Saylov oldi targ‘ibot tadbirlari Jondor tuman Adliya xodimlari tomonidan davom ettirilmoqda…
Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lishi munosabati bilan Jondor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, maqsadida tumandagi 26-maktabda targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, viloyatlar, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlariga saylov o‘tkazish tartibi hamda va boshqa sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlaring, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sohaga doir Mehnat qonunchiligiga oid ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.