August 11, 2025

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 10

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop

Avtor:
Biz… qachon unutilamiz? Darrov emas. Avval suratlar qoladi. Xotiralar… odamlarning tilida sen haqingda hikoyalar yuradi. Ammo ular ham asta sekin kamayadi.

Kun kelib sening isming aytilmaydi. Suratlaring yo‘qoladi. Sen yashagan uydan iz ham qolmaydi. Qabring ustida yozilgan harf ham yemiriladi. Va hech kim seni izlamaydi. Shunchaki… yo‘q bo‘lasan. Xuddi oldin hech ham bo‘lmagandek.

Bu muqarrar! Qancha yashashimizdan qat’i nazar, qancha yaxshi ko‘rilishimizdan qat’i nazar oxirida biz unut bo‘lamiz.

Va eng dahshatlisi… buni to‘xtatib bo‘lmaydi.

Shuning uchun, balki… yashash degani iz qoldirish emasdir. Yashash hozirgi lahzada nafas olishdir. Chunki yarim asrdan so‘ng… bu nafasni eslaydigan hech kim qolmaydi.

*

Garajning temir eshiklari yopilarkan ichkqri dunyo tashqaridagi olamdan butkul uzildi.Shiftdan osilgan bitta chiroq xira nur sochardi..

Og‘ziga mato tiqilgan, ko‘zlari bog‘langan erkak na ko‘ra oladi, na bir voqealani anglaydi. Yuragi qafasda har tarafga òzini uryotgan qushdek tipirchilardi.

Bir zumda temir eshik ochilib, og‘ir qadam tovushlari yangradi.

Jungkook oldinga yurdi, boĝlab qo‘yilgan erkak atrofidagi odamlar chetga chiqib unga yòl ochishdi.

—Bilasanmi?kutish azoblarning boshlanishidan ham oĝriqliroq...

Jungkook asta engashib, erkakning qulog‘iga pichirladi.

Garashda pjchoqlarning bir biriga urilib charxlangandagi yoqimsiz ovozi eshtilarkan erkak qorquv aralash qaltiray boshladi. Jungkook pichoqni ko‘tarib, odamning yelkasiga engil tegizdi.

—sen hech òtmas pichoq bilan sòyish degan gapni eshitganmisan?

Erkak tezda yoq degandek bosh chayqadi.

—Bu yomon,kel men buni sening tanangda kòrsatib beraman.Òtkir tiĝ tezda odamni òldiradi biroq òtmas pichoqda terini shilsang,qiynayotgan odamning kòzlaridagi òlim shulasi korish munkin.

Jungkook birdan erkakning ko‘zidagi bog‘ichini tortib oldi. Yorug‘likdan ko‘zi qisilgan yigit Jungkookning sovuq nigohiga duch keldi. Bu nigohda rahm yo‘q, insoniylik yo‘q faqat intiqom va qasos yonardi unda.

— Bilasanmi bugun sen qòl kòtargan ayol,men uchun qanchalik qadrli?bilmaysan !

Jungkook pichoqni qarshidagi odamning yelka ustidan, yuritib yuragiga qorqub soldi.Jungkookning odamlari erkaning ustidagi kòylakni yechib olisharkan Jk uning terisini ozroq tortib otmas pichoqni unga ishqaladi.Boshida kesilishi qiyin boldi biroq keyinchalik teri shekinlik bilan shilina boshladi.Erkak esa òzining terisini qanday shilinyotganni kòrib oĝriqdan dodlar biroq oĝzidagi latta sababli ovozi kuchli eshtilmasdi.Jungkook erkakning yelkasidagi terisining bir parchasini shilib olarkan uni shunchaki erkakning kòz òngida yerga uloqtirdi.

Jungkook ortiga ogrilarkan bu jarayonni kuzatib turgan odamlarini korib ulardan birini qarshisiga chorladi.Yordamcgisi Jungkookning qarshisiga kelarkan Jungkook sokinlik bilan erkaning yana bir parcha terisini shilib yerga uloqtirdi va pichoqni yordamchisga berib davom et degandek qosh uchirdi.

Yordamcgi biroz qorquv arlash Jungkoolga tikildi sòngra chuqur yutinib erkakning yonidan joy oldi va sekinlik bilan Jungkook boshlagan ishni yakunlay boshladi...

Qoriqchi erkakning terisini shilib bòlaklarni yerga uloqtirarkan Jungkook buni sokinlik bilan kersloga suyangancha kuzatardi.

