April 21

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 11

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop

Shifokor berilgan sanani hisoblab, sekin boshini ko‘tardi va nigohini Janob Jeonga qaratdi.

— Homila taxminan yetti haftalik… biroq yurak urishi hali sezilmayapti.

Janob Jeonning qoshlari darhol chimirildi. Uning nigohi xonadagi havoni yanada og‘irlashtirdi.

— Bu bilan nima demoqchi bo‘lyapsiz?

Shifokor ehtiyotkorlik bilan gap boshladi.

— Hech narsa demoqchi emasman, janob… shunchaki yetti haftalik homilada yurak urishi sezilmasligi jiddiy muammo hisoblanadi…

Bu so‘zlar Hejinning quloqlarida jaranglab, yuragiga og‘ir zarba bo‘lib urildi. U yotgan joyida qimirlamay qoldi. Ich-ichidan yuragi siqilib borardi.

Chunki u haqiqatni bilardi.
Bu homila hali yurak urishi eshitiladigan darajada katta emasdi.

Lekin… u bu haqiqatni ayta olmasdi.

Bir og‘iz gap — va hammasi tugaydi.

Jungkook bilan tuzilgan rejalar, yashirin haqiqatlar, saqlab qolishga urinayotgan sirlar bari bir zumda chilparchin bo‘lishi mumkin edi.

Hejin lablarini mahkam tishladi. Ko‘zlari yumilib, ichida bo‘g‘ilib kelayotgan vahimani zo‘rg‘a bosib turardi. U jim turishga majbur edi.
Chunki jimlik hozir uning yagona qalqoni.

Uch-to‘rt kundan keyin qayta tekshiruv o‘tkazamiz. Balki hali erta bo‘lishi mumkin… Agar o‘sha paytda yurak urishi eshitilsa, hammasi joyiga tushadi.

Xonada yana jimlik cho‘kdi.
Bu jimlik oddiy sukut emasdi, unda vahima, shubha va aytilmagan haqiqatlar bor edi.

Janob Jeon sabr bilan yana so‘radi.

— Xo‘sh… agar eshitilmasa-chi?

Shifokor chuqur nafas oldi. Bu savoldan qochib bo‘lmasligini u ham tushunib turardi. Ovozi pastlashdi, ammo har bir so‘z aniq va keskin chiqdi.

— Agar shunday bo‘lsa… demak, homila rivojlanishdan to‘xtagan bo‘ladi…

U bir zum to‘xtadi.
Go‘yo keyingi gapni aytishdan o‘zi ham qochayotgandek.
Lekin baribir davom etdi.

— …va biz bunday hollarda homilani olib tashlashga majbur bo‘lamiz.

Shifokor so‘zlarini tugatar ekan, apparatni sekinlik bilan Hejinning qornidan oldi va yonidagi stol ustidan bir parcha qog‘oz uzatdi.

Hejin qaltiragan qo‘llari bilan qog‘ozni olib, tekshiruvdan oldin qorniga surtilgan sovuq gelni asta artdi. Har bir harakati og‘ir, go‘yo tanasi emas, yuragi charchagandek edi. Ko‘zlaridagi yosh, kipriklaridan sirg‘alib tushdi.

Yon tomonda esa Janob Jeon asabiy harakat bilan qo‘lini sochlari orasidan o‘tkazib, ularni ortga taradi. Uning sabri tugayotganini har bir harakatidan sezish mumkin edi. U keskin burilib, Hejinga qaradi.

— Jungkookni chaqir. U seni uyga olib ketsin. Mening zarur ishim bor… Bir necha kundan keyin yana tekshiruvga kelamiz. Eringa ayt.

U bu so‘zlarni sovuq ohangda, tishlarini g‘ichirlatgancha aytdi-da, ortiga ham qaramay xonani tark etdi.

Eshik yopilishi bilan xona yana og‘ir sukunatga cho‘mdi.

Hejin sekin o‘rnidan turib, shifokor xonasidan chiqdi. Ammo hali ham quloqlarida o‘sha gaplar jaranglab turardi. Har bir so‘z yuragiga qayta-qayta urilayotgandek…

U bir lahzaga to‘xtadi.

Shu on u o‘zining qanchalik tor burchakka siqilib qolganini his qildi.

Nafasi qisildi.

