𝐁𝐄𝐇𝐈𝐍𝐃 𝐓𝐇𝐄 𝐌𝐈𝐑𝐀𝐆𝐄
𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋:@Bangtan_ff_shop
Kun endi boshlanayotganiga qaramay, shaharning eng kòzga koringan tungi klublaridan birida g‘ira-shira yorug‘lik Jiminga yuzlariga tushib uyĝonishiga kòmaklashdi, sekin ko‘zlarini ocharkan, oldin shiftga, keyin atrofga ko‘z yugurtirdi. Zangori chiroqlarning hali o‘chmagan, lekin sust nur taratib turgan yorug‘ligi ostida klubning VIP xonasidagi tor karavotda yotgan Jiminning, tanish-notanish hidlar darrov dimog‘iga urildi..
Uning qarshisida yotoqda yotgan qizga kòzi tushdi. Qiz tanasining asosiy qismlari faqat ko‘rpaga o‘ralgan, bir oyog‘i ochilgancha tashqariga chiqib yotardi. Shu holatda Jimin kechagi oqshomning parchalanib ketgan xotiralari asta esiga kela boshladi. Kuchli ichimlik, baland musiqa.Notanish qiz bilan bòlgan qisqa suhbat , shundan keyingi xotiralar xira tortdi..
U sekin yostiqdan boshini ko‘tarib, oĝriqdan yorilay degan boshini ushladi. Tana suvsiz qolganday holsiz edi. O‘zidan jirkanib, sovuq nafas chiqardi. Orqasiga suyanib, biroz mudrab o‘tirdi, keyin birdan o‘rnidan turdi va yuvinishxonaga kirib ketdi.
Sochiqni beliga o‘rab, yana tashqariga chiqdi. Kecha shoshilinchda har tarafga uloqtirilgan kiyimlarini yerga egilib terib oldi. Shimining cho‘ntagidan hamyonini olib, ichidan bir qancha pul chiqardi. Keyin sekin qizga qaradi. U hali ham o‘sha holatda, tinchgina uxlardi. Jimin hech qanday iltifotsiz, sovuqqina harakat bilan pullarni qizning oyog‘i barmoqlari orasiga tiqib qo‘ydi.
Qiz tomonga bir marta ham qayrilib qaramasdan xonadan chiqib ketish uchun qadam bosdi. Faqat deraza oldidan o‘tarkan, bir zum to‘xtab, shaharga qaradi, sòngra yana yòlida davom etdi.
Ayni vaqtda Jiminning uyida Yuki tinimsiz u yoqdan bu yoqqa yurib, vaqti-vaqti bilan eshik tomonga qarab qo‘yardi. Ichida bir g‘ashlik, yuragida xavotir bor edi. U soatlab kutayotgan odam nihoyat eshikni ochib kirib keldi...Jimin. Uning qadamlaridan charchoq, yuzidan esa sovuqlik yog‘ilib turardi.
Jimin to‘xtab, unga ko‘z yugurtirdi, so‘ng yana yurmoqchi bo‘ldi. Biroq Yukining ohangi uni to‘xtatdi.
— Men sizdan so‘rayapman, Jimin. Qayerda edingiz?
Jimin yuzidagi sovuqlikni saqlagancha, qisqa javob qaytardi.
Yuki lablarini tishlab, og‘riqli tabassum bilan javob berdi..
— Ishim bor. Chunki siz mening sevgilim siz. Esingizdami?
Bu gap Jiminni kuldirib yubordi.
— Sevgiling?Rostan ham shunday deb òylaysanmi? Ha, ko‘rdim kecha qanchalik “sevgiling” bo‘lganimni. Yaxshilab eshit ! bir oy, Yuki. Bir oy davomida sening sinib ketgan ruhiyatingni ko‘tarmoqchi bo‘ldim. Har kuni yoningda bo‘ldim, bir og‘iz taskinli so‘zni eshitaman degan umidda yashadim.
Jimin chuqur nafas oldi, yuragidagi g‘amni bosishga harakat qilayotgandek.
— Seni sevganim uchun... ha, SEVGANIM uchun sen bilan bo‘lgan voqealarning hech birida seni ayblamadim. O‘zimni aybdor bildim, faqat o‘zimni! Lekin kecha... men faqat bir oqshomni so‘radim, shunchaki bir oqshomni. Lekin sen meni yana itarding...
