Ustoz - shogirdÂ
Bu jumlani yoshligimizdan ko'p eshitganmiz. Siz bilan bir nechta mulohazalarimni bo'lishmoqchiman.
1. "Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar" - bir qarashda bu maqol o'z mohiyatini yo'qotgandek ko'rinishi mumkin.
Masalan: online kurslar, YouTube yoki Udemy kabi platformalar orqali zamonaviy kasblarni egallash, ishga kirish ham mumkin albatta.
Ustoz insonga kasbni o'rgatish uchungina kerak emas. Zamonaviy dunyoda Soft skill va Hard skill degan tushunchalar kirib kelmoqda.
Hard skill - Bu sizning ma'lum bir soha bo'yicha o'rgangan bilimingiz. Masalan: Dasturlash, 3D modellash, Grafik dizayn, Ingliz tili, Marketing, SMM va hokazo.
Soft skill - Bu sizning insoniy fazilatlaringiz, Muomala madaniyati, boshqalarni hurmat qilishingiz, qadriyatlaringiz, halolligingiz, o'zgalarning shaxsiyatini hurmat qilishingiz kabi jihatlar kiradi.
Agar shu ikkala jihat sizda birdek rivojlangan bo'lmasa o'z ishingizda muvaffaqqiyatga erisha olmaysiz.
Ustoz esa sizda aynan shu ikkala jihatni birdek rivojlantirish uchun kerak bo'ladi. U siz endi chiqmoqchi bo'lgan yo'lni allaqachon bosib o'tgan va sizga nima qilish kerakligini aniq aytishi mumkin bo'lgan insondir. Siz o'zingiz mustaqil o'rganish davomida uchrashingiz mumkin bo'lgan muammolar va to'siqlarni yengishingiz uchun ko'p vaqt ketib qoladi.
Ustozingiz bo'lsa bu to'siq va muammolarni osongina hal qilishingiz mumkin va hattoki ularga duch kelmasligingiz ham mumkin!