Qo‘li beixtiyor qorniga bordi. Barmoqlari asta qornini siqarkan, lablari titrab ochildi.

— Seni ham yo‘qotishni hohlamayman…

Bu so‘zlar uning yuragini, eng chuqur joyidan chiqdi.
Ko‘z yoshlar endi to‘xtamasdi.
Hejin sekin yurib, yonidagi o‘rindiqqa borishga urindi. Ammo birdan bosh aylanib , atrof xira tortdi.

Va keyingi soniyada u marmar pol ustida tiz cho‘kkanini anglay olmadi.

Uzun, yoyilib ketgan sochlari yuziga tushib, ko‘z yoshlari bilan namlangan terisiga yopishib qoldi.

Hejin qornini mahkam changallagancha, jim yig‘lardi. Ko‘z yoshlar to‘xtovsiz oqib, marmar polga tomchilab tushar, bu sovuq joyda uning iztiroblari aks-sado berayotgandek edi.

Yolak bo‘ylab asta-sekin yangrayotgan qadam tovushlari bu sukutni buzdi.

Avval uzoqdan… keyin yaqinroq… yana yaqinroq…

Oradan ko‘p o‘tmay, kimdir uning yoniga shoshilib kelib, tizzalab o‘tirdi.

Hejin buni sezdi, keyin asta boshini ko‘tardi.

Ko‘zlari yoshdan xiralashgan, nafaslari notekis edi.

Nigohi qarshisidagi yuzga tushdi.
Tanish… juda tanish…

— Jungkook…

Uning ovozi deyarli eshitilmas darajada past edi.

Jungkook Hejinning yoniga cho‘kkalab, uni ehtiyotkorlik bilan bag‘riga tortdi. Uning qo‘llari qizning titrayotgan yelkalarini mahkam ushlagancha soʻz booshladi.

— Uzr… meni kechiring, Hejin… sizga nima bo‘ldi? Otam sizga zarar yetkazdimi?

Hejin uning ko‘ksiga bosh qo‘ygancha, kuchsizgina boshini “yo‘q” degandek qimirlatdi. Ammo ko‘z yoshlari tinmasdi. Nafasi bo‘g‘ilib, so‘zlar tomog‘ida tugun bo‘lib qolayotgandek tuyilardi.

— Unda nima?.. Nega bu ahvoldasiz?..

Hejin nihoyat zo‘rg‘a gapirdi.

Ovozida vahima, ojizlik va og‘riq bor edi.

— Uning… yuragi urmayapti…

Jungkook bir zum qotib qoldi. U eshitgan gapni darhol anglay olmadi. Qoshlarini chimirib, yana so‘radi.

— Nima haqida gapiryapsiz, Hejin?
Hejin boshini ko‘tarmadi.

— Axir u hali juda kichik… yuragi urishiga hali ancha bor… biroq… biroq ular… uni olib tashlashadi, Jungkook… Uni ham o‘ldirishadi…

Jungkook hali ham to‘liq tushunmadi, ammo ichida nimadir yomon narsani sezib, yana savol berdi.

— Kimni o‘ldirishadi? Aniqroq gapiring…

Hejin lablarini ochdi… lekin tovush chiqmadi.

Tomog‘iga nimadir tiqilgandek, nafasi qisilib qoldi.

U gapira olmasligini anglagach, asta Jungkookning qo‘lini ushladi.
Va uni sekin o‘z qorin boʻshligʻi tomon olib bordi.

Jungkook avvaliga hech narsani anglamay, hayrat bilan unga tikildi. Ammo bir soniya… yana bir soniya…
Va hammasi birdaniga tushundi.
Nigohi keskin o‘zgardi.

— …Bolami?

Janob Jeon shifoxona eshigidan chiqarkan, qadamlarida ham, nigohida ham bosib bo‘lmas g‘azab bor edi. Qoshlarini chimirgancha mashinaga o‘tirdi.Eshikni qattiq yopdi.

Qo‘li musht bo‘lib siqildi.Tomirlari bo‘rtib chiqdi.Shu payt telefon jiringladi.

Ekrandagi noma’lum, maxfiy qo‘ng‘iroq uning sabrini yana bir bor sinadi. U bir soniya jim qoldi, so‘ng keskin harakat bilan telefonni qulog‘iga olib bordi.

— Nima kerak senga, itvachcha?..