Jimin bu gaplarni aytarkan, Yuki hech bir sòzsiz jim qoldi . Yuragi qattiq urib, ko‘zlari xiralashib borardi. Yuki eshik tomon yurmoqchi bo‘lgan Jiminning ortidan borish uchun bir ikki qadam tashladi..
Biroq ko‘z oldi qorong‘ulashib, hushidan ketisgiga sal qoldi..
Yukini yiqilayotganini sezgan Jimin orqasiga qayrildi va chaqqonlik bilan uni ushlab qoldi. Yuki uning bag‘riga qulab tushdi.
Jimin Yukini ko‘tarib, sekinlik bilan tepa qavatdagi o‘z xonasiga olib chiqdi. Qiz yengilgina boshini uning keng ko‘kragiga qo‘ygancha chuqur nafas oldi. Yuragi tinib, o‘zini xavfsiz his qilayotgandek edi. Jimin uni muloyimlik bilan yotoqqa yotqizdi. Bir necha soniya boshida turib, yuziga tikildi. So‘ng asta-sekin xonani tark etmoqchi bo‘ldi, biroq Yuki uning qo‘llaridan ushlab qoldi.
— Men roziman | titroq, ammo qat’iyatli ovozda.
Jimin sekin ortiga o‘girildi..
Yuki asta boshini ko‘tarib, unga tikildi.
— Siz bilan birga bo‘lishga. Agar hozir istasangiz, hozirning o‘zida.
Bu so‘zlar Jiminni bir lahzaga jim qoldirdi. Ichida bir narsa harakatga keldi, yuragi allaqachon qaror qilayotgandek edi. Bir soniyada yuzini Yuki tomon egib, lablarini uning lablariga bosmoqchi bo‘ldi… biroq to‘xtadi.
Kechagi oqshom,butun tanasida kechagi aliqadan qolgan izlarga tòla.Yukiga bularni kòrsata olmasdi.
Yuki bularni ko‘rmasligi, yana azob chekmasligi kerak deb òylab qoldi u.
Jimin sekin yotoqqa o‘tirdi,Yukining sochlarini silab, lablarini Yukining peshonasiga yengil tegizib o‘pdi.
— Hozir dam ol. Uyquga muhtojsan. Buni keyinroq ham qilaveramiz.
Yuki ko‘zlarini yumib, faqat bosh silkitdi. Uning yuragi hali ham shubha, istak va xavotir bilan to‘la edi. Jimin esa o‘rnidan turib, yana chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo Yuki yana qo‘lidan tutdi..
— Iltimos… ketmang. Men bilan qoling.
Jimin bilan Yukining bir zum nigohlar to‘qnashdi. So‘ngra u sekin qo‘lini Yukinikidan chiqarib olib, hech nima demay xonadan chiqib ketdi.
Yuki biroz hafa bo‘ldi. Nigohi shiftga qadalgandi. Yuragida mayuslikni tiliga chiqara olmasdi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas, xonaga yengil uy kiyimida qaytib kirgan Jimin sekinlik bilan uning yoniga yotdi. Yuki yengil tabassum bilan unga yopishdi. Jiminga boshini qo‘yib, uning tanasidan taralayotgan iliq iforni chuqur his qildi. So‘ngra bo‘ynidan yengil o‘pish uchun yaqinlashgan on,Jiminning boyin sokasida koylagi berkitib turgan kokimtir izlarga kozi tushib tòxtab qoldi.
Yuki bo‘yin atrofidagi izlarga tikilgancha, yuragi gupillab ura boshladi. Bu izlar… tish iziga o‘xshardi. Sovuq ter yelkalaridan quyilaygandek bo‘ldi. Biroq hech
narsa demadi. So‘rashga, shubhasini bildirishga yuragi chidamadi.
U faqat ko‘zlarini yumdi. Ichkarida esa minglab savollar qiynardi.
Pov:Jimin menga xiyonat qildimi? Bu izlar... boshqa birovdanmi?
Ammo og‘zidan bir og‘iz so‘z chiqmadi. Yuki Jiminga ishonishni xohlagandi… qanchalik ahmoqona bo‘lmasin.
