December 16, 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli va 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarorlari yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.

Jondor tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2025-yil 01-aprel kunidagi 133-sonli Qarori yuzasidan targ‘ibot tadbilari tashkilotlarda amalga oshirilmoqda

2025-yilning 07-noyabr kuni Jondor tuman Zangi mahalla fuqarolar yig‘ini oilaviy polikilinkasida targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Qarorda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash, yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini tashkil etish, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamda tejamkor uskunalarning afzalliklari to`grisida va fuqarolar uylariga quyosh panellari o‘rnatishdagi afzalliklar hamda buo‘yicha beriladigan subsidiyalat to‘g‘risida tushuntirildi. Fuqaroga mazkur qaror yuzasidan tayyarlangan bukletlar tarqatildi.

Jondor tuman adliya bo'limi