February 5

Inpersonal

3-fasl 4-qism

— Bo'ldi mittivoyim endi yuz qo'llarni yuvib birga nonushta qilamiz, bugun ishlarim ko'p allaqachon kechikayabman

Qizning sochlaridan mayinlik bilan qo'llarini yurgazib gapirarkan sekin qizning kichik yelkalaridan ushlab o'zidan uzoqlashtirib qararkan, birdan tanasi muzlab qoldi... Liora misli jonsizdek hushsiz yotar burnidan esa asta qizg'ish qon oqardi. Buni ko'rgan Gilbert birdan bo'lgan bu voqeaga tushunmagandek ko'zlari biroz kattalashib boqarkan, tanasida allaqachon muzdak ter va boshlanayotgan vahima tasirida tanasi bir oz titray boshladi. So'ng o'zining baquvvat qo'llari bilan hushsiz qizni ko'tardiyu mashina kalitini qolib uydan tez qadamlar bilan chiqib ketdi.

Tezligini 100 dan balanga ko'targancha bor tezlikka yanada oshirib bo'shqa mashinalarni bosib o'tayotkan qora, tongi quyosh nurida misli havoni kesib o'tkandek tovlangancha harakatlanarkan mashina ichidagi muhit juda keskin va shoshilinch edi... Shifoxona darvozalaridan kirgancha mashinani tezlikda to'xtatib qo'lida mitti qizni ko'targancha ko'rik bo'limiga kirib hamshiralar tomon oshiqdi yigit

— Shifokor.. Shifokor qayerda?! U hushsiz

Degancha qo'lidagi qizga ishora qilgancha vahima bilan tushuntirgancha. Hamshiralar ham tezda yigitga qizni tekshiruv xonasiga olib kirishini ishora qilgancha kerakli dori va ukollarini tayyorlay boshladi. Do'ktor ham bir daqiqada o'sha yerda bo'lgancha qizni tekshirgancha yigitga ularni tashqarida kutishini aytgancha ishini davom ettirdi. Daqiqalar huddi soatlardek o’tar Gilbert esa har daqiqa o’tgani sayin yanada asabillashgancha miyyasida turli hil savollar aylanardi…

:nega birdan bunday bo’ldi?.. qandaydur kasalmikin, yoki.. yana homiladormikin? Axir avval ham shunga o’xshash holatlar ham bo’lganku.. ammo agar shunday bo’lganda avvalroq bilgan bo’lardikku?

Deyarli bir soatlik o'tkir muhittan so'ng nihoyat yo'lakda do'ktor ko'rindi. Buni ko'rgan Gilbert tez qadamlar bilan ikkisi orasidagi masofani qisqartirgancha yuzida bir savolga javob izlagancha to'xtadi "u yaxshimi?"

— Do'ktor u yaxshimi? Unga nima bo'libdi?

Ko'zlarida tashvish va ikkilanish aralashmasi bilan boqgancha sho'shilinch so'radi

— Hozircha yaxshi.... Bu haqda to'lig'roq gaplashib olsak yaxshiroq bo'lardi...

Biroz boshini eggancha gapirdi doktor o'ylanib yigitni o'z xonasiga kirishga ishora qilib

***

:Eshikni astra ochib ichkariga kirarkanman uni jimgina meni kutgancha karavatga suyanib o'tirganini ko'rarkanman yuragim yanada og'irlashdi...

— Doktirlar uyga ketishing mumkin ekanini aytishdi

— Menga nima bo'pti?.. Doktirlar nima deyishdi?

Katta qora ko'zlari savolga to'lgancha Gilbertdan so'radi qiz

— ... Ha, deyarli hammasi joyida ekan, biroz charchabsan.. Bir muddat doctor yozib bergan dorilarni ichishing kerak ekan..

— Charchabman?

Qizga o'sha tanish o'ynoqi qiyofada yaqinlashib o'zining katta qo'llari bilan qizning o'zinikidan kichikroq bo'lgan qo'llaridan tutgancha

— Ha.. Kecha tunda menimcha biroz ko'p qiynab qo'ydim... hmm?