Bazmlar zalining oppoq pardalari ostidan tushayotgan yorug‘lik Hari yuzini yanada sokin va beg‘ubor ko‘rsatardi. Libosining mayin shifoni har bir nafas olganda ozgina qimirlar, bilaklaridagi marvaridlar mayin jaranglardi. Shu on orqasidan kelib ko‘zlarini berkitgan iliq kaftlar uni yuzlariga kulgu olishiga sabab boldi.

— Jimin...

— Qanday bilib qolding, a? — qiziqish bilan.

— Men seni juda yaxshi bilaman... balkim shuning uchundir.

Jimin asta qo‘llarini olib, uning yonidagi divan chetiga cho‘kdi. Ularning nigohlari bir lahza tutashganda, atrofdagi shovqin butunlsy yoqolgandek tuyildi.

— Juda go‘zalsan...

— Shunday deb o‘ylaysanmi?

— O‘ylamayman... aniq bilaman.

Hari yelkasini ozgina silkib qo‘ydi.

— Aslida, nikohdan oldin kuyov va kelin ko‘rishishi yaxshilikka emas.

— Men bunday gaplarga ishonmayman, sevgilim.

Hari nigohini boshqa tomonga burdi.

— Jimin, Yoongi keldimi?

Jimin qoshlarini chimirdi.

— Kim?

— Min Yoongi.

— Mafia nega bizning to‘yimizga kelishi kerak?

— Jimin, u bu yerga mafia sifatida kelmaydi.

— Unda kim sifatida kelarkan?

— Senga aytgan sobiq sevgilim sifatida?

Jiminning yuzi tezda tuntlashdi..

— Ha... lekin bu o‘sha Min Yoongi deya ko‘rma!

— lekin chindan ham bu osha Min Yoongi..

— Jin ursin, qanday qilib u bilan sevishgansan? Aqling joyidami?

— Jimin, aytganimdek, bunga juda ko‘p bo‘lgan. Biz ajralganmiz.

— Biroq qanday u bilan sevishib qolgansan? Men buni umuman tasavvur qilolmayapman.

Hari chuqur nafas olib, jilmayib gap boshladi.

— Bu sen bizga boshliq bo‘lib kelishingdan oldin sodir bo‘lgandi. O‘sha paytlar Hanlar Seulning katta qimorxonalarini boshqarardi, Yoongi esa Hejinning otasi qo‘lida ishlardi. Hejinning otasi undan xavfsirab, uni yo‘q qilishga qaror qildi va qilmagan jinoyatlarini bòyniga yukladi. Bu mening tergovchi sifatida ilk ishim edi va men uni bu ishdan olib chiqdim. O‘sha paytlar u hozirgidek sovuqqon emasdi. Ishonmassan, lekin sizlar bir-biringizga o‘xshaysiz. Farqi shundaki, u hissiyotlarini sendan yaxshiroq yashiradi.

— Hari, bir necha soatdan keyin to‘yimiz bo‘ladi, sen esa sobiq sevgilingni menga maqtayapsanmi?

— Uzr, lekin sen so‘rading, men aytdim. — yengil tabassum qildi.

— Aqldan ozish hech gap emas... Nega ajrashdingiz, u shunchalik yaxshi bo‘lsa?

— Ishonchsizlik bo‘lgan joyda sevgi dars ketadi.

— Bu bilan nima demoqchisan?

— Uning xotinboz ukasi bilan ortamizda mojaro kelib chiqdi va u meni emas ukasining sozlariga ishonishni afzal bildi...

— yana qanday muammo?

— tajjavuz..

— Nima?

— Ha, uning ukasi ruhiy nosoĝlom...

— u senga tajjavuz qilganmi?

— Haligiii...

Hari Jiminga javob qolish uchun ogiz juftlarkan telefonining ovozi ularninh suhbatini bo‘lib yubordi.

Jimin nigohi Hari qo‘lidagi titrayotgan telefonga qadaldi.

— Kim bu?

— Opam...men ular bilan subatlashib tezda qaytaman.Siz mehmonlarni kutib oling bular haqida keyin ham bafurja suhbatlashismiz munkin...

Hari Jiminning yuzida yengil òpich qoldirib xonani tark etdi..

Jimingina uning orqasidan qarab qoldi.

Hari orqa eshikdan kòchaga chiqarkan, sovuq shamol yuziga urildi. Telefon hanuz tinmay jiringlardi. Hari chuqur nafas olib, ekranga qaradi va javob tugmasini bosdi.

— Jeon? - past ovozda.

— Oxx, mening mitti farishtam... ahvollaring qanday?

— Nega telefon qilyapsan? — g‘azab aralash...

— Aslini olganda, sen bilan gaplashib olish uchun to‘yingga kelgandim, lekin ichkariga qo‘yishmadi. Biroq men seni tomda kutyapman, azizam. Oldimga chiqasanmi? Yoki o‘zim pastga tushib, qadrli eringning peshonasidan “darcha ochaymi”?

Harining qo‘llari beixtiyor siqildi.

— Senga nima kerak?

— Chiqsang, bilib olasan... Senga besh daqiqa vaqt. Tezroq shoshil vaqt ketti: Tiq-taq, tiq-taq...

Aloqa uzilarkan Hari qo‘lidagi telefon bilan qotib qoldi.

Qarama-qarshi vaqtlar...

Hejinning titragan barmoqlari orasida ikkita homiladorlik testiga tikilgancha turardi.Hejin ularni ishlatish yoki biroz kutish haqida ikkilanib qoldi. Nihoyat, o‘zini majburlab, xojatxonaga kirdi.

Kiyimlaridan xalos bo‘lib, stol ustiga test uchun kerakli hamma narsani joylashtirdi. Har ikkisini ham ishlatib, unitazga o‘tirgancha qòllarini qovushtirdi. Xona ichida soat yo‘q edi, ammo kutish daqiqalari unga abadiyday tuyuldi.

Vaqt nihoyat tugadi. Hejin yuragi shiddat bilan urarkan, bir kafti bilan ko‘zlarini berkitib, testlarga yaqinlashdi. Bir necha marta chuqur nafas olib, kaftini asta tortdi. Ikkala testda ham ikki chiziq ko‘rinardi, biroq bittasidagi ikkinchi chiziq juda xira edi. Bu ko‘rinish uning yuragini g‘ash qildi.

Hejin xonadan chiqib, sumkasini ochdi va ichidan yana bir test oldi. Qaytib xojatxonaga kirdi. Nafasini ichiga yutgancha, yana kutish azobini boshidan o‘tkazdi. Yana hammasi oldingidek, ko‘zlarini berkitib, testga yaqinlashdi va ko‘zlarini ochdi.

Bu gal testdagi ikkala chiziq ham tiniq, ravshan edi. Hejinning lablariga beixtiyor yengil tabassum paydo bòldi.

U asta qo‘lini qoriniga qo‘ydi, xuddi ichkaridagi yangi hayotni his qilgandek, deraza tomon qarab, quvonchini hech kimga aytmasdan, faqat o‘zi bilan baham ko‘rgancha xojatxonani tark etdi.

*

Tomning sovuq metall qoplamasi ostida shamol shitirlab o‘tardi. Hari sekin qadam bosib chiqdi va ko‘zi tom chetida, oyoqlarini osiltirib, qo‘lida sigaret ushlab o‘tirgan Jungkookka tushdi.

Sigaret uchidagi olov shamolda miltillab, uning yuzidagi sovuq ifodani yanada vahimali ko‘rsatardi.

— Jeon Jungkook? Bu yerga qanday shamollar uchirdi?

Hari, ovozini iloji boricha beparvo qilishga uringancha.

— Sizning shamolingiz, xonimcha... — sovuq kinoya bilan.

Hari yengil kulimsiradi.

— Yo xudoyim, meni ko‘rishga boshqa kuni kelsang ham bo‘lardi.

— Aslini olganda, seni ko‘rishga ancha oldin borgan edim, biroq yolda ozgina muammolar sabab boshlagan ishim chala qoldi.

— Qanday ish ekan?

— Qanday ish degin? — Jungkook kuldi.

Jungkook binoning quyi qavatiga bir lahza qarab qo‘ydi, so‘ng asta orqasiga o‘girildi va Hariga to‘pponcha o‘qtaldi.

— Hoy, hoy! Nimalar qilyapsan, Jungkook?! Nima, aqldan ozdingmi?!

Harining ovozi bir lahzada titrab ketdi.

— Uzr, lekin shunday qilishga majburman. Seni o‘ldirsamgina yaqinlarim tirik qoladi...

"Yo‘q... bu bo‘lishi mumkin emas? Nega endi? Endigina hayotim izga tushgandek edi... Endigina baxt degan narsani his qila boshlagandim... Nega meni bunday telbalar azoblaydi?” – Harining yuragini siqib, ko‘zlariga yosh keltirdi.

