𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍
𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop
Ba’zi hikoyalar baxtli yakun bilan tugamaydi. Ba’zilari esa tugagandek tuyuladi, lekin aslida ularning og‘rig‘i yurak ichida yashab qoladi.
Bu hikoya ham shunday u qog‘ozda tugaydi, lekin inson qalbida davom etadi.
Qahramonlar sevishdi… balki noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri sharoitda, balki butun dunyo qarshi bo‘lgan holda. Ularning sevgisi baland ovozda aytilmagan bo‘lishi mumkin, lekin sukut ichida yanada chuqurroq yashadi.
Har bir qarash, har bir jim qolish ichida aytilmagan minglab so‘zlarni yashirdi.
Lekin hayot… u doim ham ertak emas. Har kim o‘z yo‘lidan ketadi. Kimdir ortiga qaramaslikka majbur bo‘ladi, kimdir esa ortda qolgan izlar bilan yashashni o‘rganadi.
Chunki inson har doim ham sevganiga yetisha olmaydi.Ba’zi sevgilar yakun topmaydi, ular shunchaki tugallanmagan holda abadiy qoladi. Va aynan shuning uchun ham ular eng og‘ir, eng haqiqiy va eng esda qoladigan bo‘lib qoladi…
Yuri qo‘llarini shoshilinch tortib oldi. Barmoqlari bir zum havoda muallaq qoldi.
— Uzr so‘rayman… men bilmasdan…
Ovozi past, biroz hijolat aralash chiqdi.
Yoongi esa o‘zgarmadi. Nigohi hamon unda.
— Uzr so‘rashning hojati yo‘q.
Bu javob eshitsada ,Yuri boshini ko‘tarmadi.
Yuri Yoongining yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
Ammo bilagidan yengil, lekin qat’iy ushlagan qo‘l uni to‘xtatdi.
Yuri sekin ortiga o‘girildi.
Yoongining qo‘li hali ham uning bilagida edi.
Bu safar uning ovozi pastroq, deyarli iltijo aralash eshitildi.
Yuri ko‘zlarini qisib, unga tikildi.
— Qolish uchun sabab yo‘q.
Yoongi bir lahza jim qoldi.
So‘ng biroz yaqinlashib, sekin gapirdi.
— O‘sha siz qidirayotgan sabab… men bo‘lolmaymanmi?
Yuri nigohini undan uzdi.
Ko‘zlarida nimadir titrab o‘tdi
— Kechiring… — sekin. Afsuski, bunday bo‘lmaydi…
Yoongi qoshlarini chimirdi.
U go‘yo ichida kurashayotgandek edi.So‘ng sekin boshini chayqadi.
Yuri bilagini asta uning qo‘lidan chiqarib oldi.
Va ortiga qaramasdan yurib ketdi.
Bu safar u to‘xtamadi.
Yoongi esa o‘sha joyida qolib ketdi…
qo‘lida hali ham Yurining iliqligi saqlanib turgandek edi goʻyo.
Mehmonxona markazidagi shisha stol ustida yolg‘iz qolgan viski shishasi xira yorug‘likda yaltirab turardi.
Uning yonida yarim to‘ldirilgan qadah, go‘yo egasining ichki holatini aks ettirayotgandek edi.
Jungkook divan chetida o‘tirgancha bir qo‘lida sigaretani ushlab, har zamonda chuqur tortib qo‘yardi. Tutun sekin havoga ko‘tarilib, xonani og‘ir sukunat bilan to‘ldirardi.
Uning nigohi qadahga qadalgan, xayollari esa allaqachon boshqa joyda edi.
Birdan telefon jiringladi.
U go‘yo uzoqdan qaytgandek, sekin ko‘zlarini yumib ochdi. Nigohi stol ustidagi telefonga tushdi.
Ekrandagi raqam tanish.Jungkook bir necha soniya tikilib qoldi.
Javob bermaslik haqida o‘yladi.
Telefon jiringlashda davom etdi.
Xona yana sukutga cho‘mdi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tib, telefon yana jiringladi.
Bu safar Jungkook chuqur nafas olib, qo‘lini uzatdi. Telefonni ko‘tardi va qulog‘iga yaqinlashtirdi.
Narigi tomondan qisqa, ammo aniq ovoz eshitildi.
— Uyingiz qarshisidaman… birozga chiqa olasizmi?
Jungkook bir lahza jim qoldi. Nigohi yana qadahga tushdi.