— Heyy...

Yuzi biroz qizargancha ko'zlarini olib qochdi

— Nima bu haqiqat emasmi?

O'zining o'ynoqi ohangini davom ettirgancha gapirdi Gil

— ....

— Mayli ketdik, hali bir qancha dorilaringni ichishing kerak

O'zining jiddiyroq oxangiga qaytancha eshik tomon yurdi. Uning ortidan qiz ham ergashdi

:Mashinam eshigini u o'tirishi uchun ochib uni ehtiyotkorlik bilan mashinaga o'tirishini kuzatgancha o'zim ham haydovchi tarafdagi o'rindiqqa o'tirib mashinani harakatga keltirish uchun kalitni kirgazib buradim, so'ng o'rtacha tezlik bilan shifoxonani tark ettim. Uyga qaytish jim va qandaydur yoqimsiz bosim bor edi .. yoki bu faqat menga shunday tuyulayaptimi?... Ammo unga boqarkanman doktor aytgan gaplari ich etimni tirnardi. Ochigi sira uning gaplariga ishonish istamasdim!

——————

— Unda uchinchi bosqichga yaqin bo'lgan tug'ma Miya saratoni hamda ... Yurak aritmiyasi aniqlandi...

"Miya saratoni - bu miyada hujayralar nazoratdan chiqib ko'payib, xavfi o'simta (shish) hosil qiladigan kasallik." "Yurak aritmiyasi esa - bu kuchli qo'rquv yoki stress yoki bo'lmasa shunga o'xshash malum bir narsalardan kelib chiquvchi yurak urishining odatiy ritmi buzilishi. Ammo bilsangiz kerak bu saratonchalik juda jiddiy emas.."

Mulzamlik bilan asta tushuntirdi doktor..

— Yurak aritmiyasi va Saratonning 3 chi bosqichi?

—B..Buni davolashning iloji bor to'g'rimi?!

— Rostini aytsam ... bu deyarli endi imkonsiz, Saratonning uchinchi bosqichi bilan biz faqatgina davolanishlar bilan uning muddatini uzaytira olamiz holos

Bularni eshitgan Gilbert o'zi hech qachon his etishni istamaydigan og'riqni his etardi, chunkiy Liora saratonga va hatto Tug'ma saratonga chalinishini sira kutmagandi.

— Qancha muddat qoldi?

— Ko'pi bilan deyarli 4 yarim oy,,,

Buni eshitgan gil chinday so'zsiz qoldi, endigina o'zi izlab erishgan insonidan yaqin fursatda ayrilish uning ongini to'xtatdi.. buni qabul qilishga qarshilik ko'rsatdi .. Biroq istasa istamasa bu haqiqat, o'zgartirish esa imkonsiz...

——————

:Shularni jimgina haydash mobaynida oʻylarkanman, goʻyo hamma narsa ustimga qulayotgandek his etardim. Buning bari bugungi voqealar barcha barchasi tush bo'lib chiqishini ikkimizning endi boshlangan shirin va baxtli hayotimiz davom etishini istardim.. Uni yonimda olib qolishni kichik tanasini o'zimning katta qo'llarim bilan himoyalab quchgancha men bilan havfsiz bo'lishini istayman.

— Bir daqiqa shu yerda jimgina kut, men dorilaringni olib qaytaman

Havfsizlik kamarini yechgancha gapidi yigit qizning qisqa bosh irg'ashiga bir nigoh tashlab. So'ng mashinadan tushib dorixona taraf harakatlandi.

:Havo namligi sabab osmonda butlar yigʻilgan, yomgʻir ham shivalab yogʻa boshlagandi. Bir muddatdan so'ng eshik ochilib qoʻlida yovvoyi pushti atirgullar buketi bilan makarons va dorilarimni koʻtargancha asta gullarni menga yuzida mayin tabassum bilan uzatib Gilbert eshikni ochdi. Sochlari allaqachon shivalab yogʻayotgan yomgʻirdan bir oz nam, oq koʻylagi esa erkaksimon katta yelkalarini yanada jozibali koʻrsatardi

Mashina ichini gullarning yoqimli ifori egallagan, uyga qaytishni esa yoqimli jimlik qamrab olgandi, ammo Gilbert qandaydur jim, huddi qizdan nimanidur yashirayotganini sezdirmaslikka harakat qilayotkandek...

