February 10, 2025

SONGI UMID

EP_5

Jungkook vannaning eshigi ortida kulib turgancha, yelkasini devorga tirab, ichkaridan javob kutardi. Y/N esa nimalardir deb g‘udranib, o‘zini bosishga harakat qilardi.

Y/N (pov): Bu yaramas! O‘zi shu darajaga olib kelgani yetmaganday, endi yana meni ranjitmoqchimi? Nega bu yurak uni yomon ko‘rolmaydi?

Vannadan chiqayotganida, Jungkook shaytoniy kulimsirash bilan uni kutib turardi.

Jungkook: Ha, hayotingdagi eng yaxshi tun edi-a?

Y/N uning yelkalaridan turtib o‘tib ketdi.

Y/N: Menga nonushta tayyorlabsan, lekin mendan bu qilganlaring uchun minnatdorlik kutma!

Jungkook xotirjam stulga o‘tirdi, ko‘zlarini qisib unga qaradi.

Jungkook: Sen yoqtirishingni bilaman. Menga qarab turganingda ko‘zlaringning jilosi yolg‘on gapirayotganingni aytib turibdi

Y/N buni eshitib, qo‘lidagi non bo‘lagini unga uloqtirdi

Y/N: Jim bo‘l, Jungkook!

Jungkook kulib, nonni ushladi va og‘ziga soldi.

Jungkook: Bo‘pti, men jim. Lekin shuncha gaplardan keyin hali ham mendan qochib qutulaman deb o‘ylama. Men faqatgina senga tegishliman, xuddi sen meniki bo‘lgandek...

Y/N unga tikildi. Bu gaplardan yuragi tez urib ketgan edi, lekin buni tan olishni istamasdi.

---
Suna xonasida yostiqqa yuzini bosib yotardi. Ich-ichidan yig‘lamoqda edi. Bir necha soat oldin u o‘zining eng zaif tomonlarini ko‘rsatib qo‘ydi. Endi esa, bu unga og‘riqli edi.

Suna: U meni hech qachon sevmaydi... Men faqat bir qo‘g‘irchoqman, shunchaki vaqtinchalik qiziqish. Lekin nega yuragim buni qabul qilishni istamaydi?

Eshik asta ochildi va (?) eshikdan sekin ichkariga qaradi.

(?): Suna...

Suna boshini ko‘tarmadi, shunchaki ko‘zlarini yumib oldi.

(?):Agar sen mendan uzoqlashmoqchi bo‘lsang... Men to‘xtatmayman. Lekin bilib qo‘y, men yomon odamman. Men bilan bo‘lish yaxshilik keltirmaydi

Suna bir lahza sukut saqladi, keyin chuqur nafas olib, yostiqni chetga surdi va unga tikildi.

Suna:Unda menga bitta savolga javob ber... Hech bo‘lmasa bir marta meni sevishga harakat qildingmi?

(?) bu savoldan chuqur nafas oldi, lekin javob bera olmadi. Javob yo‘q edi...

Suna boshini silkib jilmaydi. Bu jilmayish esa yurakni tirnaydigan darajada achinarli edi.

Suna:Javob berishga hojat yo‘q, bilaman... Men allaqachon kechikkanman

(?)unga bir qadam yaqinlashdi, nimadir demoqchi edi, lekin Suna qo‘lini ko‘tarib uni to‘xtatdi.

Suna:Bu safar men ketaman, Suga

Suga unga uzoq tikilib turdi. Bu safar Suna jiddiy edi.

U shunchaki ortga burilib, xonadan chiqib ketdi.

Suga bir necha daqiqa jim qoldi, keyin esa derazadan tashqariga qaradi. Uning yuragi esa, nega bilmadim, g‘alati bo‘lib ketdi...
U shunchaki o‘zining eng yaqin kishisini yo‘qotayotganini tushunmagan bo‘lsa kerak...


Tonggi shabada Suna uchun odatdagidan ham sovuq edi.
U ko‘chada ohista yurib borarkan, ichidagi og‘riq yuragini qattiq siqib borardi. Hech qachon bu qadar ezilmagan edi. Suga uni sevmaydi. Buni allaqachon bilsa ham, yuragi umid qilishdan to‘xtamagan.

Suna:Lekin endi tamom. Men o‘zimni unutish uchun ketaman...

Shu fikr bilan u shahar tashqarisidagi temir yo‘l bekati tomon yurdi. Hech kimga hech narsa demadi. Balki Suga uni qidirmas hamdi...


Suga esa xonasida bir nuqtaga tikilib o‘tirardi.
U ichidagi g‘alati bo‘shliqni tushuna olmasdi. Sunaning gaplari hamon quloqlarida jaranglardi.

"Meni hech bo‘lmasa bir marta sevishga harakat qildingmi?"

Suga mushtini siqdi. Ichkarida bir narsa g‘ijimlanayotgandek edi. Bu qanday tuyg‘u? Nahotki u Sunani yo‘qotayotganini his qilayotgandi?
Eshik taqilladi. Bu Jungkook edi.

Jimin: Hoy, aka. Seni bunchalik o‘ylanib qolganingni ko‘rmaganman. Senga nima bo‘ldi?

Suga unga qaradi, lekin hech narsa demadi. Jungkook esa jilmayib gapini davom ettirdi.

Jimin: Suna ketganini
bilasanmi?

Suga o‘rnidan sapchib turdi.

Suga: Nima?! Qayerga?

Jimin: Bekatga. Ketmoqchi ekan.

Suga hech narsa demay yugurib tashqariga otildi. Yuragi yana shunday tez urayotganini eslay olmasdi.


Temir yo‘l bekatiga yetib kelgach, Suna chamadonini yoniga qo‘yib, poezdni kutib o‘tirardi. Ko‘zlari bot-bot yumilib ochilar, lekin yuragi bir xil tempda og‘riqli urib turardi.

Suna: U meni to‘xtatmaydi. Unga baribir.

Lekin aynan shu paytda kimdir baqirib kelayotganini eshitdi.

Suga: SUNA!!!

Suna ko‘zlarini katta ochib, ovoz kelgan tomonga qaradi. Suga... U yugurib kelardi. Nafas olishi og‘irlashgan, ko‘zlari esa... O‘zgacha edi.

Suga uning yoniga yetib keldi-da, chamadonni itarib yubordi va Sunaning yelkalaridan ushlab qattiq tortdi.

Suga: Sen qayerga ketayapsan?

Suna: Bu seni qiziqtirmaydi. Axir sen menga faqat foydalanyapsan-ku!

Suga uning yelkasidan ushlab silkitdi.

Suga: Men ahmoq edim, Suna. Seni yo‘qotish men uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi deb o‘ylagandim, lekin sen ketayotganingni bilganimda yuragim siqildi! Bu qanday tuyg‘u ekanini bilmayman, lekin... Ketma!

Suna hayrat bilan unga qaradi.

Suna: Senga ishonmayman...

Suga uning qo‘llaridan ushlab, yuziga yaqinlashdi.

Suga: Ishon. Chunki men senga hayotimda birinchi marta rost gapiryapman

Suna yana ishonishni istardi. Ko‘zlaridan yosh oqdi, lekin bu safar... Baxt yoshi edi.


Tasavur qiling ularni vakzaldagi holati( ble Pinteresti totb tashadm lekn imeno man istagan rasm topamadim😔

Ikki yoshlar balki baxtli bo'lishga xarakat qilar, ammo Suga Sunani osonlik bilan olib qolmadimikin-a?