— Jungkook, iltimos... faqat bugun emas, o‘tinib so‘rayman! — titrab.

Hari asta orqaga chekindi,òzi sezmagan holatda tom chetidagi sovuq to‘siqqa borib urilib oyoqlari 1altirab ketti.

— Barchasi uchun uzr so‘rayman...

— Bugun emas! Yaxshisi ertaga... vada beraman, o‘zim sening oldingga boraman. Yoki kel yaxshisi o‘zimni-o‘zim o‘ldiraman, senga muammo tug‘dirmayman,chin sòzim. Lekin bugun emas. Bugun òlolmayman. Axir hech kim bilan hayrlashmadim... Yaqinlarimga ularni yaxshi ko‘rishimni aytolmadim...

Jungkook bir lahza sukutda qoldi. Chuqur nafas olib, Harining yoshga to‘lib-toshgan ko‘zlariga tikildi.

— Ertaga, soat yigirma uchda... — past ovozda.

Ammo so‘zini tugatishga ulgurmay, yon tomondan chaqmoqdek uchib o‘tgan o‘q Harining ko‘ksida portladi. Qaynoq qon oq libosiga yoyilar ekan, Harining oyoqlari bo‘shashib, atrofdagi hamma narsa xira tus ola boshladi.

Mashina oynasidan oqib o‘tayotgan shahar manzarasiga kòz tashlagan Yoongi qòllari yordamida rulni mahkam siqqancha xotiralar oĝushiga yòl oldi.

Flashback:

Tonggi yorug‘lik xonani to‘ldirib, bir-biriga yopishib yotgan tanalarini sekin isitdi. Hari yostiqqa yuzini kòmib yotarkan Yoongi mayin harakatlar bilan uning sochlarini yengil siladi..

Sòngra sekin pichirladi...

— Seni yana xohlayapman…

Hari yostiqdan boshini ko‘tarmay, kulimsiradi.

— Shunchasi yetmaydimi, janob jinoyatchi?

— yetmadi, detektiv xonim yetmadi ! — kulgu aralash.

Comeback:

Mashina burilishdan o‘tarkan, Yoongi shu lahzani eslab yuziga beixtiyor yengil tabassum oldi.

Yoongi rulda o‘tirarkan, ko‘zlari yo‘ldan uzilmaas, ammo fikri allaqachon boshqa joyda edi.

"Oxirgi bora Haridan so‘rasam, nima bo‘ladi?"

— Shunchaki “men bilan ket” desam, hammasini tashlab chiqadimi?

Bir lahzalik umid Yoongining ko‘ngliga kirib keldi, lekin shu zahoti u sarob singari ĝoyib boldi.

— Sen qanday xudbinsan Min Yoongi? Uni na o‘zing baxtli qilding, na boshqasi baxtli qilishiga yo‘l berayapsan…

Bu o‘ylar bir zumda tarqaldi. Mashina burilishidan òtkanidan keyin to‘y marosimi bo‘layotgan joyning oq ustunlari ko‘rindi..

Kirish darvozasi oldida mashinani to‘xtatgan Yoongi vazmin harakatlar bilan mashindan tushib yoniga kelgan yordamchiga kalitni uzatdi ,cho‘ntagiga bir necha won tiqib, yelkasiga yengil urdi.

— Chekkaroqqa olib qo‘y.

Yoongi kirish sari yòl oldi. Ammo shu payt òq ovozi borliqni tòldirdi,Yoongining ortda keskin signal ovozi yangradi. Uning mashinasining xavfsizlik tizimi tinmay chiyilab yoqimsiz ovoz chiqaryotgandi.Biroq Yoongi bunga unchalik ham etibor bermay yòlida davom etdi. Sòngra orqasidan kimningdir vahima aralash baqirgan ovozi eshitildi..

— Bu… bu kelin emasmi?!

Yoongi yuragi bir zarbada to‘xtagandek bo‘ldi. Qon bosimi oshib, hushi boshidan uchib ortiga burildi.

Yoongi sekin orqasiga burildi. Boshida u Harini mashina urib yubordi deb òylagandi, ammo ko‘zlari ko‘rgan manzara uning ichini bir lahzada bo‘shatib yubordi.

Oq libos yirtilgan, sochlari qonga chayilgan holda Hari uning mashinasining kapotida yotardi. Yiqilish shunchalik kuchli ediki, metallning qarsillab ichga kirgan joylari hamon titrayotgandek tuyulardi.

