January 13

𝐒𝐊𝐘𝐅𝐀𝐋𝐋

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 1

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋:@Bangtan_ff_shop

Men yonayotgan vaqtimda sen kul hidida meni ayblading !

Jarohlik xonasi odamlarga to‘la. Devorlar orasida shifokorlar va hamshiralar u yoq-bu yoqqa shoshilmay, ammo aniq harakatlar bilan yurishardi. Turli xil qurilmalar yurak urishini o‘lchovchi apparatlar, kateterlar, tomirga ulangan shaffof naychalar xonada qandaydir sovuq muhitga aylantirgandi. Xonaning o‘rtasida, jarohlik stolida, bir erkak hotirjam yotardi. Shifokorlar unga bundan keyin bo‘ladigan voqealarni sokin ohangda tushuntirishardi.

— Janob, xavotir olmang — jarroh qo‘lqoplarini tekislar ekan. Hammasi tez va muammosiz hal bo‘ladi. Donorni hozir tayyorlashyapti. Ungacha sizni narkozga olamiz.
U so‘zini yakunlar ekan, yonidagi hamshiraga yengilgina bosh chayqadi. Hamshira jimlikda erkakning yuziga niqobni ehtiyotkorlik bilan yaqinlashtirdi. Sovuq havo hidini eslatgan narkoz asta-sekin tanaga yoyila boshladi. Ko‘zlar og‘irlashdi, atrofdagi tovushlar xiralashdi. Shifokor sokin ovozda orqaga sanay boshladi.

— O‘n… to‘qqiz… sakkiz…

Raqamlar orasidagi masofa tobora uzayib borayotgandek tuyulardi. Yigit hushini yo‘qotishiga sanoqli soniyalar qolganida, jarohlik xonasi eshigi to‘satdan kuchli zarba bilan ochildi. Xonani yelim oyoq kiyimning polga urilib suykalgan ovozi tutdi. Kimdir tezlik bilan ichkariga kirdi. Yigit ko‘zlari butunlay yumilishidan oldin, so‘nggi marta ko‘rgan manzara oʻzi uchun butunlay notanish shifokor boʻldi.

To‘rt soatdan keyin:

Palatada sukunat hukm surardi. Shift ostida sekin ishlayotgan apparatlarning bir maromdagi ovozi eshitilib turardi. Yigit asta ko‘zlarini ochdi. Boshida kuchli og‘riq bor edi. U boshini changallagancha atrofga ko‘z tashladi, qayerdaligini anglashga urindi.

Shu payt uning uyg‘onganini sezgan shifokor tezda yoniga kelib, egildi.

— Janob Jeon, — muloyim, ammo jiddiy ohangda.Ahvolingiz yaxshimi?

Yigit javob berishga urindi, ammo lablari qurigan, ovozi chiqmayotgandi.

Yigit vahima bilan ko‘krak qafasini paypaslab ko‘rdi. Teri silliq na chok, na chandiq bor. Nafasi bo‘g‘ziga tiqildi.

— Bu nima degani?.. Nega u hanuz shu yerda?.. — ovozi titrab.

— Janob, iltimos, o‘zingizni bosib oling — shifokor sokin ohangda.

— O‘zimni bosaymi? Nima balo, hazillashyapsizmi?! — Jungkookning ko‘zlari chaqnab ketdi. Men bugun ko‘zimni ochganimda ko‘kragimda yangi yurak bo‘lishi kerak edi. Nega men uni ko‘rmayapman?! Nega hech narsa yo‘q?!

Xonadagi sukunat yanada og‘irlashdi. Monitorlarning bir maromdagi signali asabni tinimsiz buzardi.

— Janob Jungkook… gap shundaki, — shifokor bir zum ikkilanib qoldi. Donor so‘nggi soniyalarda fikridan qaytdi. Siz unga taklif qilgan barcha shartlarni rad etdi… va keyin g‘oyib bo‘ldi. Hech kim uni topa olmadi.

— Jin ursin… — Jungkook tishlarini qattiq qisdi. Axir u hammasiga rozi bo‘lgandi-ku. Nega birdan fikridan qaytdi?

— Buni biz ham bilmaymiz, janob, — shifokor past ovozda.

Jungkook karavot chetiga cho‘kdi. Kaftini yuragi ustiga qo‘ydi. Zaif, ammo hanuz tirik. Kimdir ayni damda uning hayoti bilan birga g‘oyib bo‘lgandi.

Jungkookning keyingi so‘zlari shifokorni karaxt holga soldi.

— Narkoz ta’siri tugagan bo‘lsa, ketsam bo‘ladimi?

Shifokor bir zum kalmovsirab qoldi, so‘ng hujjatlarga ko‘z yugurtirib, majburan sokin ovozda javob berdi.

— Ha, janob Jeon… hozircha holatingiz barqaror. Shunday ekan, sizni bu yerda ushlab turishdan foyda ko‘rmayapman.

— Unda… men ketdim.
Jungkook karavotdan turishi bilan qo‘liga ulangan osma ukolni hech ikkilanmay sug‘urib oldi. Dori tomchilari polga tushdi, ammo Jungkook parvo ham qilmadi. Gavdasini biroz to‘g‘rilab, xonadan chiqdi. Qadamlarida na zaiflik, na ikkilanish bor edi.Shifoxona eshigidan chiqishi bilan qarshisida to‘xtab turgan so‘nggi rusumdagi mashinaga ko‘zi tushdi. Jungkook orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Eshik yopilishi bilan atrof jimib qoldi.
U telefonini qo‘liga olib, yoddan bilgan raqamni terdi. Bir necha signal… va nihoyat qo‘ng‘iroq ko‘tarildi.

— O‘sha ablahni kechgacha top! ovozini pasaytirmay. Uning nafaqat yuragini, balki boshqa a’zolarini ham sug‘urib olmasam, hovurim bosilmaydi.

Qarshi tomondan qisqa, lo‘nda javob keldi. Jungkook hech narsa demay qo‘ng‘iroqni uzdi.
Keyin old o‘rindiqda o‘tirgan haydovchiga sovuq nigoh tashladi.

— Hyejinnikiga hayda.

Mashina sekin harakatga tushdi. Jungkookning kafti yana ko‘kragiga borib qo‘ndi.

— Nega bunchalar zayifsan?Bu meni faqatgina gʻazablantiradi.

Hashamatli uyning qarshisida to‘xtagan mashinadan Jungkook sokin, ammo xavfli bir vazminlik bilan tushdi. Qadamlarida shoshilish yo‘q edi, aksincha, har bir harakati ichidagi bo‘ronni yashirardi. Uy tomon qat’iy yurib, o‘ziga yod bo‘lib ketgan eshik kodini terdi va ichkariga kirdi.
Uyni yurakni ezadigan sukunat qoplagandi. Go‘yo devorlar ham odamni oʻz bagʻriga yutib yuboradigandek. Jungkook asabiy tarzda bo‘yin suyaklarini qirsillatdi. Oq marmarli zinadan sekin ko‘tarildi. Har bir qadami og‘ir edi.

Yo‘lakka qadam qo‘yishi bilan yuragida allaqanday g‘alati, og‘riq uyg‘ondi. Kafti bilan ko‘kragini bosdi, nafasi qisilib ketdi. U darhol cho‘ntagiga qo‘l suqdi, shifokor bergan dorilar. Bir donasini og‘ziga uloqtirib, suv ham ichmasdan yutdi.
Bir necha soniya o‘tdi. Nafasi sekin-asta joyiga tushdi. Ko‘zlari yana sovuqlashdi.

U yurishda davom etdi.
Yotoqxona eshigini ochgan zahoti ko‘ziga tashlangan manzara uni hayratga soldi.

Jungkook xonaga kirib, har tomonga sochilib yotgan erkak va ayol kiyimlarini ko‘rdi-da, ko‘zlarini mahkam yumdi. Ko‘kragi ko‘tarilib tushdi. Chuqur nafas oldi go‘yo ichidagi g‘azabni bir lahzaga bo‘lsa ham bosmoqchi bo‘lgandek.

So‘ng ko‘zlarini ochib, xonani bir boshdan sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Aynan shu payt yuvinish xonasidan ayol kishining kulgusi eshitildi. Yengil, beparvo bu tovush Jungkook uchun o‘ta og‘ir edi.

Bu ovoz unga juda tanish.
Ha. Bu kechagina, “qachon qaytishingdan qat’i nazar, umrining oxirigacha kutaman”, deb va’da bergan ayolning kulgusi edi.

Jungkook sekin karavot chetiga cho‘kdi. Qomatini tik tutdi, kaftlarini tizzasiga qo‘ydi. Nigohi yuvinish xonasi eshigiga qadadi. U shoshilmadi. Kutdi. Go‘yo bu kutish ham bir jazodek edi.
Oradan o‘n daqiqacha vaqt o‘tdi.
Nihoyat, yuvinish xonasi eshigi ochildi. Dush xalatiga o‘ralgan ikki tanish qiyofa tashqariga chiqdi. Suv tomchilari hali ham ularning sochlaridan sirg‘alib tushardi.

Jungkook ularni jim kuzatdi. Bir so‘z ham demadi. Hatto qimir etmadi.

Jungkookni ko‘rgan zahoti Hyejinning yuzi oqarib ketdi. Bir zumda uni qora ter bosdi. Lablaridan ovoz chiqmay qoldi, ko‘zlari qo‘rquv va inkor orasida titrab ketdi.
— J… Jungkook?.. — nihoyat, ovozi bo‘g‘ilib.

