𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍
𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop
Quyosh nuri derazalardan òtib, yotoqxonadagi muhitni yorita boshladi.
Jungkook asta ko‘zlarini ochdi. Naqadar g‘alati. Yelkalari bo‘sh, yuragi siqilgan, u tezda yon atrofga qaradi. Tanish joy, tanish hid.
Yonida Yuri yotardi. Belini o‘rab yotgan ko‘rpaning ostidan yelkalari ko‘rinib turardi. Ammo Yuri uxlamayotgan edi. U derazaga tikilgancha, jim yotardi.
Jungkook o‘rnidan asta turdi, unga yaqinroq cho‘zildi. Yuragi nimanidir sezayotgandek, ammo miyasida hech qanday xotiralar yòq...
— Yuri… — past ovozda.Kecha… nima bo‘ldi?
Yuri ko‘zlarini yumib oldi. U og‘ir nafas olib, asta o‘girildi. Uning nigohida na g‘azab, na pushaymonlik bor.
— Hech narsa bo‘lmadi, Jungkook, — ko‘z yoshini ichiga yutib. Sen mast eding… sen meni emas, boshqa birovni izlab kelganding.
Yuri boshini sekin silkitdi. Sochi yuziga sirĝalib tushdi.
— Sen kecha tanlovsiz eding. Menga o‘xshagan qizlar faqat shunday kechalar uchun kerak bo‘ladi, lekin umid qilgandim. Shunchaki umid...
U sekin ko‘rpasini ko‘ksiga mahkamladi.
— Bilasanmi nega kecha kapalaklar haqida axmoqona gaplar aytganingni tushundim..
Jungkook Yuriga tikildi. Yuri buni payqab sekin jilmaydi.
— Kapalaklarning umri bir kunlik, Kecha men sening kapalaging edim. Bugun esa... sen boshqa birovning erisan.
Bir lahza sukunat cho‘kdi.Jungkook og‘zini ochdi, biror narsa demoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlar tiliga kelmadi. U hatto nima so‘rashni ham bilmasdi sababi o‘zi ham nima qilib qòyganidan behabar edi.
U astalik bilan joyidan turdi. Ko‘ylagini kiyd. Har bir harakat iztirobga to‘la edi.
Jungkook sust harakatlar bilan hashamatli uyi eshigini ochib kirganida, deraza pardalari orasidan tushayotgan tong nuri uyni yoritib turardi.Jungkook uy ichkarisi tomon harakatlanarkan mehmonxona markazidagi divanda yonboshlab yotgan Hejinga kòzi tushdi. U hali uyg‘onmagandi biroq guzida kechasi bilan uxlamagani yaqol sezilib turardi.
Jungkook sekinlik bilan uning qarshisiga kelib tiz cho‘kdi. Bir lahza jim qarab turdi. Hejinning yuziga tushgan soch tolalarini yengil harakat bilan silab, qulog‘i ortiga qistirdi.
Shu payt Hejin sekin ko‘zlarini ochdi. Qarshisida turgan Jungkookni ko‘rib, biroz taajjublanib sergak tortdi. Tezda o‘zini to‘g‘riladi.
— Keldingizmi?..Shuncha vaqtdan beri qayerda edingiz? Sizga biror korxol bòldimi deb havotirlandim? Ichib mashina haydadingizmi?
Jungkook yuzini chetga burib, loqayd ohangda javob berdi..
— Hammasi joyida. Do‘stim meni o‘zi bilan uyiga olib ketgan ekan.
Hejinning nigohlari xavotirga tòla edi, biroq Jungkookga bosim o‘tkazmaslik uchun o‘zini muloyim tutdi.
— Ha, shundaymi? Unday bo‘lsa yaxshi. Nonushta qildingizmi? Men... haligi birga...
Jungkook qisqa javob bilan suhbatni uzdi..
— Yo‘q, rahmat. Hozir emas. Yuvinib ketishim kerak. Juda muhim ishim bor.
Jungkook boshqa bir og‘iz so‘z demay, asta burilib xonasiga ketdi.
Ko‘rinishidan bir necha yuz million won turadigan uy. Yaltiroq fasad, shisha devorlar, mukammal parvarishlangan boĝ. Ichkariga kirganingizda sizni bo‘g‘ tomonidagi ochiq dizaynli oshxona kutib oladi. U yerda Yoongi tongi nonushtani tanavul qilyotgandi, u kumush sanchqi va pichoq yordamida go‘shtni mayda bòlakka bòlib sòngra sekin og‘ziga soldi. Uning ro‘parasida esa Ari shirinlik konfet va pishiriqlarga qo‘l cho‘zardi.
— Ari… nonushtada oqsil yeyiladi. Faqat shakar bilan yashab bo‘lmaydi.
— Lekin akaaa… tuxum sassiq bular menga yoqmaydi..
— Yoqmasa ham yeyishing kerak,tugatkaningdan keyin Jihun seni maktabga olib boradi, tezroq bòl..
Ari xafa qiyofa bilan boshini egdi va sanchqini olib tuxumdan kichikroq bo‘lak olib chaynay boshladi. Bu sokin ertalabki nonushtani baland poshna tovushlari buzib yubordi.
Hari kulimsirab Ariga ko‘z qisdi va to‘g‘ri Yoongining qarshisidagi bo‘sh stulga o‘tirib oldi. U Yoongiga tik qarab jilmaydi..
— Qaysi shamollar uchirdi seni?
— Ko‘rinishing yaxshiga òxshaydi janob Min Yoongi.
— Yomon ko‘rinishimdan foyda yo‘q..
— Kecha Jungkook qimorxonangni portlatdi deb eshitdim. Katta muammolar bo‘lgan kòrinadi..
— shunday bòlishini kutgandim.Oxirgi paytlar Jeon juda jim yurdi.
— Ammo talafatlaring soni ancha kòp.
— Katta janglarda qurbonlarsiz bo‘lmaydi.Havotir olma men ham unga sovĝa jònataman faqat bugun emas ertaga - yengil jilmayib.
Hari shu lahzada stol ustidagi apelsin sharbatini olib, icha boshladi,ammo Yoongi sovuqqina ovozi uni to‘xtatdi.
Hari sharbatni yana stolga qo‘ydi.
— Shunaqami? Mehmon kelibdi ekan deb suv berishga ham yaramaysan..
— Yòĝey mehmon keldimi?qani qayerda - yon atrofga kòz tashlab.
— yo xudoyim òzing sabr ber,hom mayli men ketishim kerak...
Hari kulimsiradi. U sumkasini ochib ichidan kichik oppoq konvert chiqardi va uni Yoongining oldiga surdi
Yoongi kulimsiradi, keyin istehzoli ohangda so‘radi
— Otangni qayta uylantiryapsanmi?
— Nima?! Aqlingdan ozgan axmoq,bu meni to‘yim!
— Haaaa roppa-rosa 12 kundan keyin turmushga chiqyapman.
Ari tuxumni chaynashni to‘xtatib, kattalardek savol berdi..
— Siz haqiqiy to‘y qilmoqchimisiz?Kelin bòlasizmi?
Hari boshini egdi, lekin labida nim tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha mittivoy xuddi shunday...
Yoongi nigohini stoldagi taklifnomaga qadab qoldi.
— Qaysi jonidan to‘ygan senga uylanmoqchi ekan?
— Bittasi topildi… — kulgisini zo‘rg‘a bosib javob qildi Hari.
Yoongi indamadi. U ko‘zlarini stakanidagi qoldiq qahvaga tikkancha, yuragidagi allaqanday g‘ashlikni bosishga harakat qildi. Hari esa stuldan turdi, kurtkasining yengini tuzatdi.
— Xullas, o‘n ikki kundan keyin seni to‘yimda kutaman, Min Yoongi. Bilasan, o‘sha yerda bo‘lishing kerak. Axir yaqinlarim ichida sen ham borsan…
Yoongi bosh chayqadi, ohangida sovuqlik bor edi.
— Bilasan-ku, to‘ylarni yoqtirmayman…
— Borishga majbursan. To‘ydan keyin ishdan ketaman. Yangi hayot boshlayman. To‘g‘risi, bu mojarolardan, bu ichki urushlardan charchadim.
