Jondor tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan huquqiy targ'ibot tadbirlari davom ettirilyapti
Jondor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 13-dekabr sanasida Jondor tumanining bir qator MFY lari hududida Xususan "Ibn sino" MFY hududida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi bo‘yicha uyma-uy yurgan holda muammolarini o‘rganib, aniqlangan huquqiy muammolar “Adliya-mahalla” platformasiga kiritilib, mahalla fuqarolari yig’inida faoliyat olib boruvchi hokim yordamchilariga “Online-mahalla”platformalari orqali fuqarolarning huquqiy muammolarni ro‘yxatga olish bo’yicha ko‘rsatma tavsiyalar berildi.
Shunigdek, 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-son" Qaror, yuzasidan tushintirishlar berildi.