October 31, 2024

Jondor tumani adliya bo'limi, YXKM xodimlari tomonidan Jondor tuman "Ushot" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu sayyor tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni  va   Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №204-son qarori va 05.08.2024-yildagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" O'RQ-937-sonli qonuni  bo’yicha kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari qabul qilindi.

Jondor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi