April 30, 2025

𝐁𝐄𝐇𝐈𝐍𝐃 𝐓𝐇𝐄 𝐌𝐈𝐑𝐀𝐆𝐄

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 12

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋:@Bangtan_ff_shop

Eshik oldida qotmadan kelgan ,qora futbolka va kastum shimdagi yigit Jkga tikilib turardi.

Jk yigitni kòrarkan hayrat aralash kòz tashladi, shundan keyin, ovoz tonini kòtarib, qòrs ohangda savol berdi..

— Inho...Sen bu yerda?

Chve Inho 22 yosh.

Inho bir lahza Jkga, so‘ng bag‘ridagi Yunaning holsiz tanasiga qaradi.

Jk Inhoning ko‘zidan hayrat va qorquv ifodasini tezda ilĝab oldi.

Inho sovuq ohangda gapira boshladi.

— Janob Jeon, Kim Taehyungni qo‘yib yuborishdi. Men sizni ogohlantirish uchun keldim.

Jk bir soniya jim qoldi.Bu gapdan keyin uning asab tomirlari tortishib, qon bosimi ko‘tarildi.Ammo hozir Jkga Yunaning soĝligi hamma narsadan muhimroq.

Jk tezda yordsmchisiga jabob qildi.

— Tushunarli. Men hozir shifoxonaga ketyapman. Uydagi hamma narsani tartibga keltirib, tezda ortimdan bor,tushunarlimi?

— Tushunarli, janob Jeon |yengil bosh egib.

Jk ortiq bir lahza ham kutmadi.
Inhoni ortda qoldirib, Yunaning qaltirayotgan tanasini mahkam quchgancha uydan chiqib ketti.

Bir haftadan sòng...

Zulmatga chòmgan xona devorlari, baĝrida azob chekyotgan qizning alamli tovushlarini yutub yuboryotgandek edi. Xona derazalar qalin qora pardalar bilan qoplangan, tashqaridan hech qanday yorug‘lik kira olmaydi. Faqat burchakdagi yotoq ustida yiĝlayverganidan daĝalashib ketgan yostiqqa bosh qo‘yib, titrayotgan Yuna bu xonadagi sokinlikni buzib turardi. Qiz yotoqda bukchayib yotib olgancha tinmay ich-etini yerdi.Yunaning ko‘z yoshlari yonoqlarini yuvib, bo‘yin sohasiga oqib tushdi.

Biroq eshik ortidan eshtilgan ketma-ket zarb ovozlari sabab qorquv aralash bosh kòtargan qiz nimalar bòlyotganini bilish uchun òsha tarafga kòz tashladi.Eshik dastlab qattiq qoqildi, so‘ngra bu zarbalar tobora vahimali tus ola boshladi. Yuna titragancha qòllari yordamida quloqlarini berkitdi. Zarb bilan ochilgan eshik sabab devorlar òz joyidan siljib ketti.

Xona ichiga xuddi o‘ljasini topgan yirtqich kabi qadam tashlab kirgan Jk tezda nigohlari Yuna tomon ògirdi.

Yuna esa akasining holatini qòrquv aralash kuzatardi.

Jk og‘ir qadamlar bilan Yunaga yaqinlashdi.

Yigit birdan Yunaning sochlarini changalladi, uni yotoq ustidan sudrab tushib kuch bilan polga uloqtirdi. Qizning nozik tanasi xuddi pardek havoda aylanib, xonaning bir chetiga og‘ir qòndi.Biroq bu qònish Yuna uchun juda oĝriqli edi,chunki Yuna javonning chetiga bel sohasi bilan qattiq urilgandi.

Jk esa uni nafrat bilan kuzatdi.

Yuna polda yotgancha, og‘riq aralash nolalar qilarkan, har bir nafasda tanasidagi oĝriq yanada kuchaygandek tuyilardi. Ammo Jk bu nolalarni eshitib tursa ham to‘xtash niyati yo‘q. Jk Yunaga yaqinlashib, ulkan qòllari yordamida qizni bo‘g‘ishga tushdi.

Yuna bo‘g‘ilayotganini his etib, ko‘zlarini katta -katta ochdi. Nafasi tiqilib, lablari ko‘kara boshladi.Shu on Jk cho‘ntagidan chaqnab turgan pichoqni chiqarib, qizning peshona sohasiga uchini sekin botirdi.

Jk past ovozda, lekin g‘azab bilan gapirdi..

— Men senga u yigitdan uzoq yurasan, ruhing ham, jisming ham endi faqat menga tegishli, deganmidim?

Yuna zo‘rg‘a boshini chayqadi, nigohida qo‘rquv yaqol kòrinib turardi.

— D....de..gandin...giz...

— Unda nega? Nega baribir uning oldiga bording?! Gaplarimni bir pulga olmaysanmi?gapir...

Yuna Jkning vajohatini korib yig‘lab yubordi...

— Kechiring... iltimos... xato qildim...

Jkning ko‘zlari nafratdan qoraydi.

— Xato? | kulimsirab.Men hatolarni kechirmasligimni bila turib shunday qildingmi? Jin ursin seni...

Jk pichoqni Yunaning yuzida sekin harakatlantira boshladi,Jk pichoqni Yunaning peshonadan boshlab, burun ostidan olib o‘tdi va shu alfozda iyagiga qadar yuritdi. Pichoq harakat qilgan joylardagi teri qizarib, ba’zi joylardan yengil qon sizib chiqdi. Yunaning yuragi gursillab urib, nafas ololmay, tanasi sovuq terga botdi.

Jk pichoq bilan Yunaning lablari oldiga kelganda to‘xtadi. Ko‘zlarini unga tikdi. Sòngra qòlidagi pichoqni qizning lablari ustida mohirona yuritib uchini kuchliroq botirdi.Lab chetidan sizib chiqqan qonni kòrib lablari yordamida yalay boshladi..

So‘ng u asta orqaga chekindi va pichoqni yana harakatlantirib, qizning tomoq sohasiga olib tushirdi. Sovuq metal bo‘lagi qaynoq teriga tegishi bilan Yunaning tanasi titrab ketdi.

Bir soniyaga Jk pichoqni yanada chuqurroq botirish haqida o‘ylab qoldi. Ammo keyin bu fikrdan qaytib, pichoqni yurak sohasigacha olib borib. Sovuq po‘lat, qizning yuragi ustida tiralib turarkan,huddiki Yunaning hayotni ingichka pichoq qirrasi ustida omonat turgandek edi.

Jk pichoqni sekinlik bilan Yunani yuragiga tiradi.

— Xato qilgan bo‘lsang... javobini ham berasan | vahshiy ohangda.

So‘ng... hech qanday shubhasiz, hech bir ikkilanishlarsiz, pichoqni Yunaning yurakka qarab urdi.

Yuna og‘riqdan chuqur nafas oldi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi.

Birdan, yalt etib ko‘zlarini ochgwn Yuna yotgan joyidan qanday uchib turganini payqamay qoldi.Chuqur nafas olgancha bir necha daqiqa tin olgqcha kòz ostidan qarab ozi turgan xonani tekshira bishladi. Devorlari oppoq xona,karovot yonida esa turli tunman uskunalar Yunani orab olgandi. Yuna boshini asta burdi va shifoxonada ekanini tushinib yetti.

Yuna birdan qo‘llarini yuragiga qo‘ydi yuragi joyida urmoqda. Ustida hech qanday og‘riq, hech qanday jarohat yo‘q. Qiz chuqur nafas olib, o‘tirib oldi.

Yuna bir muddat hayol surgach aslida nima bòlganini anglay boshladi,bu dahshatli sahnalar, u boshidan kechirgan zo‘ravonlik, yuragiga urilgan tiĝ,barcha-barchasi faqatgina tush.

Yuna nafasini rostlab, ko‘zlarini yumdi. Yuna hech ham tushidagi Jkning sòzlarini unita olmasdi.

