egasining doimiy yashash joyidagi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatida (YHXDX) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi (RO‘DRB) olinishi lozim.
7) Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (keyingi o‘rinlarda RO‘DRB deb yuritiladi) uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida ya'ni bugungi kunda 1 190 000 so‘m,
8) Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 6,84 baravari bu degani 2 325 000 so‘m
9) Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish uchun BHMning 70 foiz miqdorida bu degani 238 000 so‘m
10) ulovni majburiy sug‘urtasi 5 kishigacha haydovchiga 40 000 so‘m