***

:Kunlar o'tarkan uning sog'lig'i susayayotganini ich-ichimdan his etardim, u buni menga sezdirmaslikka urinsada, dorilarini o'z vaqtida qabul qilsa ham.. Yuragim esa buni o'ylaganidam , his etganimdan ezilardi. Uni ... Uni qo'yibyuborishni istamayman.. O'z insonimni topganimda endi uni yo'qotishni yana avvalgidek qo'limda hamma narsa bo'lsada yo'lg'iz qolishni istamayman! Usiz qolishni istamayman!

Kechki oy osmonga ko'tarila boshlagan vaqt uy kirish eshigi ochilib biroz charchagan qiyofada uy ichiga kirgan Gilbert ko'rindi. Ustki kiyimini yechib ilgichga ilgancha yotoqxona taraf yurgancha zinalardan ko'tarildi. Xona eshigini ochib ichkariga kirgach ko'zlari birinchi bo'lib katta yotoqda noutbukda kino ko'rgancha choyshablarga oralgan qizga koʻzi tushdi.

— Azizam, meni sog'indingmi?

Qizga yaqinlashib uni ortidan quchgancha bo'yin qismiga boshini egib uning o'sha tanish iforini hidlab gapirdi Gil

— Ha, judayam

Qiz ham unga javoban boshini u taraf burgancha lablariga egilib o'z lablarini qo'yib oxista o'pib gapirdi

— Mmx! Juda yoqimlisan.

Lablaridan biroz uzoqlashib o'zining o'tkir ammo qo'rqituvchi bo'lmagan nigohi bilan qizga qarab ko'z aloqasini davom ettirib

— Men dush olaman, ungacha sen tayyorlanib tur. Keyin ketamiz

Pardoz oyna tokchasiga soati, qurol g'ilofi va qurolini so'ng oq ko'ylagini yechib qo'liga sochiqni olib yuvinish xonasi taraf yurgancha gapirdi

— Qayoqqa boramiz?

— Bu hozircha sir little one... Endi turib tayyorlan, ketishdan avval dorilaringni ichishni unutma

Shu bilan eshik uning ortidan yopilib asta yoqilgan dush ovozi eshitildi. Liora bilardi baribir buni qancha soʻrasa ham aytmaydi, yaxshisi shunchakiy oʻz vaqti kelishini kutish

Bir muddatdan so'ng ko'kragi nam va yalang, beliga faqat sochiq o'ragan yigit ko'rindi. Bu vaqtda Liora pardoz oyna oldida o'tirib o'zining qora to'lqinsimon sochlarini tarar, allaqachon nafis ko'rinadigani kalta yengli, bo'yin qismida ingichka bir qator qilib tikilgan pistonli, tizzalaridan bir oz pastroqda turuvchi yoqimli ko'rinadigan och sariq rangli kengroq bo'lgan ko'ylak kiygandi. Bu uni yanada yosh va jozibali ko'rsatardi. Gilbertni oynadan ko'rgach biroz jilmayib sochlarini yoyiq qoldirib u taraf ko'z bilan aloqasini saqlagancha to'lig' o'girildi. So'ng o'rnidan turib shkafdan u kiyishi uchun qora shim va unga mos ko'ylagini olib yotoq ustiga qo'ydi

— Buni o'zim ola-olardim, ovora bo'lishing shart emasdi

Qurunishni tugatib shimini olish uchun qo'l cho'zgancha gapirdi

— Dorilaringni ichtingmi?

