𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍
𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop
Quyosh nuri derazalardan òtib, yotoqxonadagi muhitni yorita boshladi.
Jungkook asta ko‘zlarini ochdi. Naqadar g‘alati. Yelkalari bo‘sh, yuragi siqilgan, u tezda yon atrofga qaradi. Tanish joy, tanish hid.
Yonida Yuri yotardi. Belini o‘rab yotgan ko‘rpaning ostidan yelkalari ko‘rinib turardi. Ammo Yuri uxlamayotgan edi. U derazaga tikilgancha, jim yotardi.
Jungkook o‘rnidan asta turdi, unga yaqinroq cho‘zildi. Yuragi nimanidir sezayotgandek, ammo miyasida hech qanday xotiralar yòq...
— Yuri… — past ovozda.Kecha… nima bo‘ldi?
Yuri ko‘zlarini yumib oldi. U og‘ir nafas olib, asta o‘girildi. Uning nigohida na g‘azab, na pushaymonlik bor.
— Hech narsa bo‘lmadi, Jungkook, — ko‘z yoshini ichiga yutib. Sen mast eding… sen meni emas, boshqa birovni izlab kelganding.
Yuri boshini sekin silkitdi. Sochi yuziga sirĝalib tushdi.
— Sen kecha tanlovsiz eding. Menga o‘xshagan qizlar faqat shunday kechalar uchun kerak bo‘ladi, lekin umid qilgandim. Shunchaki umid...
U sekin ko‘rpasini ko‘ksiga mahkamladi.
— Bilasanmi nega kecha kapalaklar haqida axmoqona gaplar aytganingni tushundim..
Jungkook Yuriga tikildi. Yuri buni payqab sekin jilmaydi.
— Kapalaklarning umri bir kunlik, Kecha men sening kapalaging edim. Bugun esa... sen boshqa birovning erisan.
Bir lahza sukunat cho‘kdi.Jungkook og‘zini ochdi, biror narsa demoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlar tiliga kelmadi. U hatto nima so‘rashni ham bilmasdi sababi o‘zi ham nima qilib qòyganidan behabar edi.
U astalik bilan joyidan turdi. Ko‘ylagini kiyd. Har bir harakat iztirobga to‘la edi.
Jungkook sust harakatlar bilan hashamatli uyi eshigini ochib kirganida, deraza pardalari orasidan tushayotgan tong nuri uyni yoritib turardi.Jungkook uy ichkarisi tomon harakatlanarkan mehmonxona markazidagi divanda yonboshlab yotgan Hejinga kòzi tushdi. U hali uyg‘onmagandi biroq guzida kechasi bilan uxlamagani yaqol sezilib turardi.
Jungkook sekinlik bilan uning qarshisiga kelib tiz cho‘kdi. Bir lahza jim qarab turdi. Hejinning yuziga tushgan soch tolalarini yengil harakat bilan silab, qulog‘i ortiga qistirdi.
Shu payt Hejin sekin ko‘zlarini ochdi. Qarshisida turgan Jungkookni ko‘rib, biroz taajjublanib sergak tortdi. Tezda o‘zini to‘g‘riladi.
— Keldingizmi?..Shuncha vaqtdan beri qayerda edingiz? Sizga biror korxol bòldimi deb havotirlandim? Ichib mashina haydadingizmi?
Jungkook yuzini chetga burib, loqayd ohangda javob berdi..
— Hammasi joyida. Do‘stim meni o‘zi bilan uyiga olib ketgan ekan.
Hejinning nigohlari xavotirga tòla edi, biroq Jungkookga bosim o‘tkazmaslik uchun o‘zini muloyim tutdi.
— Ha, shundaymi? Unday bo‘lsa yaxshi. Nonushta qildingizmi? Men... haligi birga...
Jungkook qisqa javob bilan suhbatni uzdi..
— Yo‘q, rahmat. Hozir emas. Yuvinib ketishim kerak. Juda muhim ishim bor.
Jungkook boshqa bir og‘iz so‘z demay, asta burilib xonasiga ketdi.
Ko‘rinishidan bir necha yuz million won turadigan uy. Yaltiroq fasad, shisha devorlar, mukammal parvarishlangan boĝ. Ichkariga kirganingizda sizni bo‘g‘ tomonidagi ochiq dizaynli oshxona kutib oladi. U yerda Yoongi tongi nonushtani tanavul qilyotgandi, u kumush sanchqi va pichoq yordamida go‘shtni mayda bòlakka bòlib sòngra sekin og‘ziga soldi. Uning ro‘parasida esa Ari shirinlik konfet va pishiriqlarga qo‘l cho‘zardi.
— Ari… nonushtada oqsil yeyiladi. Faqat shakar bilan yashab bo‘lmaydi.
— Lekin akaaa… tuxum sassiq bular menga yoqmaydi..
— Yoqmasa ham yeyishing kerak,tugatkaningdan keyin Jihun seni maktabga olib boradi, tezroq bòl..
Ari xafa qiyofa bilan boshini egdi va sanchqini olib tuxumdan kichikroq bo‘lak olib chaynay boshladi. Bu sokin ertalabki nonushtani baland poshna tovushlari buzib yubordi.
Hari kulimsirab Ariga ko‘z qisdi va to‘g‘ri Yoongining qarshisidagi bo‘sh stulga o‘tirib oldi. U Yoongiga tik qarab jilmaydi..
— Qaysi shamollar uchirdi seni?
— Ko‘rinishing yaxshiga òxshaydi janob Min Yoongi.
— Yomon ko‘rinishimdan foyda yo‘q..
— Kecha Jungkook qimorxonangni portlatdi deb eshitdim. Katta muammolar bo‘lgan kòrinadi..
— shunday bòlishini kutgandim.Oxirgi paytlar Jeon juda jim yurdi.
— Ammo talafatlaring soni ancha kòp.
— Katta janglarda qurbonlarsiz bo‘lmaydi.Havotir olma men ham unga sovĝa jònataman faqat bugun emas ertaga - yengil jilmayib.
Hari shu lahzada stol ustidagi apelsin sharbatini olib, icha boshladi,ammo Yoongi sovuqqina ovozi uni to‘xtatdi.
Hari sharbatni yana stolga qo‘ydi.
— Shunaqami? Mehmon kelibdi ekan deb suv berishga ham yaramaysan..
— Yòĝey mehmon keldimi?qani qayerda - yon atrofga kòz tashlab.
— yo xudoyim òzing sabr ber,hom mayli men ketishim kerak...
Hari kulimsiradi. U sumkasini ochib ichidan kichik oppoq konvert chiqardi va uni Yoongining oldiga surdi
Yoongi kulimsiradi, keyin istehzoli ohangda so‘radi
— Otangni qayta uylantiryapsanmi?
— Nima?! Aqlingdan ozgan axmoq,bu meni to‘yim!
— Haaaa roppa-rosa 12 kundan keyin turmushga chiqyapman.
Ari tuxumni chaynashni to‘xtatib, kattalardek savol berdi..
— Siz haqiqiy to‘y qilmoqchimisiz?Kelin bòlasizmi?
Hari boshini egdi, lekin labida nim tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha mittivoy xuddi shunday...
Yoongi nigohini stoldagi taklifnomaga qadab qoldi.