Ovozidan gʻazab ufurib turardi.
Narigi tomondan esa xotirjam, hatto biroz masxarali ohang yangradi.

— Xo‘sh?.. Ahvollaring yaxshimi?

Janob Jeonning jag‘lari qattiq qisildi.

— Sening iflos ovozingni eshitmasam bundan ancha yaxshi bo‘lardi…

Qisqa jimlik.
So‘ng o‘sha odam kulimsiragandek gapirdi.

— Axx… meni hafa qilyapsan… Senga haqiqatlarni ochganim uchun rahmatingmi bu?

— Rahmat?.. — Janob Jeon achchiq kulib yubordi. Kulgimni qistatma… Senga nima uchun rahmat aytishim kerak, lanati?.. Menga to‘qigan yolg‘onlaring uchunmi?!

— Yana qanaqa yolg‘on haqida gapiryapsan?..

Bu safar Janob Jeonning ko‘zlarida g‘azab bilan birga g‘alati ishonch chaqnadi.

— Sening barcha so‘zlaring noto‘g‘ri ekan… O‘g‘lim Namjoonning farzandi hali ham tirik… va o‘sib kelmoqda! Bunga hozir shaxsan amin bo‘ldim.

Telefonning narigi tomonida bir zumlik sukut cho‘kdi.
So‘ng keskin ovoz yangradi.

— Nima?.. Bu qanday hazil bo‘ldi?

— Bu hazil emas! — Janob Jeon deyarli o‘kirib yubordi. Bu ayni haqiqat! Shifokor ham buni tasdiqladi!

Narigi tomondan esa past, ammo sovuq kulgi eshitildi.

— Qariya… senga o‘sha aqli past doktoring nima deganini bilmayman-u… biroq men aniq bilaman, keliningning farzandi allaqachon otasining yoniga ravona bo‘lgan…

Bu gap havoni tilib o‘tdi.
Janob Jeonning ko‘zlari qon talash boʻlib ketdi.

— Voy sen lanatiyeeeee…!

Shifoxona yo‘lagida joylashgan eshiklardan biri sekin ochildi. Qo‘lida bir nechta hujjatni mahkam ushlagancha tashqariga chiqqan Yuri ortidan yopilgan eshikning ovozidan seskanib ketdi. U beixtiyor ortiga o‘girildi… lekin hech narsa demadi. Faqat chuqur nafas olib, o‘zini tutishga harakat qildi.

So‘ng sokin, ammo biroz og‘ir qadamlar bilan yo‘lak bo‘ylab yurishda davom etdi.

Liftga yaqinlasharkan, devorga ilingan bo‘limlar jadvali ko‘ziga tushdi. Unda qaysi qavatda qanday bo‘lim joylashgani yozilgan edi. Yuri beparvo nigoh bilan yozuvlarga ko‘z yugurtirdi, ammo miyasi ularni qabul qilmadi. U shunchaki qarayotgandi, xolos.
Lift eshigi ochildi.
Yuri ichkariga qadam qo‘ydi.
Ortidan kelgan hamshiralar tugmani bosishdi. Lift eshigi yopildi va asta pastga tusha boshladi. Ammo bu harakatlar, bu tovushlar barchasi Yuri uchun go‘yo uzoqdan eshitilayotgandek edi.

U uchub hech narsaning ahamiyati yo‘q qolmagandek edi goʻyo.

Lift bir qavatda to‘xtadi.
Hamshiralar tushib ketishdi. Yuri ham ularga ergashdi. Qo‘lidagi sumkani sekin sudrab, yo‘lak bo‘ylab yurishda davom etdi. U yon-atrofga qaramasdi. Qayerda ekanini, qayerga ketayotganini ham o‘ylamasdi.

Yo‘lakdan chapga burildi.
Shu on nigohi yo‘lak oxiriga tushdi.

U yerda… marmar pol ustida tiz cho‘kkancha yig‘layotgan qiz ko‘rindi.

Yuri bir lahza to‘xtadi.

Ammo aynan shu payt,
kimdir uning yelkasidan qattiq turtib o‘tib ketdi.

— Ah!

Kutilmagan zarbadan Yuri muvozanatini yo‘qotdi va qanday qilib tizzalab qolganini ham anglay olmadi. Sochlari yuziga to‘kilib tushib, nigohini to‘sdi.