Yoongi chuqur nafas oldi va boshini ko‘tardi
— Chindanmi? Ishdan bo‘shamoqchimisan? Biroq… Andeychi? U hali ham o‘ziga kelmadi. Keyin… anavi qizni ham jinni xonadan chiqarishmayapti.
Hari ko‘zlarini yumdi. Uzoq jim turdi.
— Bularni o‘zing hal qilasan, Min Yoongi. Men shuncha vaqt senga xizmat qildim. Endi bu yog‘ini o‘zing eplab ol.
Shu so‘zlar bilan u keskin burilib, darvoza tomonga yurdi. Hari darvoza qarshisida tòxtab,ortida qolgan Yoongi va Ariga qòl silkitdi..
Ari ham kichik qollarini silkitgancha Hari bilan hayrlashdi.Biroq Yoongi Hari tomon qarashni ham hohlamad
Erta tong Hejin sekinlik bilan ko‘zlarini ochdi. Uning yuzi yaxshi uyqu sabab tiniqlashgandi. U yonida xotirjam uxlab yotgan Jungkookka ko‘z tashlab, yengil jilmaydi. Bir necha daqiqa shu holatda yotgan Hejin,sokim qadamlar bilan yuvinish xonasiga kirib ketti
Yuvinib bo‘lganidan keyin oshxonaga yo‘l oldi. Ammo mehmonxona eshigiga yaqinlashganda...ĝalati hid sabab nafasi qisila boshladi.Hejinning nigohi mehmonxona ichkarisidagi kutilmagan, vahimali manzaraga tushdi.
Tepasi ochiq to‘q qora rangdagi tobut mehmonxona markaziga joylashtirilgandi. Undan bitta qonli qo‘l, barmoqlari orasida qora atirgul ushlab turgan holda tashqariga osiltirib qòyilgandi. Qo‘l ko‘rinishidan odamniki edi.Ko‘zlari kattalashib ketgan Hejin qo‘rquvdan joyida muzlab qoldi.
U oyoqlarini boshqara olmay, polga qulab tushdi. Qo‘llari bilan og‘zini bekitdi..
Tepada uxlab yotgan Jungkook beixtiyor uyg‘onib ketdi.Javonni ochib, pistoletni qo‘liga oldi va oyoq yalang, pastki qavatga qarab yugurdi. Zinalardan birin-ketin sakragancha tushdi.Jungkook birinchi qsvatga tudhganida yerda yig‘lab o‘tirgan Hejinni ko‘rdi..
Jungkook unga qarab yurarkan, nigohi mehmonxona tomon ilindi.
Qora tobut,qonli qo‘l,qora atirgul.
Jungkook og‘ir qadamlar bilan tobutga yaqinlashdi. To‘rtburchak, sirti jilosiz yog‘ochdan yasalgan qora tobut,kòrinishidan maxsus buyurma asosida aynan u uchun yasalgan. Jungkook tobut ichiga nazar solarkan jasad ustiga tashlab ketilgan maktubni ko‘rdi.
Qog‘ozga qalin, qon rangli siyohda shunday misralar yozilgandi..
Fino a quando uno di noi scenderà all'inferno, questa guerra non finirà.
(Ikkimizdan birimiz jahannamga tushmagunimizcha, bu urush tugamaydi.)
Jungkook xatni bir necha bor o‘qidi. Bu shunchaki tahdid emasdi, bu e’lon qilingan urush edi. Va bu safar dushman hech qanday tòsiqlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning uyiga kirib borgan.
Jungkook boshini sekin ko‘tardi.
— bu urushda faqat bittamiz tirik qolamiz Min Yoongi..
Jungkook tishlarini g‘ijirlatib ko‘zlarini tobut ichidagi jonsiz jasadga tikdi. Ammo eng yomoni u bu jasadni tanirdi.
Jungook sekin egilib, jasadning yuziga qaradi.Bu bir necha kun avval Yoongining qimorxonasiga o‘t qo‘ygan yigitlaridan biri edi. Endi esa... yuz-ko‘zi tanib bo‘lmas darajada ezilgan, tanasining har bir qarich joyida qon qotib qolgandi.