Xonani og‘ir sukunat bosdi.
Jungkook asta o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida na hayrat, na yosh bor edi. Faqat sovuq, tubsizlik.
— Demak… meni shunday kutarkansanda?

Jungkook sovuq nafas oldi. Ko‘ksidagi yurak yana bir bor sanchib urdi, ammo u bunga e’tibor bermadi. Bir og‘iz so‘z ham demasdan, qat’iy qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi. Orqasiga ham qaramadi.

Eshikni shunchalik qattiq yopdiki, butun uy larzaga keldi. Devordagi rasmlar qimirlab ketdi, sukunat parchalandi.
Eshik ortida esa faqat bitta ovoz qoldi.
— Jungkook! Iltimos! To‘xta! — Hyejinning yig‘lab. Kechir meni… iltimos… bitta imkon ber…

Ammo Jungkook allaqachon zinadan pastga tushib borardi. Qadamlarining tovushi sovuq marmarga urilib. U bir zum ham sekinlashmadi.
Hyejinning ovozi tobora xiralashdi, faqat bo‘g‘iq yig‘i ovozi qolib ketdi.
Jungkook uy eshigidan chiqib, tashqarida to‘xtadi.

Jungkook ko‘cha chetida jim turdi. Sovuq shamol yuziga urildi, biroq u buni ham sezmagandek boldi. Shu payt birdan telefon jiringladi. U qimir etmay qoldi, go‘yo bu ovoz uni boshqa bir olamdan tortib kelgandek.

Sekinlik bilan cho‘ntagidan telefonini chiqardi. Ekranda o‘ziga juda tanish ism yozilib turardi. Jungkook bir lahza ikkilanib qoldi-da, qo‘ng‘iroqni qabul qildi.

— Akajon, ahvollaringiz yaxshimi?
— Nima xohlaysan, Sua? — sovuq ohangda.
— Sizga tusha olmasam kerak deb o‘ylagandim…
— Gapni qisqaroq qil.
— Akajon, mening bir doʻstim siz bilan tanishmoqchi. Shu sababli uni ertaga kechki ovqatga taklif qilsam bo‘ladimi?
— Yana qanaqa tanish? Qanaqa kechki ovqat? — Jungkookning sabri tugab borardi.
— Yaqin do‘stim. U bilan ancha oldin bir loyiha bo‘yicha birga ishlagandik. Yaqinda yana uchrashib qoldik…
— Uchrashgan bo‘lsang, buning menga nima aloqasi bor, hoy qiz? — keskin ohangda.Bemalol o‘zing gaplashaver. Nega mening uyimga ovqatga chaqiryapsan?
— Aka-a-a… u siz bilan tanishmoqchi dedim-ku…

Jungkook ko‘zlarini yumib, peshonasini chimirdi.

— Rostini aytsam, boshimni og‘ritib yubording. Nima qilsang ham o‘zing bilasan!

— Rahmat, aka! Rozilik berishingizni bilardim… — Sua quvonchini yashira olmadi.
Qo‘ng‘iroq uzildi.

Jungkook bir zum telefon ekraniga termilib qoldi, so‘ng uni yana cho‘ntagiga soldi va mashinaga qayta o‘tirdi. Haydovchi ortiga bir qaradi, ammo savol bermadi. Dvigatel ovozi eshitildi va mashina sekin harakatga tushdi.

Ertasi kuni:

Xonada uyquga ketgan ayol ustidan korpa yulqib olingani zahoti cho‘chib uyg‘ondi. Sovuq havo tanasiga urildi. U ko‘zlarini xira ochib, atrofga alangladi va tepasida qoshlarini chimirib, sovuq nigoh bilan tikilib turgan erini ko‘rdi.
— O‘rningdan turib, tayyorlan.
— Qayerga?.. — ayolning ovozi hanuz uyqu va charchoq aralash edi.
— Ko‘p gapirmay, tayyorlan dedim.
— Men hech qayerga bormayman. Esingizda bo‘lsa, kecha shifoxonadan qaytdim.

— Hoy, tiling chiqib qoldimi? — xavfli ohangda.

U ayolining sochlaridan changallab tortdi. Ayol og‘riqdan seskandi. Ko‘zlarini erining ko‘zlariga tikdi.
— Qo‘yib yuboring, Jimin…- ovozini zo‘rg‘a ushlab.
Jimin esa qo‘lini bo‘shatmadi. Aksincha, yuzini yaqinlashtirdi.
— Sen qachondan beri menga buyruq beradigan bo‘lib qolding? Men “borasan” dedimmi, demak borasan.
— Seorinni ham tayyorlaa...
— nega uni tayyorlashim kerak?
— koʻp gapirmasdan aytganimni qil , borganimizda negaligini bilib olasan...