— …besh daqiqalarda o‘sha yerda bo‘laman.
Qo‘ng‘iroq tugadi.
U telefonni asta stolga qo‘ydi.
So‘ng qadahni qo‘liga olib, ichidagi viskini bir nafasda ichib yubordi. Achchiq ta’m tomog‘idan pastga tushar ekan, u ko‘zlarini qisib qo‘ydi.
Sekin o‘rnidan turdi.
Divanga suyanib, gavdasini tikladi.
Va aynan o‘sha payt…
Nigohi unga tikilib turgan Hejinga tushdi.
U jim turar, ko‘zlarida esa juda koʻp savollar bor edi.
Ammo Jungkook… hech narsa demadi.
Bir zum ham to‘xtamadi.
Nigohini undan uzdi.
Va ortiga qaramasdan mehmonxonani tark etdi.
Xonada esa faqat yarim bo‘sh shisha, sovuq tutun… va javobsiz qolgan nigohlar qoldi.
Hashamatli uyning baland darvozalari sekin ochildi. Ichkaridan chiqqan Jungkookning qiyofasida charchoq va ichki og‘irlik yaqqol sezilardi. U bir zum to‘xtab, chuqur nafas oldi, so‘ng ko‘chaning narigi tomonida daraxt ostida uni kutib turgan odamga qarab yurdi.
Yaqinlashgan sayin u qiyofa aniqroq ko‘rina boshladi.
Jungkook bir necha qadam qolganida to‘xtadi.
— Shunchaki… seni ko‘rishni xohladim…
Jungkookning nigohi sovuq edi.
— Ko‘rib turganingdek, menda hammasi joyida. Shunday ekan…
— Ketishing mumkin demoqchisan, shundaymi?
— Bilaman… — past ohangda. Meni bu yerda ekanim senga yoqmayapti. Balki… hayotingda bo‘lganim ham…
Yuri boshini biroz egdi. Ko‘zlarida alam chaqnadi.
— Lekin ko‘zlaring… buni inkor qilmayapti. Jungkook… bu ko‘zlar menga oldingidek sevgi bilan qaramayapti…
Jungkook qoshlarini chimirdi.
Yuri chuqur nafas oldi. So‘zlari endi og‘ir chiqardi.
— Demoqchimanki… bu tana meniki bo‘lmasa ham… shu ko‘ksingda urib turgan yurak menga tegishli deb o‘ylash… meni yashashga undardi. Og‘riqlarimga malham edi…
Yuri bir lahza to‘xtadi.
— Ammo endi ko‘ryapman… yuraging ham endi boshqasiga tegishli…
Jungkook sabrini yo‘qota boshladi.
— Bemani gaplarni bas qil, Yuri. Hozir uyinga qayt. Ertaga… gaplashib olamiz.
Jungkook ortiga o‘girilib,ketmoqchi bo‘ldi.
Ammo birdan…belidan mahkam quchoqlagan qo‘llar uni to‘xtatdi.
Yuri butun kuchi bilan uni ushlab turardi. Go‘yo qo‘yib yuborsa hammasi tugab qoladigandek.
— Iltimos… — ovozi titradi. Yana besh daqiqa… shunday turaylik… bu men uchun muhim… bu… so‘nggi iltimosim…
Jungkook ko‘zlarini yumdi.
Chuqur nafas oldi.
U gapirmoqchi bo‘ldi…
Ammo shu onda nigohi darvoza tomon tushdi.
Va u yerda Hejin turardi.
Ularning har bir harakatini ko‘rib.
Bir soniya ichida.
U keskin Yurining qo‘llarini yechib, uni o‘zidan itardi.
Yuri o‘zini qanday qilib Jungkookdan itarilganini anglamay qoldi. Tanasi bir zum muzlab qolgandek, oyoqlari ham joyiga mixlangandek edi.
U bir soniya… jim turdi.
Ko‘zlarida hech qanday yosh yo‘q edi.
Hech kimga qaramadi.
Va jimgina ortiga o‘girilib, u yerni tark etdi.
Har bir qadami og‘ir edi — go‘yo yuragi oyoqlariga bog‘lab qo‘yilgandek.
Jungkook esa…
U hatto ortiga ham qaramadi.
Yurining ketayotganini sezgandek bo‘lsa-da, bu safar uni tanlamadi.
U shoshilgancha Hejin tomon yurdi.
Uning ovozida havotir bor edi.
Ammo Hejin… qimirlamadi.
