December 16, 2024

Huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilyapti

Jondor tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklarni oldini olish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlar, oiladagi (maishiy) zo'ravonliklar va unga nisbatan belgilangan javobgarliklar xususida tadbir tashkil etildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka uchraganlarida himoya orderi orqali himoyalanish tartibi to’grisida ham tushuntirish berildi.

Shuningdek, masʼullar qonunchilikdagi yangiliklar, “Mahalla yordami” telegram boti va uning afzalliklari, “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishmoqda.

Jondor tuman Adliya bo'limi YXKM