November 18, 2024

Jondor tuman Adliya bo'limi xodimlari tomonidan Bayrog'im - mening faxrim targ'ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Tumandagi 33-son maktabda Adliya bo'limi va YXKM tomonidan 9-11-sinf o'quvchilarga davlatimiz mustaqilligining ramzlaridan biri – mustaqil O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida’gi qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘lganligi to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarning jasorati bugungi avlodga ibrat ekanligini, yoshlarimiz ham xalqaro arenalarda bayrog‘imizni baland ko‘tarib, yurtimiz shuhratiga shuhrat, obro‘siga obro‘ qo‘shmoqdalar, bunga Tokio olimpiadasida sportchilarimiz qo‘lga kiritgan g‘alabalar yorqin misol. Bundan keyin ham yoshlarimizni davlat ramzlariga, jumladan Davlatimiz bayrog‘iga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash barchamizning burchimizdir deb ta’kidlab o‘tdi


Jondor tuman Adliya bo'limi va YXKM