March 28

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 10

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop

Seul ko‘chalarida kuz nafasi tobora sezila boshlagandi. Mayin tomchilab turgan yomg‘ir endi kuchaydi. Iliq qahvaxonaning burchagida o‘tirgan Yuri esa tashqaridagi sovuqni unutgancha kitob sahifalariga sho‘ng‘ib ketgandi. U vaqti-vaqti bilan qahvasidan ho‘plab, yana mutolaaga qaytardi.

Navbatdagi sahifani o‘qir ekan, uning ko‘zlari asta namlandi.

Kitobda:

Xona ichi dim va og‘ir edi. Havoda aytilmagan gaplar, yashirilgan tuyg‘ular bosimi sezilib turardi.
Getsbi oldinga bir qadam tashladi. Nigohlari qat’iy, ovozi esa ichidagi yillar davomida yig‘ilgan umid bilan to‘la edi.

— U sizni sevmagan… — keskin. Deisy eng boshidan beri meni sevgan. Shunday emasmi?

Tom darhol keskin kulib yubordi. Uning ko‘zlarida g‘azab bilan birga qandaydir qo‘rquv ham bor edi.

— Nimalar deyapsan o‘zingdan oʻzing? — sovuq ohangda.

So‘ng Deisyga qarab ovozini pasaytirdi gap boshladi

— Ayting-chi… nahotki meni hech qachon sevmagansan?

Deisy jim qoldi.
Getsbi unga yaqinlashdi, ovozi xuddiki iltijo qilyotgandek eshtilardi.

— Ayt… faqat shuni ayt, sen uni hech qachon sevmagansan. Hammasi tugaydi…

Tom esa bu sukutdan foydalanib yana gap boshladi.

— Nahotki… nahotki meni sevmagansan? — titrab.Birga o‘tkazgan kunlarimizda hammi? Yomg‘irli kunda,oyoq kiyming ho'l boʻlmasin deb,seni ko‘tarib olganimda hammi?..

Deisyning ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

Tom yana bir qadam oldinga tashladi.

— Men seni hech qachon tashlab ketmadim… — past ovozda. Sen ham meni tashlab ketmaysan… shunday emasmi?

Xonadagi sukunat chidab bo‘lmas darajaga yetdi.

Getsbi esa oxirgi bor umid bilan Deisyga qaradi.

— Sen meni sevasan… doim sevganingni aytganding…
Deisy boshini ko‘tardi. Uning lablari titrardi, ko‘zlarida esa ko‘z yoshlar miltillardi.

— Men…. Men seni sevganman...
— lekin uni ham sevganman.

Yuri satrlar bo‘ylab ko‘z yugurtirar ekan, negadir o‘zining achchiq qismatini esladi.

Bu kitob go‘yo aynan u uchun yozilgandek tuyuldi.
Ko‘z oldiga Deisy keldi…Goyoki u Jungkookdek.

Yuri esa… bu hikoyadagi yagona sevgi uchun yashagan biroq unga hech ham.erisha olmagan Gatsby edi.

U sekin boshini orqaga tashladi. Qo‘llari ikki tomonga bo‘shashib sirg‘alib tushdi. Yuragi notekis ura boshladi. Har bir urish o‘tmishning bir bo‘lagini eslatayotgandek edi.
Unutmoqchi bo‘lgan xotiralar yana qaytib kelardi.

Shu on, qahvaxonadan shoshilib chiqayotgan yigit behosdan uning qo‘liga urildi.

Yurining qo‘lidagi kitob yerga sirg‘alib tushdi.

U darhol egilib, kitobni olishga shoshildi.

Ammo aynan shu soniyada yana bir qo‘l kitob tomon cho‘zildi.

Qarshisidagi erkak ham kitobni olish uchun egilganini koʻrib Yuri tezda toxtadi.Yuri boshini ko‘tarkan,ularning nigohlari to‘qnash keldi.

— Uzr so‘rayman…

Yoongi shu so‘zlarni aytgancha kitobni Yuriga uzatdi. Yuri ham qisqa bosh egib, kitobni olish uchun qo‘l choʻzdi. Ammo u kitobni ushlagan zahoti Yoongi uni qo‘yib yubormaganini sezib, bir zum ikkilanib qoldi.

— Qo‘yib yubormaysizmi?

— Ha, uzr… — Yoongi sokin . Qanday kitob ekanini bilmoqchi edim…

— Xo‘sh?

Yoongi biroz oldinga engashib, kitob muqovasidagi yozuvlarni o‘qidi.

— “Buyuk Getsbi”?..

— Ha…

Yoongi yengil jilmaydi. Nigohi hali ham kitobdan ko‘ra Yurining yuzida qolgandi.

— Juda ajoyib kitob… — hotirjam ohangda. Lekin sizday go‘zal qiz uchun biroz og‘irlik qilganga o‘xshaydi.

Yuri qoshlarini chimirdi.

— Bu gapni qayerdan oldingiz?
Yoongi ko‘rsatkich barmoqlari bilan o‘z ko‘zlariga ishora qildi.

— Ko‘zlaringiz aytyapti.

Yuri bir lahza unga tikilib qoldi. So‘ng nigohini sovuqlashtirib, qo‘lini kitob bilan birga tortib oldi.

— Bu bilan ishingiz bo‘lmasin.

U shu so‘zlarni aytib, stul ustida turgan plashini oldi-da, eshik tomon shoshildi.

Eshik ochilib yopildi.

Yomg‘ir tovushi yana aniq eshitila boshladi.

Yoongi esa o‘rnida qolgancha uning ortidan tikilib qisqa sozladi.

— Qaysar koʻrinadi— yengil jilmaygancha qosh uchirdi.

Qarama-qarshi vaqtlar:

Oynalari qoraytirilgan mashinada shaharni kuzatar ekan, Hejin ichki his-tuyg‘ulari aralash qorquv bilan yon tomonga tikildi. Chap yonboshida xotirjamlik bilan o‘tirgan qaynotasini ko‘rib, u biroz asabiylashdi. Janob Jeon chontagidan sigarlari solingan gilofni va oltin suv yuritilgan yondirgichni chiqararkan, Hejin qaynotasining qoʻliga bir koʻz tashlab qoʻydi.

Buni sezgan Janob Jeon yengil tabassum bilan gap boshladi.

— Uzur so‘rayman, sening yoningda chekmasligim kerak ediya.

Shu so‘zlarni aytib, u tamakisini kastyumining ichki chontagiga soldi. Hejin chuqur nafas olib, qo‘llari biroz titrab, so‘radi.

— O‘zi qayerga ketyabmiz?

Janob Jeon tinch ohangda javob berdi.

— Shifoxonaga. Nabiramni ko‘rishni hohlayman. U yaxshi rivojlanyabdjimi, yo‘qmi? Bilishim kerak, shunday emasmi?

Hejin qaynotasining so‘zlarini eshitarkan, ichida titroq uyxonadi. Ko‘zlaridagi qorquv, badanidan chiqqan sovuq ter bilan birga oʻzini yoʻqotib qoʻydi.

— Jeon dada, bunga hali erta emasmi? — titroq ovoz bilan.

— Erta? Nimasi erta ekan, og‘limning vafotiga ham bir oydan oshdi. Shunday ekan, men nimadir erta bo‘lyabdi deb o‘ylamayman…

— Lekin.....

— Men senga gapirishga ruhsat bermadim.

Janob Jeonning sovuq, qat’iy ohangidan jim bo‘lib qolgan Hejin ko‘zlaridagi qorquvni sezdirmaslik uchun oyna tomon og‘rilib qaradi. Mashinaning oynasida ko‘zgudek aks etgan shahar chiroqlari uning ichki tashvishlarini yanada kuchaytirdi, yuragi tez urar, lekin lablari jim edi.

Mashina shifoxona qarshisida to‘xtadi. Dastavval haydovchi Janob Jeonning eshigini ochmoqchi bo‘ldi, ammo Janob Jeonning o‘zi eshik ochganni ko‘rishi bilan darhol Hejin o‘tirgan tomonga o‘zini urdi.

Mashinadan tushar ekanlar, Janob Jeon va Hejin shifoxonaga kirishdi. Qabulxonada Hejin Janob Jeonning xodima bilan shaxsan gaplashayotganini ko‘rib qorquvga tushdi.

Besh daqiqa o‘tib, qaynotasining yaqinlashayotganini sezgan Hejin shoshilib, ozgina pishillagancha gap boshladi.

— Qol yuvish xonasiga borib kelsam bo‘ladimi?

Janob Jeon kelini oʻzining soʻzlarini boʻlganni korib biroz asabiylashdi, ammo bu hisini yuziga chiqarmaslik uchun hotirjam javob berdi.

— Hop, tezroq kel. Keyin to‘g‘ri tekshiruvga kiramiz.

Hejin qaynotasining so‘zlarini eshitib yengil bosh chayqab, hop degandek ishora qildi. U tez qadam tashlab qabul xona tomon yurdi, qol yuvish xonasini qayerda ekanini sorab olgach, o‘sha tarafga yo‘l oldi. Har bir qadamida yuragi tez urar, ichida titroq aralash qorquv bilan yangi qadamlarini bosardi.

Hejin qol yuvish xonasiga kirarkan, titrab turgan qo‘llari bilan telefonini ozroq mahkam ushlab, tanish raqamga qo‘ng‘iroq qildi.

Birinchi urinishda hech kim javob bermadi, Hejinning yuragi tez urib, ichki asabiyligi ortdi. U yana qo‘ng‘iroq qildi. Bir necha soniyadan keyin tanish, iliq ovoz eshitildi.

— Alooo, eshitaman…

— Jungkook…

Jungkook Hejinning titroq ovozini sezib, darhol xavotir bilan so‘radi.

— Hejin, ahvolingiz yaxshimi?

— Yaxshi emasman… iltimos, meni olib keting. Otangiz meni shifoxonaga olib keldi, birozdan keyin u uzi tekshiruvga men bilan kirmoqchi...

— Nima? Bu nimasi… Nega oldinroq xabar qilmadingiz?

— Qulay vaziyat bo‘lmadi.

— Hozir qaysi shifoxonadasiz? Men tezda yetib boraman.

— Men sizga hozir aniq manzilni yuboraman…

— Hop, iloji boricha vaqtni cho‘zib turing, men yo‘ldaman.

Telefon qongirog‘i uzilgach, Hejin qo‘llarini bir-biriga qo‘vishib, uyoqdan biroqqa yurishga tushdi. Har soniyada telefonga qarar, eridan qandaydir habar kelishini umid qilardi.

O‘n daqiqadan so‘ng qoʻl yuvish xonasiga kirib kelgan hamshira Hejinni ko‘rib, muloyim ovoz bilan gap boshladi.

— Salom, siz Hejin xonimmisiz?

— Ha, bu menman…

— Qaynotangiz sizni kutib qolibdilar, shuni aytib qo‘yishimni iltimos qildilar. Ularning oldiga iloji bo‘lsa, tezroq chiqarkansiz…

Hejin tushundim degandek boshini silkib, yuzini sovuq suvda chayib ko‘zguga tikildi. Vujudidagi so‘nggi kuch va jasoratni yig‘gancha, qaynotasi kutayotgan xonaga yo‘l oldi.

Janob Jeon va Hejin shifokor xonasiga kirisharkan, Hejinning tanasi go‘yoki jahannamga tushib qolgan kabi titrab ketdi. Qorquv aralash xayollar orasida u chuqur nafas olib, ko‘zlarini qisib oldi.

Shifokor muloyimlik bilan Hejinga kiyimlarini biroz ko‘tarib yotishni so‘radi.

H ejin sekinlik bilan yotib, jenferini biroz ko‘tararkan, shifokor ayol sovuq gelni uning qorniga quya boshladi. Tanaga tushgan sovuqlik biroz junjikish uyg‘otdi, biroq Hejinning yuragidagi qorquv oldida bu hech narsa emasdi.

Hejin ichidan iltijo qilarkan, qo‘llari bilan tanasi titradi.

Oradan bir necha soniya o‘tib, tanasida harakatlanayotgan aparatni his qildi. Ko‘zlarining burchagidan bir tomchi yosh oqib tushdi, qiz ostki labini tishlari bilan mahkam qisti.

Oradan biroz vaqt oʻtkach, shifokorning yumshoq ovozi uni choʻchitdi...

— Mana topildi…

Hejinning e’tibori ekranga tushdi, kichik, qora nuqta.

Hejin soʻzlash uchun og‘iz ochdi, lekin tiliga hech bir so‘z kelmadi. Shifokor yengil tabassum bilan tushuntirdi.

— Homila hali ancha kichik… menimcha, bachadondan topish uchun ancha vaqt ketdi..

Hejinning ko‘zlariga yosh to‘lib, kulgu va yig‘lash aralash tuyg‘ular bilan to‘ldi. Janob Jeon sovuq ohangda so‘radi.

— Shu nuqta chindan ham homilami? Adashmayapsizmi?

— Ha, bu aniq homila...

— Yaxshi… unday bo‘lsa, nabiram qanday rivojlanayapti, buni ham tekshiring…

Shifokor Janob Jeonning so‘zlariga yaxshi deb bosh chayqab, apparatni yana bir necha marotaba harakatlantirdi. Biroz ikkilangan ohangda Hejinga murojaat qildi.

— Oxirgi hayzingizni birinchi kunini ayta olasizmi?
Hejin shifokorning savolini o‘ylarkan, aniq sana aytsa fosh bo‘lishini bilib, oxirgi hayzini emas,marxum eri Namjoon bilan bo‘lgan kunni aytdi.

Shifokor berilgan sanani hisoblab, Janob Jeonga yuzlandi.

— Homila taxminan yetti haftalik, biroq yurak urishi sezilmayapti.

Keyingi qismlarda:

— Homila muddatiga nisbatan kichik… buning ustiga yurak urishi ham eshitilmayapti…

Janob Jeon sekin boshini ko‘tardi. Nigohlari keskin, ovozi esa sovuq edi.

— Bu bilan nima demoqchi bo‘lyapsiz?

Shifokor bir lahza ikkilanib qoldi, so‘ng ehtiyotkorlik bilan javob berdi.

— Hech narsa demoqchi emasman, janob… Uch-to‘rt kundan keyin qayta tekshiruv o‘tkazamiz. Balki hali erta bo‘lishi mumkin… Agar o‘sha paytda yurak urishi eshitilsa, hammasi joyiga tushadi.

Xonada yana bir zumlik jimlik cho‘kdi.Janob Jeon sabr bilan yana so‘radi.

— Xo‘sh… agar eshitilmasa-chi?

Shifokor chuqur nafas oldi. Bu safar uning ovozi yanada past, ammo aniq chiqdi.

— Agar shunday bo‘lsa… demak, homila rivojlanishdan to‘xtagan bo‘ladi…

U bir zum to‘xtadi, so‘ng chuqur nafas olib davom etdi.
— …va biz bunday hollarda homilani olib tashlashga majbur bo‘lamiz.

10-qism tugadi.