Jimin esa yonida yotgan Yuki harakat qilmay qo‘ygach, asta ko‘zlarini yumdi. Ammo uxlamayotgan edi. Boshida kechagi tunning og‘ir, tafsilotlari aylanardi.
U o‘sha notanish qizni esladi. Xotiralarida yotoqdagi sahna jonlandi.Ostida yalinib, charchab uxlab qolgan qiz ,bu tun juda ahoyib edi deb bir on hayolidan otkazdi u.Sòngra òziga savol berdi..
Pov:Yotoqdagi... qonmidi? O‘sha choyshab... o‘sha qoramtir dog‘,qonga òxshardi..Nima u bokira edimi?
Jiminning nafasi siqildi. So‘ng o‘zini tinchlantirishga urindi..
— Yo‘q... balki u shunchaki...kecha haddan tashqari oshirib yubordim. Oddiy tungi klubdagi qiz edi-ku u, bilmayman... bilmayman...bunday bòlmasa kerak
Jiminning yonida sokin yotgan Yuki ham unga qòshilib hech narsa demasdan faqat hayol surardi..
Ko‘rinishidan bejirim, zamonaviy jihozlangan ishxonada, yirik monitor qarshisida yelkalarini biroz bukib o‘tirgan qiz tinimsiz klaviaturani bosardi. Qoshlarini biroz chimirib, butun e’tiborini yozayotgan faylga qaratgandi.
Shu payt unga telefon bòldi. Qiz ekranda paydo bo‘lgan tanish ismni ko‘rishi bilan yuragi hapqirib ketti. Ko‘zlarini monitor ekranidan uzgancha, iloj boricha o‘zini bosib, telefonni tezda ko‘tardi..
— Sera xonim? Nima bo‘ldi? Hammasi joyidami?
Qiz bir soniya jim turib, telefondan kelayotgan so‘zlarni tingladi... So‘ng yuzlari oqarib ketdi.Birdan joyidan turgani uchun stulni deyarli ag‘darib ketay dedi,u sumkasini olib xonani tark etdi.Baland poshnadan chiqan tovush ishxona bo‘ylab eshtildi, qiz zinapoyalarda ham yugurib tushdi.
Qiz ko‘p qavatli uyning beshinchi qavatiga yetib kelganida, yuragi qinidan chiqib ketay deyotgandi. U chap tarafdagi tanish eshik qarshisida to‘xtab, chuqur nafas oldi. So‘ngra yuragidagi vahimani yengishga urinib, eshikni shiddat bilan ochdi.
Ochgan zahoti...qarshisidagi manzarani kòrib qotib qol..
Gilam ustida tiz cho‘kkancha yig‘layotgan xizmatchi ayol, uning tepasida turgan, qora kiyimdagi ikki begona odam. Qizning yuragi battar ura boshladi. Ammo eng dahshatlisi ochiq deraza oldida, orqasini unga o‘girgancha tik turgan erkak edi. U qo‘lida chaqaloqni ushlab, uni ohista-tekin tebratardi. Bola esa chirqillab yig‘lardi.
— Qizaloq anavinga qara, qara... jim bo‘l, jim deyman...| baland bòlmagan sokin ohangda gapirdi yigit.
Ochiq derazadan tashqariga sovuq shamol kirib, pardani hilpiratardi.Shu sababdan ham yigitning qiyofasi ko‘rinmasdi. Lekin uning ovozidagi titroq, butun xonani larzaga solayotgandi.
Yigit chaqaloqni shunday ushlab turardiki, bir qadam oldinga yuradigan bo‘lsang, derazadan pastga tashlab yuborman degandek...
Qizning nafasi bo‘g‘ilib, oyoq ustida zorga turardi. Ammo ichidagi dahshatni jilovlab olgan qiz bor ovozi bilan baqirdi..
Qiz shunday baqirgancha yigit tomon otilgan edi, biroq u yerga yetmasidan, qarshisiga ikkita qora kiyingan qoriqchi chiqib, yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Qiz g‘azab va vahima bilan o‘zini ularning orasidan o‘tkazmoqchi bo‘lib tipirchiladi, qarshisidagilarning qo‘llariga tirnoqlarini botirib, har tomonga òzini urdi, biroq hech ham buni uddasidan chiqa olmadi. Qoriqchilar uni mahkam ushlab, qolini orqaga qayirib, oq gilam ustiga tiz cho‘ktirishdi.