— Endi ichaman

Dorilari turadigan tortmani ochib dorilarini olib ichish uchun bir stakan suv quydi. Ichib bo'lib yana Gilbertga o'girilarkan uning qo'lida kichikroq quti bilan unga qarab turganini ko'rdi

— ?

Yigit hech qanday javobsiz unga yaqinlashish mobaynida qutini ochib, quti ichida nafis olmos ko'zli bo'yn marjoni borligini ko'rsatti va asta qizga uni taqish uchun egildi. Marjon nafis ishlangan, olmos toshi qandil nuridan ko'zga tashlanuvchanlik bilan yarqirardi

— Bu juda chiroyli! Menga juda yoqdi.. Rahmat

Yigitni quchib gapirdi quvonch bilan Liora

— Qani endi ketaylik tongda allaqachon o'sha yerda boʻlishimiz kere..

— Hali ham qayerga ketayotkanimizni aytish niyatingiz yoʻqmi?

Yigitning koʻksidan unga qarash uchun biroz uzoqlashib gapirdi

— Bu kichik sir, borganda bilib olasan

Shunday degancha qizni quchogʻidan chiqarib yana qurol gʻilofiga qurolini solib jiketini kiyganchs ostiga yashirdi va soatini taqib qizga ortidan ergashishini imo qilgandek eshik tomon yurdi

:Tungi oy nuri yoritgan katta maydonga mashina kirib borar ekan uzoqdan turli samalotlar ko'zga biroz jilovlangancha tashlanarkan hayrat bilan unga qarash uchun o'girildim

— Yana biroz azizam..

Men gapirishimdan avval meni o'z so'zlari bilan jim qildiyu, mashina katta samalot yonida to'xtagach qo'llarimni qo'liga olib mashinadan sekin olib tushib, samalot zinapoyasi tomon olib bordi... Ichkariga kirarkanmiz, bizni samalot eshigi oldida kastyum shim kiygan qiz va yigit ilig' tabassum bilan kutib oldi, ular ortida esa Gilbertning qo'riqchilari qurollangancha biroz vahimali ko'rinishda doimgidek jiddiy yuz bilan har qanday xavfni oldini olishga tayyordek turishardi. Yana bir ikki qadamlar va u meni o'rindig'imizga o'tkazib havfsiz kamarimni taqdi so'ng o'rnidan turib odamlaridan biri bilan men eshitmaydigan oxangda u bilan gaplashib yana joyiga qaytdi

— Senga bu yoqadi

Ikkilanayotganimni sezdimi menga yanda yaqinroq egilib lablarimga ilig' lablarini tekkazib qisqa bo'sa bilan ikki yonog'imni qizartirdi.. Tan olishim kerak, uni chindan sevib qolgandim.. Ota-onamni o'ldirgan, meni yillar davomida o'zining shavqatsiz qo'llarida misli qanotlarimni uzib olgandek ilojsiz va qo'rquv bilan qoldirgan insonni sevib qolgandim.. Ongim bularni o'ylaganda qarshilik qilishni, yana undan qochishni aytganda, yuragim faqat uniki bo'lishni tanlardi. Uning ulkan tanasi, qo'llariga himoya istagancha o'ralgan mitti qizaloq... Nafrat va olovli sevgi meni ilojsiz qoldirardi.. bundan tashqari u menga sezdirishni, bu muhimdek ko'rsatmaslikka o'xshab ko'rsatayotgan mendagi 'kichik charchoq' ham aslida boshqa jiddiy kasallik ekani, kundan kunga susayib borayotgan hotiramdan, ko'z nurimning sezilarli pasayishi-yu, yanada qattiqlashayotgan doimgi bosh og'rig'idan his qila olardim... U shunchakiy menga haqiqatni aytishni istamasdi. Bu u uchun ham men uchun ham og'riqli yarani yanada azobli qilishini bilardi... Ammo rostini aytsam, shu vaqtgacha o'tmishda bo'lgan o'sha qorong'u hotiralarga qaramay uni qattiq sevaman. Men ham undan ayrilishni, yolg'iz qolishni istamayman. U siz yashash endi men uchun ham juda qiyin! Bu ikki hillik, turli toifaga mansub ikki olamga ega turli yoshdagi ikki inson..

