October 30, 2024
Jondor tuman adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbirlari tashkil etilyapdi...
Buxoro adliya boshqarmasi tomonidan 2024 yil oktabr oyi “YOSHLAR OYLIGI” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 may kunidagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirining 2024 yil 06 iyun kunidagi 181-sht-sonli buyrug‘i bilan otaliqqa berilgan tumandagi 2-umumta’lim maktabi yoshlari bilan uchrashildi.
Xususan, maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi”da 8 sinf o‘quvchilariga tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligi yuzasidan huquq darsi o‘tildi.