"Xato qilgan bo‘lsang... javobini ham berasan..."

Qarama-qarshi vaqtlar...

Osmono‘par binoning eng yuqori qavatida joylashgan, zamonaviy va hashamatli ofisda sukunat hukmron. Derazalar ortida Seulning yorqin manzarasi ko‘zga tashlanardi, ammo bu yerda vaqt go‘yoki boshqacha,tòxtab qolgandek...

Jk qora oynali stol yonida òtirar, uning ustida qimmatbaho kostyum, sochlari mukammal taralgan, barmoqlari orasida kumush ruchkani har zamonda bir-ikki aylantirib jimgina yordamchisining sòzlarini tinglardi.

Inho esa Jkning qarshisida planshetidagi malumotlarni òqib eshtirardi.

— Park Jiminning kompaniyasi... Koreyadagi eng yirik uchta investorni allaqachon o‘z tomoniga og‘dirdi.Barcha moliyaviy investorlarimiz u tomonga yon bosmoqda. Agar shunday davom etsa, bizning ichki bozor ustidagi nazoratimiz yo‘qolishi mumkin.

Jk ko‘zlarini sekin ochdi. U to‘g‘ri Inhoga qaramadi, deraza ortidagi shahar chiroqlariga termuldi. So‘ng lablarini orasida yengil jilmayib yordamchisiga javob qildi..

— Ajoyib.

Inho biroz tushunmagandek hayrat ifodasi bilan Jkga kòz tashladi..

— Bundan asabiylashmaysizmi janob?

Jk kreslosiga suyanib, qo‘lidagi ruchkani stolga qo‘ydi. Endi u Inhoga tik qaradi.

— Jimin meni yòq qilishga harakat qilyabdi.Men buni tahmin qilgandim..

Jk yengil jilmaydi. Ammo.Buni faqat Jkni kuzatib turgan Inhogina payqadi.

Jk kresloga yanada qulayroq joylashdi va yuzidan sirli tabassum bilan gapira boshladi..

— Aslida bu hamkorliklarni Jimin torib olmasa, o‘zim buzardim. Bilasanmi, shartnomani buzsam, katta miqdorda jarima to‘lashimga to‘g‘ri kelardi. Lekin Jimin meni ortiqcha boshog‘riqdan qutqardi. U shunchaki, men uchun keraksiz yukni olib tashladi. Endi men butun e’tiborimni muhimroq nishonga qaratishim mumkin.

— Yana qanday nishon?|hayrat bilan..

— Nyu-Yorkdagi "Halcyon Holdings" kompaniyasi bilan investitsion hamkorlikni boshlaymiz. Ularning xalqaro bozordagi ulushi... bizni Koreya ichida o‘ralashib yurishdan qutqaradi.

Jk stoldagi fayllardan birini ochib, ichidan hujjatlar to‘plamini chiqardi. Sahifalarda xorijiy kompaniyaning moliyaviy hisobotlari, hamkorlik takliflari va uchrashuv rejalari jadvali joylashgandi.

— Jimin va uning ortida turgan uchta investor... ular bu o‘yindan chiqib ketishadi. Men ularga eshikni shaxsan o‘zim ochib beraman..

Jk barmog‘i bilan stolga sekin urib, so‘zlariga nuqta qo‘ydi.

— Jeon korparatsiasi mayda kompanyalar bilan òralashmaydi.Men yirtqichman, Inho. Endi haqiqiy ov boshlanadi.Biznes esa ov maydoni...

Inho bir muddat ikkilanib turdi, so‘ng nihoyat jur’at topib sekin gap boshladi..

— Janob... lekin siz aytgan Halcyon Holdings kompaniyasi Johin Juniyor Gottyga tegishli. U... Nyu-Yorkning eng katta mafiyalaridan biri..

Jk kresloga suyanib, qo‘lini yengil silkitgancha gap boshladi..

— Gotty? Yo xudoyim... u girt axmoq. Men uni olti yildan beri bilaman. Biz u bilan bir universitetda o‘qiganmiz. Uning otasi haqiqiy yirtqich edi. Ammo Johin...orqadan pisib yuruvchi masulyatdan qochadigan qòrqoq kalamush.

Jk qarshisidagi stakandagi suvdan bir hòplab gapirishda davom etdi..

— Johin yurar yòlini òzim belgilab berardim. Uning otasi sabab ortirgan nufuzini men saqlab qolganman. Johin hech qachon otasiga o‘xshamagan. U yaxshi do‘st ammo..

Jk shu sòzlarni aytib sukutga cho‘mdi. Inho Jkning yuziga tikildi.

— Ammo men do‘stlikka ishonmayman.

Jk ruchkasini yana stolga qo‘yib, qoshlarini yengil chimirdi..

— Shunday ekan... bizda muammo bo‘lmaydi.

Inho sekin bosh irg‘adi...

Jk so‘zini tugatarkan, sokinlik bilan o‘rnidan turdi.

— Janob Jeon... qayergadir ketmoqchimisiz?

Jk bir lahzaga to‘xtadi, orqasiga qarab Inhoga yengil jilmayib, javob berdi...

— Ha, shunday. Yunani ko‘rishim kerak. Doktorlar bir-ikki kunda hushiga kelishini aytishgandi. Shusiz ham bir haftadan beri hech nima ko‘nglimga sig‘mayapti.

Inho biroz ikkilandi, so‘ng muloyim ovozda davom etdi..

— Lekin janob... siz deyarli uxlamayapsiz. Iltimos, o‘zingiz uchun ham ozroq vaqt ajrating..

Jk chuqur nafas oldi..

— Xavotirlanma, Inho. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Jk yordamchisining yelkasiga yengil qoqib qo‘ydi, so‘ng sekin eshik tomon yo‘l oldi.

Ammo u eshikka yaqinlashgan paytda, birdan xonani telefonning baland ovozi yangrab Jkning e’tiborini tortdi. U asta cho‘ntagidan telefonini oldi.

Ekranda noma’lum raqam turardi..

Jk biroz o‘ylanib, keyin ekranni bosib, sovuqqon ohangda javob qildi..

— Alo?

— Janob Jeon, bemor Yuna... hushiga keldi.

— ko‘zini ochdimi?

— Ha, hozir kuzatuv ostidalar, lekin o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Qo‘ng‘iroq tugadi.

Jk hali ham telefonni qulog‘idan tushirmay turgandi.Buni kòrgan Inho unga xavotir bilan yaqinlashdi..

— Janob? Yaxshimisiz?

Jk sekin boshini irg‘adi, ammo ovozi titrab chiqdi.

— U hushiga keldi...

So‘ng lablarini qattiq tishlab, chuqur nafas oldi. O‘ziga-o‘zi pichirladi..

— Endi... men uning ko‘ziga qanday qarayman?

Jk bir necha soniya qimirlamay turdi. Lekin darrov òziga kelib tezda xonadan chiqib ketti,Inho esa uning ortidan baqirib qoldi..

— Janob, haydovchini chaqirayinmi?

— Yo‘q, o‘zim boraman!

Jkning hayollarida hozir birigina sòz aylanardi.."Nima bo‘lgan taqdirda ham, uni ko‘rishim kerak."

Ayni vaqtda Jimin..

Istrohat bog‘ining salqin havosi insonlaga kuz kelganidan habar berib turardi.Birin ketin sarĝayib tòkilishni boshlagan yaproqlar esa bu faslga òziga hos fayz bagishlardi.

Yuki uchun esa bularning hech biri qiziq emas. U shifoxona libosida bo‘lishiga qaramay, quvongancha tinmay bu tomondan u tomonga boĝ bòylab yugirardi. Ko‘zlarida bolalarcha quvonch, yuragida esa beg‘ubor hayajon.Biroq Jiminning yòĝon ovozi uni tòxtashga undadi.

— Hoy, sekinroq! Kasal ekaning esingdami? Yuguravermasangchi!

