Only me
Siz uning ko‘zlaridagi xavfni sezdingiz. Ammo siz hech qachon bo‘ysunadigan ayol bo‘lmagansiz. Shuning uchun kinoya bilan kulib:
– Buyruqlaring men uchun hech narsaga arzimaydi, (dedingiz.
Biasingiz ko‘zlarini yumib, sabrini ushlashga harakat qildi. Lekin keyingi soniyada sizning qo‘lingizdan ushlab, mashinadan chiqardi.
– Yoqtirasanmi yo‘qmi, sen menikisan, (dedi u tishlarini orasidan.
Siz o‘zingizni tortib oldingiz va unga o‘tkir nigoh tashladingiz.
– Men hech qachon hech kimga tegishli bo‘lmaganman. Yana senga?
Jimin bir lahza jim qoldi. U rashk va g‘azab ichida yonayotgan edi.
– Unda men senga tushuntirib qo‘yaman… (dedi u past ovozda.
Shu zahoti siz unga musht tushirdingiz. Ha, aynan musht!
Jimin kutilmaganda bir qadam orqaga tortildi. Ammo u darrov o‘zini tikladi va qoshlarini chimirgancha sizga tikildi.
– Demak, men bilan urushmoqchisan?
– Sen meni majbur qilayapsan, (dedingiz jahl bilan
Biasingiz sekin qadam tashlab, sizga yaqinlashdi. U endi muloyim gapirishni ham unutgan edi.
– junkook senga shu qadar yoqib qoldimi? (uning ovozida yovvoyilik bor edi.
Siz hech ikkilanmay javob berdingiz:
– Balki. Balki yo‘q. Lekin men xohlaganim bilan gaplashaman.
Bu gapdan keyin Jiminni jahli chindan ham chiqdi. U devorga musht tushirdi.
– Jungkook seni mendan tortib olaman deb o‘ylasa, xato qiladi!
Siz esa qahqaha otib kuldingiz.
– meni sendan tortib olish shart emas . Chunki biz hech qachon birga bo‘lmaganmiz!
Bu gap Jiminni butunlay g‘azablantirdi. U og‘ir nafas olib, boshini quyi soldi. Lekin so‘ng shunchaki dedi:
Ammo shu payt Telefoningizga sms keldi
“Y/n, hammasi joyidami? Agar yordamim kerak bo‘lsa, seni olib ketaman.”
Xabar aynan Jungkookdan edi.
Buni Jimin ko'rdi va Telfoningizni devorga qarata otib yubordi va sizni mashinaga solib olib ketdi
Siz mashinani to'xtatishini buyurdingiz u quloq solmadi.
- Jim ket
- To'xtat (deb baqiraverdingiz Jimin bunga chidayolmay mashinani to'xtatdi. Siz esa mashinadan tushib ketib qoldingiz. Jimin esa mashinani katta tezlik bilan haydab uyga ketdi.
Siz o‘sha kecha baribir uyga qaytdingiz.
Mehmonxonaga qadam qo‘ygach, Jimin allaqachon sizni kutib o‘tirgan edi. U divanda, oyoqlarini chalishtirgancha, sokin, ammo xavfli nigoh bilan sizga tikilib turardi. Yonida ochilgan viski shishasi va bo‘sh stakan bor edi.
– Demak, qaytishga qaror qildingiz? ( uning ovozi o‘ta past va sovuq eshitildi.
Siz o‘zgarmas ohangda javob berdingiz:
– Ha. Bu mening ham uyim, Jimin
Jimin jilmaydi. Lekin bu jilmayish unchalik ham muloyim emasdi.
– Sen meni doim shunaqa sabrimni sinashni yoqtirasa , to‘g‘rimi?
Siz unga e’tibor bermay, paltongizni yechdingiz va zinadan yuqoriga ko‘tarildingiz.
Jimin ortingizdan borib, bilagingizdan mahkam ushladi.
– Biz hali gapimizni tugatmadik.
Siz uning qo‘liga qarab, sovuq ohangda dedingiz
– Qo‘ybyubor meni
U bo‘shatdi. Lekin nigohini uzmadi.
– Sen Jungkook bilan gaplashishni to‘xtatasan
Siz burilib, unga tik qaradingiz.
– Yo‘q.
Bu javob Jiminni butunlay chidolmaydigan holatga keltirdi. U oldinga bir qadam tashladi va deyarli yuzingizga yaqinlashdi.
– Sen meni qanchalik g‘azablantirayotganingizni bilasanmi?
Siz uning nigohidan cho‘chimadingiz. Unga tik qarab, ohista gapirdingiz:
– Ha va bu menga yoqadi.
Bu so‘zlardan keyin Jimin telbalarcha jilmaydi. Uning ko‘zlarida o‘sha sovuq nafrat bor edi.
– Demak, men ham senga nima yoqishini ko‘rsatishim kerak.
U birdan belingizdan mahkam quchib, sizni devorga qisdi.
Siz ajralib chiqishga harakat qildingiz, lekin u qo‘llaringizni ushlab turdi.
– Sen mendan ketolmayapsan, to‘g‘rimi?
Siz chuqur nafas oldingiz. Yuragingiz tez urayotgan edi.
– Bu… majburlik, Jimin. Hali ham tushunmadingizmi?
U asta jilmaydi.
– Lekin sen hech qachon rad eta olmaysan.
U lablarini qulog‘ingiz yaqiniga olib borib, shivirladi:
– To‘g‘rimi?
Siz hech narsa demadingiz. Chunki siz ham Jiminga qarshilik qila olmasligingizni bilardingiz…