Shu on... deraza oldida turib chaqaloqni bag‘riga bosgan yigit asta orqasiga o‘girildi. Uni ko‘rgan qizning yuragi battar tezlashib ketti. Otirgan holatida, be ixtiyor og‘zidan so‘z otilib chiqdi..
Qiz jovdiragan ko‘zlari bilan unga tikildi. Og‘riq, hayrat va tushunmovchilik ko‘zlarida qorishib ketgandi.
Jungkook qo‘lidagi bolani asta belanchakka qo‘ydi. So‘ng mayda qadamlar bilan, sokin ohangda qizga yaqinlasha boshladi. Uning nigohi sovuq, yuzida esa biroz jilmayish bor edi. U qizning qarshisiga kelib to‘xtadi-da, bo‘yi teng bo‘lishi uchun cho‘kkaladi. Uzoq, jim nigohdan so‘ng, sekin pichirladi..
— Qanday ajoyib uchrashuv, shunday emasmi, Park Bora !
Bora yoniga cho‘kkalagancha, uning ko‘zlariga sovuq jilmayish bilan tikilib.
— qizing juda chiroyli. Xuddi onasidek.
Bora ko‘zlarini qisib, g‘azab va iztirob bilan unga koz tashladi. Ko‘ksida yuqori tezlikda urayotgan yuragi to‘xtab qoladigandek edi.
— Bu yerda nima qilyapsan. Bu mening uyim! Daf bo‘l bu yerdan!
Jungkook kulimsirab, o‘rnidan turdi.
— Mehmonni haydash odobdan emas | yengil ohangda.
— Menga odob bilan odobsizlikni kelib-kelib sendan òrganamanmi?
Bora yuzlari qizarib, titroq aralash gapirdi.
— Men sen bilan gaplashib olishim kerak..
— Nima haqida gaplashasan?! | nafrat bilan.
Jungkook ikki qo‘lini orqasiga qo‘yib gap boshladi.
— Yaxshilikcha... eriingni yo‘limdan olib tashla. Singlimning atrofida o‘ralmasin.
— Taehyung bilan allaqachon aloqani uzganmiz. U bilan men gaplashmayman ham, kerak bo‘lsa o‘zing gaplash!
— Men gaplashsam... nafaqat yo‘limdan olib tashlayman... balki bu dunyodan ham nonimni ochiraman.
Bora sovuq nigohlari bilan unga qarab, qat'iyat bilan javob qaytardi..
— Menga farqi yo‘q. Bilganingni qil!
Jungkook yelkasini qisdi, so‘ng orqasiga qarab deraza yonidagi belanchakka ko‘z tashladi. U yerda uyquda yotgan go‘dakni kuzatarkan, kinoyali ohangda dedi..
— Mayli. Qilaman. Lekin oldin bu... shirin chaqaloq haqida otasini bilishga haqqi bor deb o‘ylayman,shunday emasmi?har holda tanasida hech bir muammo yoq ekanni bilib sevinarmidi deymanda | kulib.
Bora tiz cho‘kkancha tizzalarini changallab, baqirdi.
Jungkook qahqaha otmadi. Faqat bosh chayqab kuldi.
— O‘zing o‘laman deb turibsanku, Bora | jiddiy ohangda. So‘ng asta eshik tomon yo‘l oldi. U yerga yetib borganida, bir zum to‘xtadi. Yelkasidan ortga o‘girilib, yana bir bor Bora tomonga qaradi.
— Yaxshilikcha aytganlarimni qilsang òzinga yaxshi bòladi..
Jk sozlarini yakunlagach eshikni ochib izsiz ĝoyib bòldi,qoriqchilar ham uning orqasidan birin-ketin chiqib ketti..
Bora esa gilam ustida tiz cho‘kkancha, jimjit xonada qoldi.
Jk kòchaga chiqqach, soatiga bir kòz tashladi.
Shu payt ichki cho‘ntagidagi telefon jiringladi . Jk telefonni chiqarib ekranga qaradi notanish raqam.
U bir lahza jim qoldi, so‘ng telefonga javob berdi..
— Janob Jeon Jungkook bilan gaplashyapmanmi?
