April 24

Virtual DOM, Vue js da

Vue.js progressiv JavaScript freymvorki bo'lib, u foydalanuvchiga reaktiv interfeyslarni yaratish uchun samarali yo'llarni taklif etadi va uning asosiy qismi bu Virtual DOM hisoblanadi, bu postda Vue'ning Virtual DOM qanday ishlashini, applicationlarni qanday optimallashtirishi va yanada optimal kod yozishga qanday yordam berishini ko'rib chiqamiz.

Virtual DOM (VDOM)

Virtual DOM (VDOM) - bu haqiqiy DOM'ning abstraksiyasi. Vue to'g'ridan-to'g'ri haqiqiy DOM'ni manipulyatsiya qilish o'rniga, memoryda uning yengil copysini yaratadi. Bu usul Vue'ga real DOM'ga qo'llashdan oldin kerak bo'ladigan o'zgarishlarning minimal sonini aniqlash orqali samarali re-renderlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Virtual DOM ishlash tartibi
  • Rendering: Vue componentlarni ishga tushirganda, JavaScript obyektlari yordamida Virtual DOM tree ni tuzib chiqiadi.
  • Diffing Algorithm: Agar componentda biror bir state yangilansa, Vue boshidan yangi VDOM yaratadi va oldingi version bilan solishitirb chiqadi, shu qismda unda diffing algorithm dan foydalanadi.
  • Patching Process: Bu qismda Vue o'zgarishlarni aniqlab olgan xolatda faqat aynan kerakli bo'lgan qismlarni real DOM ga patching usulida o'zgartiradi. Bu yo'l performance taraflama juda foydali bo'lib, minimal tarzda re-renderlar paydo qiladi.

Virtual DOM dan foydalanishni afzal taraflari
  • Performance Optimization: O'zgarishlar real DOM ga kelishdan oldin xotirada bo'lgani sababli, Vue keraksiz qayta-chizishlar va qayta-tartiblashlarni oldini oladi va bu xolat performance ni ancha yaxshilaydi.
  • Improved Developer Experience: Vue ning renderlash mexanizmi aniq (declarative) bo'lgani sababli, developerlar ning fokusi faqat UI/logic qurish uhcun qaratilgan va bu DX (Developer Experience) ni ancha yaxshiligini bildiradi.

Qo'shimcha qilinganda Developerlarga bog'liq joylar ham bor, ular:
  • Use Keyed v-for Lists: template da v-for dan foydalangan xolatda :key berishga etibor berish va u key unikal bo'lishiligi muhim.
  • Lazy Loading and Code Splitting: Componentlarni Lazy load qilish yani defineAsyncComponent va shu kabi usullardan foydalanish va code splitting ga etibor berishlik kerak.
  • Avoid Unnecessary Component Re-renders: props larni aynan bir field orqali berish, object tarzda emas, deylik name=form.name berishlik, data=form bu xolatda har bir field o'zgarganda re-render xosil bo'ladi, computed kabi propertydan ham ko'proq foydalanish kerak.

Qisqa qilib aytganda Vue ning Virtual DOM mexanizmi UI o'zgarishlarini samarali va optimal yo'llarda o'zgartiradi va bu mexanizmni yaxshi tushunib olish kelajakda kotta loyihalar qurishda sizga juda foyda beradi.

https://tirikchilik.uz/@sheyxuz