August 20, 2025
Buxoro viloyati Jondor tuman davlat arxivining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Bugun Jondor tumanida muhim voqea – tuman Davlat arxivi uchun ajratilgan va zamonaviy tarzda qayta ta’mirlangan yangi binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat va tuman hokimligi vakillari, adliya boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zarxiv” agentligi, Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi mas’ullari, soha faxriylari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan Jondor tuman Davlat arxivi yanada kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida, tarixiy merosni asrab-avaylash, hujjatlarni tizimli ravishda yuritish va ularni kelajak avlodga yetkazish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.