Fikrlarimni samalot osmonga ko'tarila boshlaganda qo'llarimni katta qo'llar himoya singari o'rab olgani bo'ldi... Uchish bir maromga tushgandan bir muddat vaqt o'tgach samalot yo'lagi oldida ikki styuardes g'ildirakli ovqat qo'yilgan padnislarda biz tomon yaqinlashdi va qarshimizda to'xtagancha bizga kechki ovqat dasturxonini tuzay boshladi.

Ovqatlar meyyorida va turli hil. Ovqatlana boshladik. Sekin, so'zsiz ko'zlar orqali suhbat... Ovqatlanishni tugatarkanman tanamda tungi charchoqni his qilardim, ongim o'zimga bo'ysunmasdan ko'zlarim asta yumula boshladi, so'ng boshimni uning ko'kragiga qo'ydimu keyngi voqealardan mutloq uzulgancha uyquga ketdim.. Himoyaviy, hech qanday fikrlarsiz uyquga

***

Tongning mayin nuri derazalarning ipak pardalaridan xonani maynlik bilan egallarkan katta yotoqda choyshablarga o'ralib betashvish yolg'iz uxlayotgan qiz asta qo'zlarini ochib tanish bo'lmagan xonada o'zi bilgan odamni qidirib ko'zdan kechira boshladi. So'ng qizga orqa o'girgancha tongi mayin shabada ostida o'ychan ifoda bilan oyna tashqarisidagi belgacha bo'lgan balkon pancharasiga suyanib sigara tutata yotkan yigitni ko'rib sekin o'rnidan turib u tarf yura boshladi... Iliq, kichik qo'llar katta xoshiyali erkak gavdasiga nisbatan uning ortidan quchib turgan qizni deyarli ko'rishni to'sardi.

— Hayrli tong

Tongi mayin ovozi bilan yuzini uning yalang kurak chuqurchasiga ko'mib gapirdi qiz

— Yaxshi uxladingmi sweathear?..

— Ha, bu yerga qachon keldik nega meni turgazmadingiz?

Hali ham yigitni quchgancha unga qarash uchun yuzini uning kuraklaridan uzoqlashtirib so'radi

— Qattiq uxlayotganding, shu sabab uyg'otmadim

Bu safar qizning qo'llarini belidan bo'shatib unga to'lig' o'girilib, uning uyqudan tartibsiz bo'lgan sochlarini o'zining katta qo'llari bilan biroz tartibga keltirgancha mayin jilmayib javob qaytardi

— O'zi.. qayerdamiz?

— Tailanddamiz, ammo o'ylashga shoshilma, hali senga aytgan kichik sovg'amni ko'rsatmadim...

Jilmayishi yanada kengayib ko'zlaridan yashiringa sir bilan qizga gapirdi. So'ng undan uzoqlashib ao'lidan tutib yana yotoqxonaga olib kirdi va shkafga yaqinlashib kiyimlarni ko'zdan kechirgancha ular orasidan och binafsha rangli, dumaloq kalta yengli, keng qilib tikilgan, uzunligi son yarmigacha bo'lgan ipak ko'ylakni olib qizga uzatdi

— Endi kiyin, nonushta qilgach birga shaxar aylanamiz

Yigitning gaplaridan yuziga quvonchdan yoqimli tabassum yoyilib tezda yuz qo'llarini yuvish uchun hammomga kirib ketti. Bir muddatdan keyin nam yuzini sochiqqa artgancha chiqqarkan yigit allaqachon oq keng fudbo'lka va keng baggy jensiy shim kiygan telefonda kimbilandur gaplashardi, uni bunday odatiy kiyimlarda ko'rish kam uchraydigan holatlardan edi, chunkiy doim jiddiy ko'rinishda, odamga qo'rquvni his qildiruvchi qora kastyum shim kiygan shavqatsiz mafia... Qiz kiyinishni boshlagach unga bir nigoh tashlab yana suhbatini davom ettirdi. So'ng qo'ng'iroqni tugatgach sochlarini tartibga keltirayotgan qizga yaqinlashib o'zi ham sochlarini biroz tarab, qizga qo'l uzatib uning qo'lidan tutib o'rnidan turgazdi

