O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkinmi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkinmi❓
#savolimbor Ассалому алейкум Яхшимисиз.узини узи банд килган фукароларни МЧЖда ишга кабул килсак буладими ноконуний хисобланмайдими?
O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasi 4-qismiga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar maqomini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi 4-xatboshisida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qolishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-son qaroriga 1-ilova “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 5-bandida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emasligi belgilangan.
Yuqoridagi normalardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emasdek degan tasavvur uyg’onadi! Lekin, unday emas.
❌ Aslida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aynan o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emas.
✅ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar boshqa faoliyat turlarida bemalol mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin! Soddaroq qilib, misol bilan tushuntiraman. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida hamshira sifatida mehnat shartnomasi asosida ishlay olmaydi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 578-son qaroriga ilova “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ham qarang). Lekin hamshira boshqa kasblarda (hamshiralikdan tashqari) mehnat shartnomasi asosida ishlay oladi.