Nigohi Jungkookda emasdi.
U hali ham… boyagi manzarani ko‘rayotgandek edi.
Ularning orasidagi masofa qisqargan sayin, sukut yanada og‘irlashdi.
Bu sukutda aytilmagan minglab gaplar bor edi.
Bir oz narida, qoraytirilgan oynali mashina ichida bu manzarani boshidan oxirigacha kuzatib o‘tirgan Yoongi boshini sekin chayqadi.
Nigohi sovuq, ammo ichida nimadir bezovta edi.
Haydovchi ehtiyotkorlik bilan oynadan ortga qarab, past ovozda so‘radi.
— Janob… Yuri xonimning ortidan odam jo‘nataymi?
Yoongi bir necha soniya jim qoldi.
Go‘yo nimanidir o‘ylayotgandek.
— Shart emas… uni kuzatishni to‘xtating.
Bu so‘zlar qisqa edi.
Ammo qat’iy.Haydovchi yengil bosh irg‘adi.
Mashina dvigateli g‘uvillab ishga tushdi.
Va og‘ir sukunatni ortda qoldirgancha, qorong‘ulik bag‘riga singib ketdi.
Jungkook shoshilgancha uyga kirib keldi. Eshik yopilishi bilan xonadagi sukunat yanada og‘irlashgandek bo‘ldi.
Uning nigohi darhol, uni kutib turgan Hejinga tushdi.
Hejin qimirlamay turardi.
— Hejin… — Jungkook bir qadam yaqinlashdi.Sizga barchasini tushuntirib beraman…
— Sevgilingizmi?
Savol oddiy edi.
Ammo ohangi… yurakni teshib o‘tar darajada sovuq.
— Javob bering… U ayolni sevgansiz… shundaymi?
Jungkook asta ko‘zlarini yumdi.
— Haa? Bor-yo‘g‘i shu-mi?
Boshqa hech narsa demaysizmi?
— Menimcha… boshqa so‘zlar ortiqcha…
Bu gap oxirgi nuqta bo‘ldi.
Hejin boshini sekin chayqadi.
— Unda nega?.. — uning ovozi titradi. Nega menga uylandingiz? Hop… uylandingiz ham deylik… nega o‘zingizni meni sevadigandek ko‘rsatdingiz? Umid berdingiz?..
— Hissiyotlarim bilan o‘ynash… juda maroqlimi sizga?!
Bir lahza jimlik cho‘kdi.
So‘ng Hejinning ovozi pasaydi.
Ammo bu safar , yanada og‘ir edi.
U sekin gapira boshladi.
Har bir so‘z yuragidan uzilib chiqayotgandek.
— Sevgan insonimdan… otamning qistovi bilan ayrildim… So‘ng o‘zimdan oʻn ikki yosh katta bo‘lgan akangizga turmushga chiqdim…
Jungkookning ko‘zlari bir zum qimir etdi.
— Endigina unga ko‘nikayotgan edim… hayotim iziga tushayotgandi edi…
— …va men sababli… u inson halok bo‘ldi.
Xona ichidagi havo muzlab qolgandek bo‘ldi.
— Yetmaganiga… uning farzandini ham saqlay olmadim…
— Odamlar nima deganini bilasizmi?.. “Eri o‘lib, qayni akasiga erga tegdi”… Buni eshitish… oson emas, Jungkook.
Hejin boshini ko‘tardi.
Nigohi tik.
— Lekin… men bariga dosh berayotgan edim.
Jungkookning nafasi og‘irlashdi.
— Endi bilsam… Siz ham… o‘zgasi sabab menga dosh berib kelayotgan ekansiz…
— Hech narsa demang… hech bo‘lmasa hozir… yolg‘on gapirmang…
Hejin Jungkookning gapini bo‘ldi. Uning ovozi bu safar baland emasdi… ammo qat’iy edi.
Jungkook darhol javob qaytardi.
— Sizni ko‘rish… meni g‘azablantiryapti, — Hejin ko‘zlarini undan uzmay. Shunday ekan… meni tinch qo‘ying.
Zinapoyalar tomon yurdi.
Jungkook esa joyida qotib qoldi.U faqat rafiqasining ortidan qarab turdi.
Quyosh nurlari sekin xona ichiga kirib, devorlar bo‘ylab sudralib borardi. Yorug‘lik asta Hejinning yuziga tushdi.
U ko‘zlarini ochdi.
Bir muddat jim yotdi.
So‘ng sekin o‘rnidan turdi.
Ko‘zgu qarshisiga yaqinlashdi.
Ko‘zlari… shishgan.
Qovoqlari qizarib ketgan.
Kechagi tun , uning yuzida hamon iz qoldirgan edi.
U bir necha soniya o‘ziga tikilib qoldi.
Go‘yo oynadagi qizni tanimayotgandek.
So‘ng indamay yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Yuvinib chiqqach, ustini almashtirdi va pastga tushdi.
Uy… g‘ayrioddiy jimjit edi.
Hech kim yo‘q.
U sekin mehmonxona tomon yurdi.
Kecha Jungkook o‘tirgan joy.
Stol ustida hanuz viski shishasi turardi.
Yonida , bo‘sh qadah.
Va sochilib yotgan sigareta qoldiqlari.
Hejin chuqur nafas olgancha uy eshigini ochib bogʻ tomon chiqdi.Kochada bir necha qoriqchilar unga hurmat yuzasidan egilarkan Hejin ularga etibor ham bermay bog' o'rtasidagi yog'och oʻrindiqlarning biridan joy oldi.
Hejin chuqur nafas olgancha o'tmish voqealarini birin-birin eslay boshladi.Bari go'yoki yomon tushdek ,kimgadir bu voqealarni aytsang ishonishi amri mahol.Hejin xotiralar girdobidan cho'ndagidagi telefon ovozi sabab chiqa oldi.
U sekin qo'liga telefonni olarkan begona raqamdan bo'lgan qo'ng'iroq uni biroz ikkilantirdi.
Bir necha bor jiringlagach, Hejin nihoyat telefonni ko‘tardi. Barmoqlari yengil titrardi.
Narigi tomondan past, ammo juda tanish ovoz eshitildi.
— Telefonni ko‘tarishingni bilgandim.
Hejin bir zumda qotib qoldi.
Quloqlari eshitganini miyasi qabul qilolmadi. Go‘yo tanasi ham, ongi ham alohida ishlayotgandek edi.
Barmoqlari bo‘shashdi.
Telefon qo‘lidan sirg‘alib to‘g‘ri oyoqlari ustiga tushdi.
— Meni shunchalik sog‘inganmiding, sevgilim… telefonni ham ushlay olmayapsan…
Ovoz telefondan yana yangradi.
Hejinning yuragi qattiq urib ketdi. Nafasi qisilib qoldi. U tezda o‘rnidan turib, atrofga alangladi.
U shoshilib egildi, maysa ustiga tushgan telefonni qo‘liga oldi.
Ovozi bu safar qat’iy chiqdi, ammo ichidagi qo‘rquv yashirinib qolmadi.
Narigi tomondan kulgiga o‘xshash ohang eshitildi.
— Senda o‘zgarish bor, sevgilim… meni “sen”lab gapirishga ham kuch topyapsan… qoyil.
— Men senga savol berdim, — Hejin tishlarini qisib.Bilaman… shu atrofadasan.
— To‘g‘ri… Men seni ko‘rib turibman… ammo sen meni ko‘rishing uchun hali erta, azizam…
— Doyon… — bu safar g‘azab bilan.
— Eshitaman… Anchadan beri sening nozik ovozingni bunchalik ko‘tarilganini eshitmagandim… Ismimni sening tilingdan eshitish… qanchalik maroqli…
— Jim bo‘l! — Hejin keskin gapirdi. Menga gapirishga haqqing yo‘q!
— Aslida… har kimdan ham ko‘ra men bunga haqliroqman.
Bir lahza jimlik.
So‘ng uning ovozi yana pastladi.
— Bugun kechga… o‘sha ilk tunimiz o‘tgan joyda ko‘rishishga nima deysan?
Hejinning nafasi ichiga tushdi..
— Aqldan ozgan psix !Seningcha men sen bilan ko‘rishishni xohlaymanmi?
— Nega endi xohlamas ekansan? — ovoz keskinlashdi. Axir oldinlari… menga ko‘rishishni so‘rab yolvorgan sen emasmiding…
Bu so‘zlar…
Hejinning tanasidan sovuq ter yugurtirdi.
— Nega jim qolding, azizam? — pichirlab.Yoki xotirang pand berayaptimi.Hohlasang… barchasini eslashingga yordam beraman…Aslida oʻgirlanmaganing balkim oʻz oyoqlaring bilan oldimga kelganingni ering bilsa nima qilarkan qiziq....