December 16, 2025
ADLIYA VA YOSHLAR
🔹Jondor tuman adliya bo'limi hamda Jondor tuman politexnikumi tashabbusi bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda viloyat politexnikumi talaba yoshlari ishtirok etishdi.
🔹Muloqotda davlat huquq siyosatini yuritishda adliya organlarining o‘rni, amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, korrupsiya qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan choralar, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish va jinoyatchilikni oldini olish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.
🔹 Shundan so‘ng, “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida Jondor tuman davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat hamda FHDYda xizmat turlari va xizmat ko‘rsatish jarayonlari tanishtirildi.