— Singlingiz, Jeon Yuna, bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida universitetdagi darslarni muntazam qoldirib kelmoqda. Biz bu haqda bir necha bor ogohlantirish yuborganmiz. Endi esa universitetga shaxsan o‘zi kelib, tushuntirish berishi shart.
Jungkookning qoshlari chimirildi, bir necha soniya sukut saqladi. So‘ng chuqur nafas olib..
Jk qisqa va qat'iy ohangda javob qildi..
U telefonni o‘chirib, orqasiga qaradi. Ikki nafar qora kiyingan soqchi allaqachon uning ortida paydo bo‘lishgandi.
— Yunani olinglar, to‘g‘ri universitetiga olib boringlar. Uzoĝi bilan ikki soat u yerda bo‘lasizlar. Agar biror muammo chiqsa tezda menga xabar bering. Men boshqa muhim ishlar bilan shug‘ullanishim kerak.
Jungkook ortiga qayrilmay,mashinaga minib ketti..
Qoriqchilar Jungkookning buyrug‘ini bajarib, bir necha daqiqalardan so‘ng Yunaning oldida boriahdi. Ular sokin, ammo jiddiy ohangda vaziyatni tushuntirishdi.
— Sizni universitetga olib borishimiz kerak. Janob Jeonning topshirig‘i.
Yunaning ko‘zlarida vahima uchqunlari paydo bòldi..
— Yo‘q... men bormayman. Bu hazilmi?
Uning ovozida xavotir va ishonchsizlik bor edi.Yuna Taehyung bilan yuzma-yuz kelishni istamasdi.
Yana bir qo‘rquv esa : – agar u homiladorligimni bilib qolsa-chi?
Yuna bir necha soniya ichida o‘ylar girdobida cho‘kdi. Keyin yelkasini sekin tushirib, o‘zicha pichirladi.
—U meni ko‘rsa ham yaqinlasha olmaydi...
So‘ng o‘rnidan turdi. Jimgina kiyindi,òzini oynada ko‘zdan kechirib va ancha muddatdan beri bormay qòygan òish tomon yòl oldi..
Universitet hovlisi odatdagidek gavjum edi, biroq Yuna bu safar o‘zini butunlay begona his qilardi. U to‘g‘ri rektorning xonasiga yo‘l oldi, yuragi har qadamda qòrquv bilan urayotganini his etib.
Eshik tagiga yetgach, qoriqchilarga qarab..
Yuna eshik tutqichini sekin burdi, eshik ohista ochildi.U eshikni orqasidan asta yopdi, boshini ko‘tardi va muzlab qoldi.
Sababi rektor o‘rindig‘ida, ruchkani barmoqlari orasida aylantirgancha Taehyung òtirardi..
U xuddi avvalgidek sokin, ammo nimadandir boxabar insondek Yunaga ayyorona jilmaydi..
Xonani sukunat qoplagan edi. Taehyung ruchkani asta stolga qo‘ydi. Yuna esa eshik oldida jimgina turardi. Uning ko‘zlari yerga tikilgandi.
Taehyung kreslodan turdi, bir necha qadam oldinga yurdi. Yuna bilan orasidagi masofa hali saqlanib turgan bo‘lsa-da, ko‘zlari Yunanikiga qadaldi.
— shuncha vaqtdan beri, qayerda eding, Yuna?
Yuna ohista, deyarli eshitilmaydigan ovozda dedi..
—yolĝiz qolib, o‘zimga kelishim kerak edi.
Taehyung bir qadam yaqinroq keldi. Nigohi yanada qattiqroq Yunaga qadadi..
— Telefonlarimga nega javob bermading?
— Javob bera olmadim. Senga nima deyishni, qanday tushuntirishni bilmadim.
— Unda nega biror xabar ham qoldirmading? Biror gap... hatto “men tirikman” degan so‘zni ham eshitmadim sendan.
Yuna chuqur nafas oldi, lablari qaltiradi..
— Chunki, agar senga bitta so‘z yozganimda.Barcha qilganlarim,besamar ketardi. Men esa... bunga tayyor emasdim.
Taehyung yelkasini past soldi, biroz jim qoldi. So‘ng boshini sekin chayqadi..
— Nega yòq bòlib ketding o‘zi?
