March 25, 2022

Yuksalish liderlar akademiyasining qadriyatlari

1. Biz bir oilamiz. Har bir o'quvchiga o'z farzandimizdek mehr beramiz.

2. 24 soat kuzatuv borligini his qilamiz va ishimizga mas'uliyat bilan yondashamiz.

3. Biz uchun ilm qanchalik muhim bo'lsa, odob ham shunchalik muhimdir.

4. O'rgatganlarimizga mas'ulmiz va ularga avvalo o'zimiz amal qilamiz.

5. Biz muloqot uchun doim ochiqmiz va har bir murojaat bilan alohida ishlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

6. Natijaga ruhlantirish orqali emas, intizom bilan erishamiz.

7. Oliyhimmat va vatanparvar avlodni yetishtirish yo'lida xizmat qilamiz.

Yuksak ehtirom ila,
@Yuksalish_leaders_academy