October 30, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati adliya boshqarma boshlig'i tomonidan "Sayyor qabul" tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan aholining mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i M.Isayev hamda tuman adliya bo‘limi tomonidan Jondor tuman “Oytug‘di” MFY da sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. O‘rganishni talab qiladigan 13 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, uy-joyning kadastr hujjatlari hamda fuqarolik holatini tasdiqlovchi hujjatlar, maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish tartibi, aliment va ajrim masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.
Hozirda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ushbu murojaatlarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Qabul yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.

Yoqoridagilar bilan bir qatorda, otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashildi. Ularning mavjud muammolari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jondor tuman adliya bo'limi