July 27, 2025

𝐒𝐓𝐄𝐋𝐋𝐀

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈

U meni sevmadi...Lekin men uni sevganim uchun baxtli bòldim.

Studiya ichida tinimsiz u tarafdan bu tarafga yuguryotgan Kamerachilar, rejissyorlar, texniklar o‘z pozitsiyasini egallashga urinardilar.Har bir burchakda chaqmoqdek yaltirayotgan chiroqlar sinchkovlik bilan sozlanar, dekorotsiyalar esa oxirgi bor tekshirilar edi. Telefonlar tinimsiz jiringlab, ularga javob beryotgan xodimlar esa “Hozir boshlaymiz, tayyor bo‘ling!” deb javob qilishardi.

Vizajistlar esa allaqachon yetib kelgan, mehmonning pardozini yangilash bilan band.

Nihoyat, chiroqlar yoritilib, kameralar yonib-o‘chdi. Intervyuni olib boruvchi va mehmon o‘z joyini egallashdi. Bu suhbati oddiy intervyu emasdi.

Millionlab tomoshabinlar televizor yokida internet orqali bu daqiqalarni kuzatmoqda. Faqatgina jurnalistlar emas, balki butun mamlakat bu interviyuni kuzatyabdi.

Rejissyorning “Boshladik!” degan ovozi eshitilgach, kameralar sekin harakatlana boshladi.

— Avvalambor, bizni kuzatayotgan barcha tomoshabinlarga salom! Sizlar bilan SBS telekanalining muxbiri — Hwan Sunmin! Bugun sizlar uchun maxsus ko‘rsatuv tayyorlaganmiz. Mehmonimiz mashhur idol Park Jiminga turmush òrtoĝi – Park Byeol xonim! Nihoyat, ikki yillik sukunatdan so‘ng ular eksklyuziv intervyu berishga rozi bo‘ldilar. Qarsaklar bilan kutib olaylik!

— Barchaga salom,avvalambor meni taklif qilganingizdan juda mamnunman.

Sahnaga qadam qo‘ygan bu yosh ayolning,qizg‘ish lablari,samimiy tabassumi, uzun to‘q jigarrang sochlari insonni òziga jalp qilardi. Ko‘zlarida esa beg‘uborlik va samimiylik kòrinib turardi. Ammo bu beg‘ubor ko‘rinish uzoqqa bormadi.

Muhbir asta-sekin suhbatni yanada chuqurlashtira boshladi. Savollar birin-ketin o‘qdek otilar, Byeolning yuzidagi tabassumini yòqolishiga sabab bòlardi.

— Bundan roppa-rosa ikki yil avval siz Park Jimin bilan turmush qurgandingiz. Eringizni deyarli har kuni ko‘ramiz sahnada, jurnallarda, internetda. Ammo siz juda kam ko‘rinasiz. Buning sababi nimada?

Byeol sokin bosh irg‘adi.

— Ha, bu to‘g‘ri. Men odatda sud ishlari bilan band bo‘laman. Jinoyiy sud tizimida faoliyat yuritaman. Oyiga yuzlab ishlarni ko‘rib chiqaman. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarga vaqt ajratishim qiyin.

— Ajoyib! Sizning adolatli sudya ekanligingiz haqida juda kòplab fikrlar eshitganman...

— Maqtov uchun rahmat..

— Eringiz yaqinda yangi albomi haqida intervyu berdi. Unga ko‘ra, bu albomdagi bazi bir qòshiq kliplarida u taniqli aktrisa bilan yaqinlik qilgan sahnalar bòlishi kutilmoqda. Siz bunga qanday qaraysiz?

Byeol biroz sukutdan so‘ng javob qildi.

— To‘g‘risi, men erimni doim qo‘llab-quvvatlayman. Uning san’atiga hurmatim baland. Bunday kichik narsalar uchun o‘zaro ishonchimizga putur yetishini istamayman.

— Ha, ha, tushunarli. Bilamizki, eringiz sahnada juda ehtirosli va jo‘shqin. U haqiqiy hayotda ham shundaymi?

Byeol kulimsiradi.

—Yo Xudoyim... siz odamni juda ham uyaltiryapsiz. Siz bu savolingiz bilan erimning... yotoqda qanday ekanini sòramoqchimisiz?