Yuna unga qaradi. Bu safar ko‘zlarida qat’iyat bor edi..
— Chunki bizning munosabatimiz endi davom etmasligi kerak edi.
Taehyung cho‘kdi, uning yuzida hayrat aralash og‘riq paydo bo‘ldi..
— Biz baxtli edik-ku... shuni o‘ylamadingmi?
— O‘yladim... har kuni. Lekin ba’zida baxtli bo‘lishni ozi kifoya qilmas ekan..
Taehyung qo‘llarini yoniga tushirdi. U endi biroz balandroq, titroq ovozda so‘radi..
— meni shunchaki hayotingdan o‘chirib tashladingmi?
Yuna indamay qoldi. So‘ng sekin dedi..
— Men sizni o‘chirganim yo‘q, Taehyung. Lekin endi birga bòlolmaymiz,umiz qilamanki meni tinch qoyasiz..
Taehyung qattiq yutindi. Uning har nafasida iztirob bor edi. U endi chiday olmadi..
— Seni sevganim yolg‘on edi demoqchimisan?
Yuna unga qarab turdi. Ko‘zida yosh to‘ldi. So‘ng boshini ohista chayqadi.
— Yolg‘on emasdi. Men seni chin dildan sevdim... ammo bu yetarli bo‘lmadi.
Taehyung bir lahza unga tikilib turdi.
— Yuna... sendan faqat bir narsa so‘rayman... men bilmaydigan nimadir boldimi?faqat javob ber..
Yuna Taehyungdan ko‘zlarini olib qochdi.
Ammo hozircha... bu savolga javob bermaslikni tanladi.
— Bo‘lishi mumkin.Lekin men buni aytishga majbur emasman !
Taehyung Yunaning so‘nggi so‘zlaridan keyin jim qoldi. So‘ng birdan, hech qanday ogohlantirishsiz, qizning qo‘lidan mahkam tutdi. Yuna beixtiyor bir qadam orqaga chekindi, lekin Taehyung uni to‘xtatmasdan eshikni ochdi va shiddat bilan yo‘lakka sudrab chiqdi.
— Taehyung, nima qilayapsan?! Qo‘yvor qo‘limni!
Yuna yo‘lakka chiqqach, atrofga alangladi. O‘sha ikkita qòriqcgi qani deb òyladi u,sababi qoriqchilar yòq.
— Qoriqchilar qani?.. qayerda ular?
Taehyung hissiz ohangda javob berdi.
Yuna og‘zini ochib unga tikildi. Ko‘zlari dahshatdan kattalashgandi.
Ammo u javob olishga ulgurmasdan, Taehyung uni yana binodan sudrab olib chiqdi , to‘g‘ri o‘zining mashinasiga bordi. Qizni qarshilik qilishiga qaramay, mashinaga tiqdi va eshikni qattiq yopdi. O‘zi ham rulga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdi.
Mashina katta tezlikda yura boshladi.Yuna mashina ichidagi jimlikni buzib turgan yagona shaxs edi..
— Meni qayerga olib ketayapsiz?! Aqldan ozdingmi?! To‘xtating mashinani! Qaytib boramiz, eshityapsizmi?!
Taehyung yòldan ko‘zini uzmasdan shunday dedi..
— Nega endi to‘xtatar ekanman? Bir oy davomida qayerda, qaysi g‘orda yurganingni menga sarhisobini berganingdan keyin, balki o‘ylab ko‘rarman. Lekin hozircha... yuborish haqida o‘ylama ham.
— Taehyung, to‘xtating! Qo‘rqayapman! Ortga qaytaring, iltimos...
Shu payt Yunaning sabri tugadi. Ichida to‘plangan qo‘rquv, alam, g‘azab birlashib ketdi. U bir qo‘li bilan rulga bor kuchi bilan urdi, ikkinchi qo‘li bilan gaz pedalini tortib olishga urindi.
Mashina birdan qattiq tormoz berdi,yòl chetida katta tezlik bilan toxtgan mashinadan tushgan Yuna orqa-oldiga qarmay qocha boshladi..
Reaksiya va comment kutaman,togrisi ikkovidan ham umuman konglim tolmayabdi,vir necha imtixonlarim bosyam yozyabman,lekin vaqt ahratib yozganimga arzimaydi deb oylab qoldim.