November 13, 2024

Jondor tuman Adliya bo'limi tomonidan "Konstitutsiyada yoshlar huquqi" shiori ostida uchrashuvlari davom ettirilyapti.

Joriy yilning 13-noyabrida Jondor tuman 2-son maxsus maktab internatida tuman adliya bo'limi xodimlariga biriktirilgan mahallalardagi yosh oilalar bilan o'quv-seminar o'tkazildi. Yoshlarga Oila kodeksi hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Adliya bo'limi xodimlari tomonidan yoshlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Shuningdek, jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg'usini shakllantirish maqsadida targ`ibot tadbirlari o`tkazilyapti.

Jondor tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi