June 30, 2025

Only me

Shu onda Jimin asta oldinga qadam tashladi. U Y/n tomon engashib, shivirlagan past ovozda gapirdi:
– Bu yerdagi hamma bilishi kerak sen mening xotinimsan, unutma!!!

Jungkook bir lahza jim qoldi. So‘ng lablariga yengil tabassum yugurdi, go‘yo bu so‘zlar unga hech qanday ta’sir qilmagandek. Lekin ko‘zlarida mayin kulgi yashiringan edi.

– Albatta, Jimin (dedi u ohista. Men faqat do‘stona suhbat qilmoqchi edim.

Y/n esa Jiminga bir qarab qo‘ydi, so‘ng chuqur nafas olib, stulga o‘tirdi. Jungkook ham oldinga siljidi.

– Xo‘sh, kelishuv shartlari haqida gaplashamizmi? (dedi u shunchaki.

Jimin jim turardi, ammo uning nafasi sezilarli ravishda og‘irlashgandek edi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi…
Kelishuv bitimi imzolandi. Hammaning yuzida rasmiylik. Ammo shundan keyin Jungkook Y/nga o‘girilib shivirlagancha dedi:

– u har doim shunaqa sovuqqonmi?

Y/n jilmayib, stul suyanchig‘iga suyanb, xotirjam ohangda javob berdi:

– uni tushunish qiyin, Jungkook . Shunchaki doim ehtiyot bo‘lish kerak

Jungkook sekin bosh irg‘atdi.
– Men seni tushunaman, (dedi u past ovozda. Balki, bir kun kelib, gaplashib olarmiz…Shaxsiyroq masalada.

Jimin bu gapni eshitdi. Uning barmoqlari mushtga jamlandi. Lekin u hech narsa demadi.
Ertasi kuni…
Y/n ertalab uyg‘onganida, Jimin hali ham uyda edi. Ajablanarli holat. U odatda ertalab erta ketardi.
Oshxonaga tushganida esa Jimin stolda o‘tirgan holda kofe ichayotganini ko‘rdi. Qo‘lida gazetaga o‘xshash hujjat bor edi.
Y/n unga hech qanday salomlashmasdan yonidan o‘tmoqchi bo‘ldi, lekin Jimin xotirjam ovozda:

– jungkook bilan juda samimiy eding.

Siz bir lahza to‘xtadingiz.
– Bu biznes, Jimin boshqa narsa emas

Jimin sizga sinchkov tikildi.

– Ishonchim komilki, shunday. Lekin men seni eslatib qo‘ymoqchiman, (dedi u kofesidan bir ho‘plab – biz shunchaki sherik emasmiz.

– Unda nima?

Jimin jilmayib qo‘ydi. Bu tabassum… sovuq, lekin qandaydir xavfli edi.

Y/n Jiminni sovuqqonligiga e’tibor bermaslikka harakat qildingiz. Lekin ich-ichingizda nimadir g‘ashingizga tegayotganini sezdingiz.

– Xotinim bo‘lsang, shunday bo‘lib qolasan. Azizam Y/n buni untma!

U kofesini ichib tugatdida, sekin o‘rnidan turib, yoningizdan o‘tayotib sizgaa yaqinlashdi. Jimin shunchaki gapirib qo‘ya qoladigan odam emasligini yaxshi bilardi.

– Kim bilan qanday gaplashishingni o‘ylab yur (dedi u xotirjam, ammo sirayam oddiy tuyulmagan ovozda.

Siz nigohingizni ko‘tarmasdan javob berdingiz:
– Ishimga aralashma, bu sizning ishingiz emas

Jimin biroz jilmaydi.
– Seni rashk qilyapti deb o‘ylaysanmi? (u kulib qo‘ydi. – Men shunchaki narsalar o‘z joyida bo‘lishini istayman.

Y/n unga o‘tkir nigoh tashladi:
– Demak, menga egalik qilmoqchimisan?

Jimin bir soniya sukut saqladi, keyin esa yuzida g‘alati jilmayish bilan pichirladi:
– Agar shunday bo‘lsachi? Dedi va xonasiga chiqib ketdi

O‘sha kuni kechqurun
Siz kechqurun uyga qaytayotganingizda, Jimindan xabar keldi.

“Men sen bilan gaplashishim kerak. Hozir qayerdasan?”

Siz xabarni o‘qib, javob yozmoqchi bo‘ldingiz, lekin shu payt oldingizga qora avtomobil sekin to‘xtadi.

Jimin mashina eshigini ochdi va sovuq ovozda buyurdi:
– O‘tir

Siz hech narsa demay mashinaga o‘tirdingiz. Salonda keskin jimlik hukm surardi.

Jimin asta mashinani haydab ketarkan, qo‘lidagi telefonni sizga ko‘rsatdi.

– jungkook bilan kechki ovqat?

Ekranda Jungkook bilan tushgan rasmingiz ochiq edi. Kimdir bu suratni Jiminga yuborgan edi.

– Sen meni kuzatayapsanmi?(dedingiz zarda bilan.

– Sen meni masxara qilyapsanmi? (Jiminni ovozi past, ammo bir oz hafli edi.

– Bu shunchaki ish edi .

Mashinada keskin jimlik cho‘kdi. Jimin barmoqlari bilan rulni siqib, chuqur nafas oldi. So‘ng sekinlik bilan dedi:

– Menga qara, Y/n.

Siz nigohingizni unga qaratdingiz. Jimin ko‘zlarida nimadir o‘ynardi rashk, yomon rashk.

– Agar yana Jungkook bilan bunday holatda ko‘rsam… senga undan keladigan natijani yoqtirmaysan. Vada beraman bunga

Siz kulimsiradingiz.
– Qo‘rqitmoqchimisan?

Jimin sovuqonlik bilan
– Bu ogohlantirish

Siz esa uning yonida sovuqqina jilmayib qo‘ydingiz.
– Sen barini haddan tashqari jiddiy qabul qilasan.

Jimin boshini biroz egib, yengil kuldi. Ammo bu kulgi hech qanday samimiylikni ifodalamayotgan edi. U to‘satdan mashinani yo‘l chetiga tortib, to‘xtatdi.

- Tush

Ep_2.Tthe end

𝐄𝐭𝐞𝐫𝐧𝐞𝐥𝐥𝐞𝐟𝐢𝐜 𝐰𝐢𝐥𝐥 𝐥𝐞𝐚𝐯𝐞 𝐚 𝐦𝐚𝐫𝐤 𝐨𝐧 𝐲𝐨𝐮𝐫 𝐡𝐞𝐚𝐫𝐭𝐬𓍼ֶָ֢