— Qani yuraqqoling malikam

Lift tugmachalaridan R harfini tanlab pastgi qavatga tushgancha mehmonxonaning o'z ko'rinishiga mos restoraniga kirib, chekkaroqdagi bo'sh o'rindig'lardan biriga borb joylashishdi va afitsantni chaqirib menyudan turli hil yengil taomlarni tanlab buyurtma berdi yigit... Deyarli bir soatlardan so'ng, shaxar ko'chalarida tim qora mashina mashxur brend do'konlar oldidan o'tarkan, mashina tezligi bir oz kamayib mashinalar to'xtash joyiga joylashtirilib yigit va undan keyin qiz tushdi.

Turli hil do'konlarga kirishganda allaqachon qo'llari haltalarga to'lgan Gil oldinda ketayotgan Lioraga termulgancha unga yaqinlashib qadamlarini tenglashtirdi

— Manashu so'ngisi azizam, allaqachon vaqt tushlikdan o'tdi, qolaversa bu kiyimlar solingan sumkalar qo'llarimga ko''tarish uchun juda ko'plik qilayabdi

— Do'konlarga olib kirayotgan o'zingiz men emas o'zingiz va... Bunday demang axir qo'llaringiz katta va kuchli

O'ynoqi oxangda yigitga biz ko'z qisgancha biroz kulib gapirdi

Qizning bu gaplaridan yigitning ham yuziga tabassum yugurib, ikki qo'liga tutgan kiyimlar solingan paketlarni barchasini bir qo'liga tutib so'ng biroz egilib, boshqqalarning nigohlarini etiborsiz qoldirgancha qizni ikki qo'liga huddi yana bir haltachani olgandek ko'tarib qizni hayratda qoldir ko'targancha yo'lida davom etdi... Katta Mol dan qo'llarida qizni va sumkalarni ko'targan yigit va qiz chiqib tanish mashina taraf yurib mashina oldida to'xtadi, so'ng yigit qizni asta yana oyoqda turgazgancha yerga qo'yib mashining orqa o'rindig'iga sumkalarni joyladi

— Ho'sh jajji malika endi qayerga borishni istaydi?

Qo'l soatiga qarab soatni tekshirgancha qizga taqlidona o'ynoqi oxangda gapirdi

— mmm.. blmayman

— Unda sen uchun o'zim tanlayman

Degancha qiz uchun mashina eshigini ochib qizning havfsizlik kamarini mahkamlab o'tkazdi, keyin o'zi ham haydovchi o'rindig'iga o'tirib allaqachon quyosh botish vaqtiga yaqin bo'lgan tillarang nurlari ostida mashinani katta yo'l tomon tezligini oshirgancha hayday boshladi

Mashina katta maydonga yaqinlasharkan yigit qizning savol tomus nigohlaridan qochib yo'l chetida mashinasini to'xtatib qizni olib tushish uchun Lioraning eshigini ochib uni mashinadan asta tushurdi va piyodalar yo'lakchasi tomon uning qo'llaridan tutgancha yura boshladi. Allaqachon quyosh oy bilan o'rin alishish arafasida ekan atrof yanada chiroyli ko'rinardi. Negadur odamlar ko'p va qo'llarida katta haltalar ko'targan, huddi biron narsaga tayyorlanayotgandek... Birga kuzgi salqin havoda sayr qilisharkan Gilbert qizni deyarli hech kim yo'q bo'lgan, tungi osmon to'lig'roq ko'rinadigan taraf olib chiqdi va u yerdagi o'rindig'lardan biriga o'tirib qizni o'z quchog'ida tutgancha tizzasiga o'tkazdi

— Tez orada ajoyib manzaraga guvoh bo'lasan...