— Ha, shunday desa ham bo‘ladi – kulib javob berdi jurnalist.

Byeol esa yuzini qo‘llari bilan qisman berkitib, jilmaygan holda javob qildi.

— Sizga shuni aytishim mumkinki erim yotoqda sahnadagidan extirosliroq.

Sunmin jilmayganicha savol berdi..

— Juda qiziq! Agar eringiz yotoqda ajoyib bo‘lsa, nega haligacha farzandingiz yo‘q? Yoki... janob Jimin karyerasi tufayli bolali bo‘lishni xohlamaydimi?

Studiya ichida bir zumda sukunat hukmronlik qildi. Byeolning yuzi birdan oqarib ketdi.

— Aslida... bizda farzand bo‘lishi kerak edi. Bir yildan ko‘proq vaqt oldin... men yuragim ostida uning bir bo‘lagini olib yurgandim. Bizning kichkina farishtamiz...

Birdan u boshini egib, ko‘zlaridan to‘kilgan yoshni artdi.

— Ammo... biz uni yo‘qotdik. Bu... bu juda og‘ir edi. Men chuqur tushkunlikka tushdim. Jimin esa... u meni yolg‘iz qoldirmadi. Har kuni yonimda bo‘ldi. U o‘z og‘rig‘ini menga bildirmadi... Men haligacha bu voqeani eslasam, yuragim tilka-pora bo‘ladi...

Byeol titrab yig‘lab yubordi.

— Demak... sizlar farzandingizni yo‘qotgansizlar?

Byeol bosh irg‘adi.

— Afsuski... shunday. Shundan so‘ng men uchun yana homilador bo‘lish qiyinlashdi. Shifokorlar... bu ruhiy bosim asorati ekanini aytdi

— Oh… men siz uchun juda afsusdaman…

Byeol esa zo‘rg‘a jilmayib kòz yoshlarini artgan bòldi..

— Rahmat… uzr, lekin men o‘zimni biroz yomon his qilyapman… Iltimos… efirni to‘xtatsak bo‘ladimi?

— Nima?

— Balki… bu intervyuni boshqa safarga qoldirarmiz...

—ha albatta...xonim.

Byeol sokin qadamlar bilan sahnani tark etdi.

*

Hashamatli, jimjit uyga kirar-kirmas Byeol ostonada bir lahza to‘xtadi. Ko‘zlarini yon-atrofga yugurtirdi har doimgidek chiroyli bezatilgan bog‘, oppoq tosh yo‘laklar…

Byeol bir qo‘lida siqib turgan efir uchun ajratilgan kartalarni birin-ketin yerga irg‘itdi.

— Lanati! Iflos manjalaqi!

Byeol yugurib xona ichiga kirdi, stol ustidagi telefonini qo‘lga olib tezlik bilan raqamlarni terdi.

— Alo?!

— Eshitaman, sudya xonim…

— Hyon… hoziroq! Hoziroq Hwan Sunmin ustidan da’vo qo‘zg‘at! — tishlarini g‘ijirlatgancha. Uni bu ishi uchun jazolamasdan qo‘ymayman. U menga efir oldidan boshqa savollarni va’da qilgandi! Bu lanati oyimcha meni burchakka tiqdi!

— Lekin xonim… bu ish…

— O‘CHIR CHAKAGINGNI! — baqirdi.

Byeol birdan yaqinidagi guldonni qo‘lga olib devorga uloqtirdi. Guldon parcha-parcha bo‘lib sochildi. Men bu jin urgur shoumenni jazolamasdan qòymayman.

— Xop… xo‘p bo‘ladi… Men hoziroq bu ish bilan shug‘ullanaman.

Byeol tezda yordamchisining yuzigq telefonni bosib qòydi.Òzi esa chòntagidan sigareta qutisini chiqarib bittasini tishlari orasiga qistirdi.

Raqs zalining to‘rt burchagini titratib yangrayotgan musiqaga mos holda raqisga tushyotgan Jimin tashqaridan qaraganda juda shaxvoniy kòrinardi. U berilib raqsga tusharkan zal eshigi qattiq ochildi. Temir tutqich devorga urilib chiyilladi.