U og‘riqdan ko‘zlarini qisib, nafasini rostlashga urindi.
Lekin uni turtib o‘tgan odam… hatto to‘xtamadi ham.
Yuri asta boshini ko‘tardi.
Sochlarini bir chetga surib, oldinga qaradi.

Va o‘sha insonning qiyofasini ko‘rdi.

Tanish…

Juda tanish…Ko‘zlari katta ochildi.

— Jungkook?..

Yuri sevgan insonining qanday qilib uni beparvo itarib o‘tib, bir zum ham to‘xtamay xotiniga tomon yugurganini ko‘rarkan, ko‘zlaridagi yoshni ortiq ushlab turolmadi.

Bir lahzada marmar pol ustiga issiq tomchilar tushdi.
U jim turib qoldi.

Qarshisida Jungkook… uning bag‘rida esa Hejin.
Bu manzara ko‘zlariga mixlanib qolgandek edi.

Yuri qo‘lidagi hujjatlarni beixtiyor qattiq siqdi. Qog‘ozlar barmoqlari orasida ezilib, g‘ijimlandi. Nafasi og‘irlashdi.

So‘ng hech narsa demay, sekin o‘rnidan turdi.

Nigohini ulardan uzmagan holda bir qadam tashladi… keyin yana bir...

Va oxiri ortiga o‘girilib, shifoxonani tark etdi.

Orqasida esa hali ham kimningdir yig‘isi yangrayotgandek edi.

Uch kundan so‘ng…

Yotoqda boshini ko‘tarmay yotgan Hejin eshikning sekin ochilgan ovozidan seskanib ketdi. Yuragi beixtiyor tez urdi.

— Kim u…?

Orqasidan eshitilgan ovoz uni darhol tinchlantirdi.

— Bu men, Hejin…

— Nega keldingiz?

Jungkook bir lahza jim qoldi.

— Ahvolingni bilmoqchi edim…

— Yaxshiman. Ketishingiz mumkin.

Sovuq, qisqa va keskin.
Bu javob Jungkookni to‘xtatib qo‘ydi. U rafiqasining ortidan bir muddat tikilib turdi. Go‘yo nimadir demoqchi edi… lekin so‘z topa olmadi.

So‘ng sekin burilib, xonani tark etdi.

Eshik yopildi.

Shu zahoti Hejin birdan o‘rnidan qimirladi. Qo‘llari darhol qorniga bordi. U chuqur, titroq nafas oldi.

— Hayriyat… bugun emas… bugun emas…

Bu so‘zlar pichirlab eshtildi.

Ammo unda qo‘rquv ham, iltijo ham bor edi.

Qarama-qarshi vaqtlar…

Shaharning eng shovqinli tungi klublaridan birida, yorqin chiroqlar ostida, bar qarshisida yolg‘iz o‘tirgan Yuri qadahni labiga olib yana bir ho‘plam ichdi.

— Nega shunday?.. — u yana o‘sha savolni takrorladi. Hammasi endi yaxshi bo‘laman deganda… aslida barchasi hech qachon yaxshi bo‘lmasligini bilib qolasan?..

Barmen yelka qisdi.

— Bilmayman, xonim…

Yuri achchiq kulib qo‘ydi.

— Afsuski… men ham bilmayman…

U qadahni aylantirib, ichidagi ichimlikka tikildi.

So‘ng barmenga qo‘li bilan yaqinlashishni ishora qildi.

— Qara… senga bitta savol beraman. Yaqinroq kel…

— Eshitaman…

Yuri boshini biroz egdi. Ovozi pastlashdi.

— Sen bir insonni telbalarcha sevasan… biroq u boshqasi bilan baxtli. Sen nima qilgan bo‘larding?

Barmen biroz o‘ylanib javob berdi.

— Men… o‘z baxtimni sinab ko‘rgan bo‘lardim.

Yuri sekin kuldi.

— Koshki… bunchalik oson bo‘lganida…

U boshini ko‘tardi. Atrofga qaradi.
Yorqin chiroqlar. Begona yuzlar. Soxta kulgular.

— Atrofimda… “mana men sening baxtingman” deb turgan bironta odamni ko‘ryapsanmi?

Barmen boshini chayqadi.

— Yo‘q, xonim…

Yuri yana kuldi.
Bu safar yanada achchiqroq.