Yuzini qizning sochlariga asta ko'mib hidlagancha gapirdi. U qizni quchgancha yuzini uning sochlariga ko'mib o'tirarkan Lioraning uning qo'llari ostida bo'shashib unga suyanganini his qilardi

— Bugun Yi Peng festivali.. Bu nimani anglatishini bilasanmi?

Uning ko'zlariga qarash uchun biroz uzoqlashib gapirarkan Lioraning "Yo'q" degan javob bilan tikilib turganiga asta jilmayib yana gaplarida davom eta boshladi

— Bu tailand halqining qadimdan nishonlanib keladigan udumlaridan biri. Bugun tailand aholisi va turistlar bir joyga yig'ilib fonuslar uchurishadi..

— Fonuslar?

Qizning gaplarini bo'lgancha birdan allaqachon qorong'ulikka aylangan keng maydonni yoritib osmonda salyutlar yulduz misoli porladi va butun osmonni yoritib bu salyutlarni intiqlik bilan kutganm, quvonch va hursandchilik bilan boqayotgan, video va suratga tushayotgan boshqa bir qancha insonlarni ko'rsatdi

Liora ham ularni yaxshiroq va to'lig'roq ko'rish uchun Gilbertning quchog'idan chiqib ondinga biroz yurdi. Ko'zlari bu manzaradan quvonch va hayratdan chqanagan qizga qaragancha unga yaqinlashdi. So'ng o'zi ham bir muddat osmonda porlayotgan salyutlarga mayus nigoh bilan qaragancha yana Lioraga taraf o'girildi.Yuziga tushayotgan osmondagi salyutlar nuri, uning baxtga to'la ko'zlarini va umidli ifodaaini ko'rsatarkan, Gilbert bir muddat jim qoldi. U hech qachon hech kimni bunchalar ko'zlari baxtga to'lgan ko'rinishda ko'rmagan... Faqatgina qo'rquv to'la ko'zlar va titroq nafas bilan undan nigohlarini olib qochishlariga yoki o'zinikidek sovuq nigohlarga o'rganib qolgandi. Bu manzara esa u ko'rgan barcha salyut yoki fonuslardanda porloq va chiroyli edi. Sof, hech qanday jirkanchliklarsiz... Shu on Gilbert unga yaqinlashib esgildi-yu issiq lablarini uniki bilan birlashtirdi.. Va o'zining barcha hissiyotlarini bunga singdirdi

Bir nech daqiqalik bu o'tkir, ammo og'riqli bo'lmagan bo'san so'ng lablari qiznikidan ajratarkan ikkisi ham biroz og'ir nafas olardi.. Peshonasini uning beshonasiga qo'ygancha nigohlarini uzmasdan nafaslarini rostlashga urunib chuqur nafas oldi, so'ng biroz uzoqlashib, uni yana quchgancha osmonda porlayotgan salyutlarga qaradi... Pastdagi odamlarga qarasharkan, ularning olov yoqib fonuslarini yoqayotgani ko'rinardi. Buni ko'rgach Gil ham qizni quchog'idan chiqarib

— Hozir qaytaman shu yerda kut .. hopmi?

Shu bilan ortga o'girilib qorong'u soyalarda yo'qolgancha ketti. Liora esa u ketgan tarafga qaragancha kutarkan qo'lida katta fonus ko'targancha yoqimli tabassum bilan Gilbertning qaytayotkanini ko'rib uning ham yuziga tabassum yoyildi. O'zi ham u taraf yurib qo'lidagi fonusni olib ko'rinishi qanday bo'lishi, kattaligini tekshirarkan Gilbert cho'ntagidan zajigalkasini chiqarib egilib fonusni yoqish uchun moy surtilgan joyiga olib borib yoqdi

— Aytishlaricha uni uchirayotganda tilak tilasa u amalga oshishi mumkin ekan..

— Rostanmi? ... unda men ham tilak tilayman.. sizchi?