Jimin o‘sha tomonga ko‘z yugurtirdi.

Qolida planshet ko‘tarib olgan menejeri yugurib kirib keldi, yuzida hayajon, ko‘zlarida xavotir.

— Jimin! Buni ko‘rdingmi?!

— Nimani? — ritmni buzmasdan savol berdi u.

— Xotiningni intervyusi… internetda portladi. Virusday tarqalyapti!

Jimin harakatini sekinlashtirdi, lekin butunlay tòxtamadi.

— Xo‘sh, shunga nima bo‘pti?

— U farzandingizdan ayrilganingizni aytibdi…

Jimin bir zum qotib qoldi, keyin tanasidagi butun kuch birdan so‘ndi. U mashqni to‘xtatdi va shoshib, menejerning qo‘lidan planshetni tortib oldi.

Ekrandagi videoda… Byeol kamera qarshisida titrab yig‘layotgandi.

Jiminning asabiy bosh chayqab gapirdi.

— U… u aqldan ozibdi!

— Aytishlaricha, unga butunlay boshqa savollar va’da qilishgan. Muxbir uni efirda burchakka tiqib qo‘ygan. Uning "Erim yotoqda sahnadagidan ancha extirosliroq" degan gapi… internetni portlatib yubordi. Har yerda senga ijobiy izohlar yog‘ilyapti.

Jimin planshetga tikilib turgancha, qotib qoldi.

— Barcha: “U ajoyib ota bo‘lgan bo‘lardi”, “Umid qilamizki bu safar ular farzanddan ayrilmaydi”, “Jiminga og‘ir bo‘lganini tasavvur qilyapman” deb yozmoqda. Hatto yangi alboming bunday muhokama bo‘lmagandi.

Jimin ekranga qarab pichirladi.

— Odamlarga meni… jinsiy hayotim shunchalik qiziqmi? Jin ursin…

Jimin planshetni polga sekin qo‘ydi.

— U... chindan ham juda yaxshi yolg‘onchi.

— Nimasini aytasan? Menimcha xotining jinoyatchilarning yolgonlarini eshtaverib, o‘zi ham manipulyatsiya qilishga usta bòlib ketgan..

— Yo‘q… u tuğ‘ma yolg‘onchi.Yig‘isi, qiyofasi, so‘zlari… hammasi teatr. Hammasi shou. U meni òz foydasi uchun ishlatyapti har doimgidek.

Jimin chuqur nafas oldi.

— Ikki yillik turmushimiz davomida biz alohida xonalarda uxladik.Biroq u xuddiki har kun tagimda yotib yurgan odamdek meni extirosli debdi.Yòq bolani tushdi degani nimasi.Endi men millionlab odamlar kòz oldida farzandidan ayrilgan ota boldim.Jamoatchilikni rahmini keltirib ruhiy tushkunlik haqidagi vazi òqibdi.

— ha xotining chindan ham òzgacha..

— Telba u. Men buni... bundan ikki yil avval bilganman.

Flashback

Sud zali jurnalistlar bilan to‘lib toshgan.

Zal burchagida, qora kostyumda, boshi egilgancha o‘tirgan Jiminning bilaklariga temir kishan solingan, nigohlari esa yerga qadalgandi.

To‘satdan eshik ochildi. Odamlar hurmat yuzasidan o‘rnidan turishdi.

Sudiya Kim Byeol o‘ziga xos sokinlik bilan, hech qanday o‘zgarishsiz qadam tashlab, sud kafedrasiga yurib bordi. Ammo… nigohi Jiminga tushgan on hammasi o‘zgardi.

U bir zum to‘xtab qoldi. Oyoqlari toshdek qotdi, kaftlari sekin titray boshladi.

Jimin ham boshini ko‘tardi. Ikki ko‘z to‘qnash keldi.

Yuraklar bir zumda urmay qoldi.

Byeol o‘zini bosishga urinib, sekin yurib joyiga o‘tirdi va qarshisidagi malumotlar yozilgan papkani ochib ichidagilarga kòz yugurtirdi.

Jinoyat ishi:
Sudlanuvchi: Park Jimin
Jabrlanuvchi: Lee Mina
Jinoyat: og‘ir tan jarohati yetkazish

1-qism tugadi