Qizning bosh chanog‘i orqa tomondan yorilgan, qizil qon, kapot bo‘ylab ilondek sirg‘alib,old oynadan pastga tomchilardi. Har bir tomchi asfaltga urilganda mayin ovoz chiqarar, bu tovush Yoongining qulog‘idaga òrnashardi.

Eng dahshatlisi esa Harining ochiq qolgan ko‘zlari. Ularning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yoongiga qadalgandi.

Yoongi ichidan butunlay quladi. Yuragi muzlab, ichida nimadir uzilgandek bo‘ldi. Nafasi qisildi, ammo tashqi tomondan u biron ifoda sezdirmadi.

U sekin bir-ikki qadam oldinga yurib, mashinaga yaqinlashdi. Qon hidi burniga urildi, ammo u hanuz toshdek qotganicha Harining jonsiz tanasiga qarab turdi. Atrofda odamlar vahimaga tushgan, kimdir baqirayotgan, kimdir telefon orqali yordam chaqirayotgan edi.

Yoongi esa ichida qaynayotgan, uni bo‘g‘ayotgan ayblov, alam va dahshatni faqat o‘zi eshitardi. U nigohini Harining ko‘zlaridan uzolmadi.

Shu on, uning uchun hammasi tugagandek edi.

*

To'yxonaning yorqin chiroqlari ostida Jimin mehmonlarni muloyim, ammo tartibli jilmayish bilan kuzatar, har bir keluvchini samimiylik bn qarshi olardi. Uning ko‘zlari bir necha daqiqada zal bo‘ylab kezib, nimanidir izlayotgandek bo‘ldi. Yon tomondagi xizmatchiga ko‘zi tushgach, unga bosh irg‘ab, yengilgina ishora qildi..

— Biror nima kerakmi, janob? — past ovozda so‘radi.

— Hari ko‘rinmayapti… tezda uni top. Birozdan keyin minbarga chiqishimiz kerak !

— Hop, janob… — yordamchi zaldan chiqishga shoshildi.

Shu payt, mehmonlardan biri baland ovozda baqirdi..

— Kelin! Kelinni otishdi...

Zal bir zumda jimib qoldi. Jimin avval eshitganlariga ishonmadi, xuddi qulog‘i xira eshitgandek bo‘ldi. Tomog‘idan faqatgina bir so‘z, bazor eshtildi.

— Yaratgan Egam…

Uning ko‘zlari shu zahotiyoq qizarib, yoshlar qalqib chiqdi. Nafasini chuqur olishga ham ulgurmay, kirish tomon yugurdi. Mehmonlarni itarib, to‘polon orasidan yo‘l ochishga urinarkan, ichida faqat bitta o‘y yashin edi.

"Yo‘q, bu rost bo‘lishi mumkin emas !"

Tashqariga chiqqan zahoti ko‘cha chetida to‘planib turgan olomon orasidan ko‘zlari yordamida Harini axtardi va Harining mashina kapotida chalqancha yotgan jonsiz jasadini topdi. Oq libosi qonga belangan, boshining orqa qismi ochilib, undan asta oqayotgan qon metall ustida to‘planib kòlmankcha hosil qilgandi. Qonga belangan soch tolalari yuziga yopishgan, lablari ozroq ochiq, nigohlari esa abadiy so‘ngan.

Jimin bir zum toshday qotib qoldi. Keyin birdan yuragi qafasidan chiqib ketgudek urib, o‘zini Hari tomon urdi..

— Yo‘q… yo‘q… Hari! — ovozi titrab.

U oldinga intilib, olomon orasidan tirishib o‘tar, odamlarning qo‘llari, yelkalari uni orqaga qaytarishga urinardi.

Jimin esa bularning barini ko‘rmayotgandek, itarib, siltab, o‘ziga yo‘l ochishga harakat qilar, yuzidan tinimsiz oqayotgan yoshlari yonoqlarini kuydirardi.

— Qochinglar! Menga uni ko‘rishim kerak! — bo‘g‘ilib qichqirdi.

Har bir to‘siq, har bir daqiqa unga azob bo‘lib tuyular, qo‘llarini chòzib faqatgina Harining sovuq qo‘llarini ushlashni istardi.

Yuragi esa qattiq siqilib, nafaslari uzilib-uzilib chiqardi. Nihoyat Harining oldiga yarim qadam qolgan on u muozanatni yòqotib yiqilib tushay dedi, ammo o‘zini yana òngladi..

Bu qism hali tugamagan yozgan joyimgacha tashadim...