Jungkookning qo‘llari biroz qaltiradi. Nafasi og‘irlashdi,qon bosimi oshganini sezdi.
U asta ortiga burildi. Yana bir lahza ham bu jasadga qarashga toqat qilolmasdi. Hejin esa hanuz yerda, qaddini ko‘tarolmay, shok holatda o‘tirardi. Jungkook uni yoniga kelib, asta qo‘lidan tutdi.
Hejinning ko‘zlari yoshdan to‘lib ketgandi. Jungkook uni qo‘llaridan mahkam ushlab, sekinlik bilan o‘rnidan turishiga kòmaklashdi. Ular oshxonadan òtib, ko‘chaga olib chiqadigan eshik tomon yo‘l olishdi.
Jungkook bu uy endi ular uchun xavfsiz emasligini aniq bilardi.
U eshik tutqichini ushlab, ohista tortdi. Ammo eshik ochilishi bilan Hejin yaan bir bora qòrquv aralash baqirdi...
Jungkook birdan to‘xtadi va nigohi Hejin qarayotgan tomonga tushdi.
U yerda uchta erkak jasadi, tartib bilan yonma-yon terib qo‘yilgandi.Jasadlarning kòkrak qismi yorilib yoriqlarga qora atirgullar boĝga ekilgan guldek sanchib cgiqilgani esa odamni vahimaga solardi.
Hejin qòrquvdan hushidan ketishiga sal qoldi, ammo Jungkook bir harakatda uni quchog‘iga tortdi. Jungkook Hejinni mahkam bag‘riga bosdi, qo‘llari bilan kòzlarini yopdi.
— Qara-ma. Hech nimaga qara-ma. Men seni himoya qilaman…qòrqma..
Jungkook Hejinni ko‘tarib, ostonadagi jasadlar ustidan olib òtdi. Ularning yagona qutulish yo‘li mashina edi.
Jungkook garajga yaqinlasharkan, bir zum to‘xtab, so‘ng yana yurishni davom ettirdi.
Garaj ichidagi mashina dahshatli tarzda portladi. Temir bo‘laklari har tomonga sochildi.Portlash to‘lqini ularni orqaga itarib yubordi. Hejin qichqirib yerga yiqildi, Jungkook esa uni o‘z tanasi bilan to‘sdi. Yuzlariga issiq shamol urildi, garajda olov alangasi bir necha metr balantlikka kòtarildi.
Jungkook og‘ir nafas olarkan,Hejinning quloqlariga pichirladi.
Shu payt Jungkookning cho‘ntagidagi telefon qattiq vibratsiya bilan titray boshladi. Jungkook Hejindan ko‘z uzmasdan, asta cho‘ntagiga qo‘l soldi.
Jungkook jahl bilan javob qildi.
— Mashina portlatish qanday bo‘larkan, Jeon?
—Sen lanati it emgan haromi....
—Jim bòl ! Agar yana men bilan o‘ynashishga jur’at etsang... keyingi safar o‘sha mashinaning ichida sen bo‘lasan.
Yoongi shu sòzlarni aytib telefonni bosib qòydi..
Jungkook telefon ekraniga tikilgancha bir zum jim qoldi. So‘ng birdan, ichidagi g‘azabni boshqarolmay, telefonni bor kuchi bilan yerga irg‘itdi. Telefon esa òsha yerning òzida parcha-parcha bo‘ldi
Jeonlar xonadoni shahar chekkasidagi eng baland tepaliklardan birida joylashgan bòlib, u baland devorlari, yirik ustunli fasadi bilan har kimni hayratda qoldirgan.
Ichkariga kirgan har qanday odam, ilk nafasdayoq bu uyning qanchalik sovuq ekanni xis qiladi.Go‘yoki bu uyga quvonch baxt mehr degan tuyĝular butunlay begona. Marmar polning ustiga bosilgan har bir qadam, devorlardagi rasmlardan to‘kilayotgan sovuqlik,insonni qòrquvga soladi.
Ayni daqiqada esa bu uyning ikkinchi qavatida Janob Jeon qòlidagi sigaretani yengil tortib yonib bitib kulga aylangan niqatinlarni kuldonga tòkdi.
Uning qarshisida esa Jungkook marmar polga tizalagancha, nigohini yerga mixlab òtirardi.
Janob Jeon orqasidagi kresloga suyanib, qo‘llarini birlashtirgancha sovuq va sokin ohangda gapirdi..
— Demak, uyinga… qora atirgul ushlab turgan jasadni tobutga solib, tashlab ketishdi. Shundaymi?
Jungkook, haliyam yerga tikilgan ko‘zlari bilan, sekin boshini qimirlatdi.
Otasi vazmin ohangda davom etdi.
— Ostonaga… uchta jasad tartib bilan terilgandi, to‘g‘rimi?
— Va garajing portlatildi. Mashinalaring havoga uchdi…
Janob Jeon bir zum sukut saqladi.
So‘ng u oxirgi savolini, o‘tkir pichoq singari, bemalol sanchdi..
— Ammo, sendan bittagina savol so‘rayman, Jungkook...
Jungkook boshini ko‘tarmadi. Har bir nafasida otasining kayfiyatini sezayotgandi.
— Bu ishlar bo‘layotganda… Hejin sen bilanmidi?
Jungkook endi boshini yengil ko‘tardi. Nigohi otasining ko‘zlarigachq yetib bormadi.
Janob Jeon sekin o‘rnidan turdi. Uning oyoq tovushi marmar polda aks-sado berdi. U o‘g‘li tomon yurarkan, xonani sovuq aura to‘ldirdi.
Janob Jeon sokinlik bilan kreslosidan turarkan, har bir harakati vazmin va sovuq edi. U marmar polda tiz cho‘kib turgan o‘g‘li tomon og‘ir qadamlar bilan yaqinlashdi.
So‘ng... birdaniga, hech qanday ogohlantirishsiz Jungkookning sochidan changalladi. Uni qattiq tortib, yuzini yuqoriga ko‘tardi. Barmoqlari o‘g‘lining bosh terisiga botirdi.
— Menga qara, ko‘zlarimga qara!
Jungkook tishlarini qisgancha qarshilik qilmadi.
— Sen Jeon Jungkooksan. Ammo… sen shunchalik zaifmisan?
— Endi bor... va o‘sha qimorboz Min Yoongiga shunday zarba berki, u endi hech qachon oyoqqa turmasin. Hech qachon.
Janob Jeon òglining sochlaridan kuchliroq tortib gapirdi..
— Sen uni to‘g‘ri yuragiga zarba ber. Shunday joyga urki, u hatto nafas olishga ham jur’at qilmasin. Boshqalar esa hech kim bizga bunday muomala qila olmasligini bilsin. Yoki nima... bu ish qo‘lingdan kelmaydimi?Agar shunday bòlsa shunchaki bosh egib, “Otajon, men bunday ishlarni qila olmayman... men ojizman” deb... ko‘z yosh to‘k!
Jeon xuddi ustidan kulgandek, o‘g‘lining yuziga o‘zi tutatyotgan sigareta tutunini purkadi. Issiq tutun Jungkookning ko‘zlariga urildi.
Janob Jeon kuldi. Keyin òĝlining sochini qo‘yib yubordi,sòngra Jungkookga etibor bermasdan divan tomon yurib unga qulay òrnashib yotib oldi.
Jungkook sekinlik bilan qaddini rostladi, polga tiralib o‘rnidan turdi.
Ammo... shu payt otasi òrnidan turgancha Jungkook tomon yaqinlashib bor kuchi bilan uning oyog‘iga tepdi.Harakat shu darajada kuchli ediki, bu zarbadan oddiy odam darhol yiqilgan bo‘lardi. Ammo Jungkook... yiqilmadi.
U butun tanasi bòylab tarqalyotgan og‘riqqa qaramasdan, shunchaki qaddini rostladi.
Janob Jeon buni kòrib lab chetida kulgqncha boyagi joyiga qaytdi.
— Men aytganingizni qilaman. O‘sha zarbani yuragiga beraman.
Jungkook esa ortga burilib, xonani tark etdi. Qadamlarida og‘riq bor edi, ammo har bir qadam... urush boshlanganini anglatib turardi.