Yuki to‘xtab, kòzlarini pir-piratgancha orqaga qarad. Jimin unga jiddiy nigoh bilan qarab turardi, sovuq havo sabab Jimin egnidagi paltosini Yukining yelkasida yopdi.

—sekinroq yur..

— Hech nima bo‘lmaydi! | beparvo ohangda.Doktor yaxshi ekanimni aytdi-ku.Jimin, anavi aylanuvchi attraksionga chiqsam bo‘ladimi?

— Yo‘q.

— Unisiga-chi?

— Yo‘q.

— Mana bunisiga-chi?

Jimin ohangini yanada qattiqlashtirdi..

— Men senga yo‘q dedim!

Yuki xuddi yosh bola kabi oyoqlari bilan yer tepib, norozilik bildirdi..

— Nega-a?

— Shundoq ham boshingdan jarohat olgansan, miyyang chayqaladi, yana yiqilib tushsang-chi?!

Yuki lablarini burdi, so‘ng boshini egib sekin so‘radi..

— Faqat bir marta... iltimos?

Jimin qattiq ohangda unga javob qildi..

— Hoy...asabimni ko‘p buzma.

— O‘rgildim!

Jimin xo‘rsinib qo‘ydi, Yuki esa birdan jim bo‘ldi. Uning nigohi park darvozasi tomon qadaldi.

Yuki park darvozasi yonida turgan oʻyinchoqlar mashinasini koʻrib hayajonga to‘ldi. U birdan jilmayib, Jimin tomonga burildi..

— Jimin! Unday boʻlsa, kettik! Menga oʻyinchoq yutib olib bering |mayin jilmayib.

Jimin bir zum Yukiga tikilib turdi, keyin beparvolik bilan boshini hop degandek silkitib qòydi.

Yuki xursand bo‘lib, Jiminning qo‘lidan tortib o‘sha avtomat mashinagacha sudradi. Shishali quti rang-barang o‘yinchoqlarga tòla,orasida esa bir burchakda yotgan oppoq quyonchaga Yukini etiborini tortdi..

Jimin o‘yin egasiga pul uzatdi, bir nechta jeton olib, avtomat qarshisiga bordi. Bosh barmog‘ini cho‘zib, mashinani yoqdi. Yuki esa Jiminga qarab shoshib gapira boshladi..

— Jimin, Jimin! Menga anavini olib bering!

— Nimani?

— Anavi quyonni, oʻsha oppoq kichkina quyonchani!

— Quyon?

Jimin boshini egib, oynaning ichiga qaradi.

— Anavimi?

— Ha o‘sha! Qolingizdan keladimi?

Jimin bir qoshini ko‘tarib, yengil tabassum bilan javob berdi..

— Meni kim deb o‘ylayapsan?

Yuki kulib yubordi..

— Park Jimin deb...

Jimin chuqur nafas olib, tutqichni ushladi va òyinchoqni yutishga jiddiy kirishdi. Yuki esa yonida ikki qo‘lini bir-biriga qovushtirib Jiminni kuzatardi...

Jimin qancha urinmasin quyonchani olmadi. Mashinaning mexanik qo‘li unga yaqinlashsa-da, har safar tugmachani bosganida o‘yinchoq sirg‘anib yana joyiga qulab tushardi. Atrofda tomosha qilayotganlar ham, mashina egasi ham ichi-ichidan Jiminni mazahlagandek kulib qòyishdi.

Jimin uchinchi urinishdan keyin, sabr toqati butkul tugadi,cho‘ntagidan hamyonini chiqarib Avtamat egasiga yuzlandi..

— Bu mashina qancha turadi? |sovuq ohangda..

— N-nima?| hayrat aralash sòradi..

— Men mashina qancha turishini so‘radim! | takrorladi Jimin.

Yuki birdan Jiminning qo‘liga yopishdi..

— Jimin, kerak emas, ketaylik...

— Nega ekan? Men senga o‘sha quyonni olib beraman dedim shekilli..

— Lekin Jimin…

— lekin-pekini yòq..

Jimin mashina egasi bilan qisqagina muzokara qilib, pulni uzatdi. So‘ng asta o‘yin mashinasiga yaqinlashdi. Atrofdagilar bu holni hayrat bilan tomosha qilishardi.

Jimin bir zum jim qoldi. So‘ng tirsagini ko‘tarib, òyinchoq mashinasining shishali oynasiga butun kuchi bilan zarba berdi. Oyna chil-chil bòlib sinib tushdi.Yukining oĝzi butkul ochib qoldi. Mashina egasining yuzi qòrquv aralash oqarib ketti..

Jimin qo‘lini siniq oyna ichiga ehtiyotkorlik bilan tiqdi. So‘ng o‘sha oppoq quyonchani qòliga oldi sòngra Jimin Yukiga yaqinlashib, quyonchani unga uzatdi.

— Mana, olaqol..

Yuki sekin quyonchani olib, unga tikildi ,shundan keyin kòzlqrini undan uzib qayta Jiminning ko‘zlariga qaradi.

— Siz... doim shunaqa telba bòlganmisiz?|lab chetida kulib.

Jimin kuldi..

— Yo‘q...faqat sen bilan bòlganimda aql-u xushimdan ayrilaman..

Jimin bir zum Yukiga tikilib turdi,shundan keyin hech qanday ogohlantirishsiz, sekinlik bilan oldinga egildi va sevgilisining lablarida qisqa bòsa oldi.

Bu kutilmagan holat Yukini shoshirib qòydi. U bir necha soniya jim turdi biroq yuragi shiddat bilan urardi..

Bog‘da yurganlar, bu quvonchli daqiqani ko‘rib jilmayib qòyishdi. Bir nechta juftliklar hayajon bilan qarsak chaldi.Jimin Yukidan lablarini uzarkan Yukining navbatdagi sòzlarini uni yuziga tabbassum olishiga undadi.

— Keyingi safar atraksionga chiqamiz..

Jimin Yukining sòzlarini eshtib kulib yubordi..

Yuna ko‘zlarini yumgancha yotoqda yotardi. Ammo shu damda eshik sharaqlab ochilib, ichkariga Jk otilib kirdi..

Yuna hayratdan cho‘chib tushdi. U o‘zini qanday qilib karavotdan sakrab tushib, devor chetiga tirab qolganini ham anglay olmadi. Nafasi qisilib yuragi joyidan otilib chiqadigandek zarb bilan ura boshladi..

Jk esa uning bu vahimali harakatidan qattiq hayratga tushdi. "Yuna nega mendan bu qadar qo‘rqyabdi?" degan hayol hech ham unga tinchlik bermasdi..

Jk ehtiyotkorlik bilan singlisiga yaqinlasharkan,qiz birdan ilgarigidek quloqlarini ikki qo‘li bilan mahkam berkitib bor ovozi bilan qichqirishga tushdi..

— Yo‘q! Yo‘q, iltimos! Yaqinlashma! Ket, ket, iltimos!

Jk joyida muzlab qoldi.Bir muddat shu alfozda singlisiga tikilib turgach uni tinchlantiriah maqsadida tezda uni qòlidan tortib baĝriga bosdi..

Keyingi qismlarda:

— Nega bunday qilyapsiz… Iltimos, meni qo‘yib yuboring…

Jk Yukiga ohista yaqinlashdi..

— Qo‘yib yuboraman, havotirlanma, qizaloq. Faqat undan oldin menga bir kichkina tun sovg‘a qilasan. Kelishdikmi?

— Nima?.. Yo‘q… Yo‘q! Yaqinlashmang!

Yuki sòzlarini yakunlamasidan Jkning metindek qòllari uning jaĝ suyagini mahkam qisdi, qizning quloqlari ostida sovuq ohangni his qildi.

—..........

11-qism tugadi.

Azizlar uzur bu qism biroz qisqa bòlib qoldi,xato kamchiliklar uchun oldindan uzur,sizlardan kòppala reaksiya va comment kutaman,òtkan qismda comment masalasida hafa qildila lekin..