Katta-katta ko'zlari quvonchga to'lgancha yigitning ko'zlariga qaragancha so'radi

— Bunday narsalarga ishonib bajaradigan yoshda emasman. Bunday narsalarga ishonmayman.

Uning bunday gaplarini eshitgan qiz kulishdan o'zini to'xtata olmagancha kula boshladi...

— Hoy nima? Bu unchalik darajada kulgili emas.

Qiz kulishdan to'xtashi uchun ovozini biroz qattiqlatib gapirdi, ammo bu befoyda. Liora hali ham kulmoqda, haqiqiy yorqin hech qanday qo'rquvsiz erkin... Bir muddatlik qizning yoqimli kulgusi va yigitning uning kulgusini ko'rib o'zi ham kulishidan so'ng bir-birlaridan nigohlarini uzmasdan asta fonusni yuqoriga ko'tarib, boshqalar singari qo'yib yuborishdi. Qorong'u osmonda huddi mayda yulduzlardek osmonni egallab zaif nur taratarkan ikkisi ham fonuslarga qaragancha jim qoldi

Aslida u yolg'on gapirgandi... Garchi bu narsaga ishonmasa ich ichidam faqatgina bir narsani so'rardi...

:U men bilan qolsin.. Meni tark etmasin. Iltimos... U siz yashashni istamayman! Har tong yana avvalgidek sovuq yotoqda uyg'onib, ma'nosiz hayotimni u siz davom ettirishni istamayman! Uni qo'yibyuborishni istamayman!

Ich-ichidan shularni tilarkan be ixtoyor ko'lariga yosh to'ldi.. Birinchi martta u boshqa odam uchun shunday ilojsiz. Hech qanday imkoniyatsiz... Ko'zlaridagi yoshni payqagach tezda ko'zlaridagi yoshni artib, bu ifodani yashirib qiz tomon o'girildi

:Tanamdagi umidsizlik va boshimdagi o'tkir og'riq yuragimni egallarkan uncha ko'p umrim qolmagani tushunib yettim.. Ongim bunga ushonishni istamasada yuragim har daqiqada aksini aytardi. Osmondagi millionlab yonib turgan fonuslar kabi yuragimdagi umid va ishonchim sekin asta so'nib barchasi tubsizlikka cho'kib borardi.. Ortiq bularni o'ylashni istamayman. Miyyamda, tanamda, yuragimda hech qanday og'riq his etishni istamayman! ... Shunchakiy u bilan qolishni istayman.. Yoki allaqachon bunday qila olmaymanmi? U siz o'sha tubsiz qorong'u sovuq tuproqlar orasida qolamanmi? ... Yana avvalgidek meni azoblasa ham, zulum o'tkazsa ham u bilan qolishni istayman...

Gilbert Lioraga qarashda davom etarkan u ham Gilbert taraf o'girildi. O'sha umidsiz, tubsizlikda hech qanday ishonsizliksiz qolgandek nigoh bilan.. Bu nigohlar bir-biriga to'qnasharkan bu ko'zlar ular nima o'ylayotganini so'zsiz ko'rsatib berardi.. Bu esa.. Haqiqat

— Mehmonxonaga qaytaylik...

Bu ikki so'z aslida u nima his etayotganini, nimani nazarda tutganini aniq ko'rsatib bera olardi.. Uning bu so'zlariga hech qanday etiroz bildirmagancha so'ngi bor osmonda porlab uzoqlashayotgan bir qancha fonuslarga tikilgach, biroz egilib qizni ko'tarib o'zining baquvvat, mushakli qo'llariga olib yana sekin, fonus va salyutlar ostida ortga mashinasi tomon qayta boshladi..

.
.
.
.

To'g'risi bu qismning oxirgi satrlarini yozarkanman ko'zlarimga yosh keldi..

Umid qilamankiy, sizga ham bu o'zgacha hissiyot bahsh eta oldi

Bu safargi qism uchun sizlarda

+165 reak +70 fanfic bo'yicha fikrlaringizni

Kutib qolaman. (Iltimos mehnatimni qadirlang.) Etiboringiz uchun rahmat 🥀