October 16

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Jondor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish tomonidan Jondor tuman 27-son maktabda yangi saylov tizimining mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi

Endilikda O‘zbekistonda parlamentga saylovlar aynan aralash – majoritar-proporsionaltizim asosida bo‘lib o‘tadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimiga asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanishi tushuntirildi.

Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda belgilanaligi hamda Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega ekanligi hamda saylov kommisiya a'zolarining saylov kunidagi vazifalari batafsil seminar ishtirokchilarga yetkazildi.

Jondor tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi.