October 23, 2024

Jondor tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil et

Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lishi munosabati bilan Jondor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, maqsadida targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan, Jondor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan YUXKM xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xodimlar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirilib, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida tushuntirish berildi.

Shuningdek, sohaga doir Mehnat qonunchiligiga oid ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

JONDOR TUMAN ADLIYA BO'LIMI YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARJAZI