October 30, 2025
Huquqiy targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda
Jondor tumani adliya bo‘limi tomonidan Jondor tuman 26-maktabda huquqiy tadbirlar rejasiga muvofiq navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur intellektual bellashuvning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni mustaqil fikrlashga, bilim va intellektual salohiyatini oshirishga rag‘batlantirish, shuningdek, ijtimoiy faolligini kuchaytirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etish bilan bir qatorda, amaldagi qonun hujjatlari, yoshlar huquqlari, fuqarolik burchlari va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan turli qiziqarli savol-javoblarga javob berishdi.