Jondor tuman adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbirlari davom ettirilmoqda...
Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar boʻlinishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib boʻlmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari boʻlib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq maʼlum boʻlgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan.
Jondor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi