Jondor tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Qaroli" MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “uyma-uy yurish” tadbiri oʻtkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmonida ijrosi yuzasidan va 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha qarori ijrosi yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mahallada chiqindi tashish xizmati bilan bog'liq bo'lgan ko’plab fuqarolarning muammolarini echimini topish maqsadida, ma'sul xodimlarni jalb qilgan holda maishiy chiqindilarni tashlash uchun mo’ljallangan joyda boshqa turdagi chiqindilarni keltirib tashlab ketilishi bilan bog’liq muammolar ijobiy hal qilindi
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan, fuqarolarning huquq va erkinliklariga taalluqli boshqa qonun hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uyma-uy yurish orqali uchrashuv jarayonida aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarga to’liq bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilib, ayrim muammolar ijobiy hal qilish uchun bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, mahallaning “Mahalla yettiligi” hamkorligida huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini mohiyati va ahamiyati borasida fuqarolar o‘rtasida tushuntirishlar berilib vizitkalar tarqatildi.