November 12, 2024

Revenge and love

Avtordan: Ba’zan, inson qalbidagi eng chiroyli ranglar ogʻriq va iztirob bilan chiziladi. Har bir chiziq – yashirin dardning izi, har bir rang – ichki hayqiriqning soyasi.

Yn ikkilanishlar bilan qoʻlini moʻyqalamga uzatdi. Jungkook qiz moʻyqalamga qoʻl choʻzgan payt kiyimining yengi kaltaroq boʻlgani uchun tinimsiz ukollar qilinaverib koʻkarib ketgan qoʻllariga afsus va nadomat ila boqdi
Jungkook pov: nega avvalroq senga qiziqmaganman, sen haqingda eshitgan boʻlsam ham u ham qolgan bemorlardan farq qilmaydi deb oʻylagandim ammo adashibman juda qattiq adashibman. Sen haqingda shunchaki xulosa qilgandim. Ammo men hayol qilgan qiz sen bilan solishtirganda sen ming chandon farq qiladi
Jungkook biroz hayol surib qolgach, yana qayta oʻziga keldi .
Jk: yaxshi qani boshlaymiz...mmm nima chizamiz, balki oʻzimiz yoqtirgan gul chizarmiz nima deysan?
Yn rozilik maʼnosida bosh silkib qoʻydi. Va bo'sh , oppoq qogʻoz olib ilk chiziqlarni chiza boshladi.
Jungkookni pov: Qoyil... Bu qiz rasm chizayotganda goʻyo oʻz dunyosiga singib ketadigandek. Chizayotgan chizmalarida qandaydir ogʻriq bor, lekin ayni damda tinchlik ham. Ba'zi rassomlar ham bunday aniqlik bilan tuygʻularini ifodalay olishmaydi. Yn sen menga oʻzing haqingda oʻzing soʻzlab beryapsan, ammo bir ogʻiz soʻzsiz...

X: Yo‘q, qanday qilib bunga hadding sig‘di?

X2: Nima, seniki sig‘ganda meniki sig‘maydimi?

X: U boshqa masala. Ammo sen qilayotgan ishing shunchaki qabihlik.

X2: Nega, balki bu ish shunchaki oʻyin emasdir, men haqiqatdan ham uni..

X: yaxshi yaxshi, uni xafa qilmasang boʻlgani


Xonada ikki inson rasm chizishga shu qadar berilib ketgandiki, tashqi dunyo ular uchun go‘yo butunlay yo‘qolgandi. Ularning diqqat markazida faqat oppoq qog‘oz va o‘z tuyg‘ularini ifoda etish edi.

Yn qo‘lidagi mo‘yqalamni asta joyiga qo‘ydi va o‘zi yaratgan san’at asariga mag‘rurlik bilan tikildi. Jungkook ham o‘z rasmini tugatdi va unga ma’noli qarab qo‘ydi. Keyin u Yn chizgan rasmga ko‘z tashlab, qizning san’atini hayrat bilan kuzatdi.

Jungkook POV: Qoyil, ajoyib! Tariflashga til ojiz... Bu qadar chiroyli chizadi deb o‘ylamagandim.

Jungkook: Yn, ko‘zlarimga ishonmayman! Haqiqatan ham o‘zing chizdingmi? Menimcha sen rassom boʻlish uchun tugʻilgansan😅

Yn unga minnatdorchilik bildirib, yengilgina jilmaydi. So‘ng qiziqish aralash Jungkookning rasmini ko‘rish uchun biroz egilib, unga ko‘z tashladi. Yn rasmga qarab, yuzida qalblarni eritib yuboradigan keng tabassum paydo bo‘ldi. Bu uning jkga bildirgan maqtovi edi

Jungkook uning bu harakatidagi ma'noni anglab, yumshoq tabassum bilan gap boshladi:

Jungkook: Chiroyli... lekin senikichalik emas, albatta. Tan olishim kerak, bu o‘yinda sen g‘olibsan. Ranglarni shunchalik mohirona uyg‘unlashtirgansanki, men esa faqat oddiy rang berib chiqqandekman.

Jungkookning chizgan rasmi

Jungkook rasmga sinchiklab tikilib, undagi gul turini aniqlashga harakat qildi, lekin baribir topolmadi.

Jungkook: Yn, bu siren gulimi? Sen siren gulini yoqtirasanmi?

Yn unga yo‘q degandek bosh chayqadi.

Jungkook: Xo‘sh, unda qanday gul?

Yn unga javob bermadi, chunki hali u jk toʻlaqonli ishonmaydi shuning uchun ham unga gapirgisi yoʻq

Jungkook: Hmm, yaxshi… o‘zim bilib olaman.

