October 28, 2024
Jondor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan fuqarolarning muamolarini joylarida hal qilish bo'yicha targ'ibot tadbirlari tashkil etildi
#Adliya va hudud
Joriy yilning 22-oktabr kuni Jondor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan “Boliob” MFYda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va huquqiy muammolar mahalla.adliya.uz platformasiga ijro uchun yuborildi.
Shuningdek, ularga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtincha bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.