— Ana ko‘rdingmi… men ham ko‘rmayapmandaaaa…

Yuri qadahni yana lablariga olib borish uchun ko‘targan paytida, kimdir shoshilgancha barmen tomonga yaqinlashdi. Uning qo‘li bexosdan Yurining qo‘liga urildi.

Bir lahzada viski qadahdan sachrab chiqib, Yurining ko‘ylagiga to‘kildi.

Iliq suyuqlik matoga singib, ko‘ylakni ho‘l qildi. Yupqa mato tanasiga yopishib, sonlariga qadar sirg‘alib tushdi.

— Jin ursin… bu nimasi?!

Yuri norozi ohangda gapirdi. Ovozi biroz balandroq chiqdi.

Ammo unga sababchi bo‘lgan yigit hatto ortiga qarab ham qo‘ymadi.

Go‘yo u yerda Yuri umuman yo‘qdek, bemalol buyurtmasini berib, ortiga o‘girildi-da ketdi.

Bu bepisandlik Yurining asabini yanada qo‘zg‘atdi.

U chuqur nafas olib, o‘zini tutishga harakat qildi. So‘ng ho‘l bo‘lib qolgan kiyimlariga qarab, norozi holda yuvinish xonasiga yo‘l oldi.

Bir necha daqiqadan so‘ng…
Yuri kiyimlarini imkon qadar tartibga keltirib, yuvinish xonasidan chiqdi. Sochlari biroz nam, yuzida esa hali ham norozilik izilari bor edi.

Ammo eshikdan chiqishi bilan qadamlari to‘xtadi.
Devor yonida kimdir suyanib turardi.
O‘sha yigit.
Yuri qoshlarini chimirib, asabiy ohangda gapirdi..

— Hoy! Bu sen eding… Ko‘ylagimni rasvo qilding, yetmaganiga uzr ham so‘ramading…

Yigit unga shoshilmasdan qaradi.
Nigohi sekin yuqoridan pastga tushdi.

So‘ng labining bir chetida kulgiga o‘xshash nimadir paydo bo‘ldi.

— Xonim… — past, biroz kinoyali ohangda, — nima, ishqiy romanlaringizni o‘qib tugatib, endi o‘zingizga klublardan oʻz Getsbiyingizni axtaryapsizmi?

Yuri bir lahza jim qoldi.
Bu gapni tushunishga harakat qildi.

So‘ng birdan nimanidir eslagandek bo‘ldi.Nigohi yigitning yuzida to‘xtadi.

— Siz…?

Ovozi hayrat va shubha orasida yangradi.

Yoongi chaqqon harakat bilan oldinga bir qadam tashladi. Uning yaqinlashuvi bilan havo ham og‘irlashgandek tuyuldi.
Yuri beixtiyor ortga tisarildi.
Yana bir qadam.

— Bunchalik qo‘rqmang, xonim… — Yoongi past, ammo o‘tkir ohangda.

— Bu yerda nima qilyapsiz? Meni kuzatyapsizmi? — Yuri oʻzini sovuqqon tutishga harakat qildi, lekin ichidagi bezovtalik sezilib turardi.

Yoongi yelkasini beparvo qisdi.

— Unchalik emas… shunchaki bu klub menga tegishli.

Yuri qoshlarini chimirdi.

— Klub sizniki degani bu istalgan ishingizni qilishingiz mumkin degani emas. Shunday ekan… yo‘limdan qoching.

U keskin gapirdi.

Yoongi esa javob o‘rniga labining chetida o‘sha tushunarsiz, yarim kinoya, yarim qiziqish aralash tabassumni paydo qildi.

Nigohi esa asta pastga Yurining qo‘llariga tushdi.

— Qo‘yib yuborsangiz… qochishim mumkin.

Yuri uning nima demoqchi ekanini tushunmay, qoshlarini yanada chimirdi.

— Nima?..

U pastga qaradi.
Va o‘sha zahoti muzlab qoldi.
U suyanib turgan joy…
devor emasdi balkim Yoongining tanasi edi.

Qo‘li uning beliga juda yaqin, juda nozik joyga bosilib turganini anglagan zahoti Yurining ko‘zlari katta ochildi.

Go‘yo vaqt bir soniyaga to‘xtab qolgandek boʻldi.

11 -qism tugadi