Ynning rasmi

Jungkook: Yutuq uchun nima xohlaysan?

Yn unga rasmni ko‘rsatib imo qildi.

Jungkook: Rasmnimi?

Yn yo‘q ishorasini qildi.

Jungkook uning nima istayotganini bir oz o‘ylab turdi, so‘ng payqagandek bo‘lib dedi:

Jungkook: Ha, demak, shu gulni olib kelishimni xohlaysanmi?

Yn biroz jilmayib, ha degandek bosh silkidi.

Jungkook qizning koʻzlariga qarab jilmaydi-da, uning tim qora koʻzlarini oʻziga xos bir sehrli sokinlik va sir bilan yashirinishini his qildi.

Jk: Yaxshi, unda istaging bajariladi... qora marvaridim.

Qiz jkning bu gapidan biroz hayratda, yuzida mayin tabassum bilan unga qaradi. Jungkookning soʻzlari va laqabi unga yoqqani shundoq koʻrinib turardi.

Uning jilmayishi Jungkookka qizning sokin, ammo chuqur dunyosini ochgandek tuyuldi.

Jungkook pov: seni bu tabassum qilgandagi yuzingda paydo bo‘ladigan chuqurchalar meni maftun etadi, mening qora marvaridim. Senga qaragan inson sening go‘zalligingda hech qanday kamchilik topolmaydi *qalbingdagi og‘riqlarni hisobga olmaganda

–––
Hari sinfxonani tozalab boʻlgach uhh deb stolga oʻtirdi
Hari: shunaqayam omadsiz kun boʻladi mi aaa
Shu payt sms kelganidan darak beruvchi ovoz keldi
Hari telefonini olib sms kimdanligini tekshirdi
Suga: sevgilim darsing tugadimi? Tugagan boʻlsa chiq ketamiz, men darvozaning oldidaman
Hari buni koʻrib yuziga tabassum yugurdi
Hari:* ha tugadi, hozir chiqaman*

Hari Sugaga javob yozgach, narsalarini yig‘ishtirib, sinfxonadan chiqib ketdi. Maktab darvozasining oldida uni kutib turgan Sugani ko‘rib yuzida katta tabassum paydo bo‘ldi. Suga esa uni ko‘rishi bilan qo‘llarini keng yoyib, tabassum qildi. Hari ham jilmaygancha, yugurib borib uning bag‘riga kirdi.

Suga: Yaxshimisan, sevgilim? Seni sog'indim.

Suga: Bugun darsing erta tugashi kerak edi-ku, nega kech chiqding?

Hari: Haligi, mijg‘ov qariya tufayli yana navbatchilik qilishimga to‘g‘ri keldi.

Suga: Haha, Hari, ustozlar bilan hech chiqisholmaysan, shekilli.

Hari: unday emas, ular doim men endigina uyquga ketganimda yoki xayollarimga berilganimda, ko‘zlari aynan menga tushib qoladi.

Suga: hop bu mavzuni chetga suraylik, bugun qayerga boramiz
Hari: mm....balki parkka borarmiz

Suga: Parkka? Yaxshi fikr, havoning iliqligi ayni vaqt. Yana nima qilishni rejalashtiryapsan?

Hari: Bilmadim, hayolimga faqat shu keldi, faqat piyoda boraylik toza havoda sayr qilishni xohlayman

Suga: hoʻp, oʻzi toza havoda sayr qilmaganimizga ham ancha boʻldi ...

Ikki sevishgan bir-birini qoʻlini mahkam tutib, ko‘chalarni o‘tar, kechki shaharning sokin va tinch atmosferasi ila, birgalikda parkka yo‘l olishdi . Tungi shahar chiroqlari, to‘lqinlar kabi harakatlanib, ular ketgan izni yoritib borar edi goʻyo ...

–––

Jungkook: Yn, vaqt allamahal boʻldi, sen ham charchagan boʻlsang kerak, yotib dam ol. Men ertaga kelaman, hopmi?

Yn, bosh irg‘ab, sekin boshini yostiqqa qo‘ydi. Jungkook, xonadan chiqishdan oldin, bir lahza unga qarab, yuzida xushnud tabassum bilan nazar tashladi. Uning ko‘zlarida bir oz mehr va g‘amginlik bor edi, lekin bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyin edi. Nihoyat, u xonani tark etib, eshikni sekingina yopdi.

Azizlar iltimos mening ham mehnatimni qadrlang. Agar har bir detalga tarif berib yozayotganim maʼqul kelmayotgan boʻlsa ayting men ham voqealar rivojini shunchaki oddiy oddiy yozib ketaman....

Writing : Minsu

Chanel: Hari_fanfic