December 7, 2024

Revenge and love

Avtordan: Vaqt har narsaga davo. U eng chuqur jarohatlarni ham sekin-asta davolaydi va yuraklarda yangi umidlar uyg‘otadi. Vaqt bizni hayotning og‘ir sinovlaridan o‘tishga o‘rgatadi va bir kun kelib, eng qorong‘u tunning ortidan ham quyosh chiqishini eslatadi.

Har bir lahza – bu imkoniyat. Har bir daqiqa – o‘zimizni o‘zgartirish, yangi orzular sari intilish va xatolarimizdan saboq olish uchun berilgan inoyatdir. Vaqtni boshqara olmasak ham, undan oqilona foydalanishni o‘rganishimiz mumkin. Axir vaqt hayotimizning yashirin boyligidir. Uni bekorga sarflamaslik – eng katta yutug‘imiz bo‘lishi mumkin.

Jungkook onasining qo‘llarini mahkam ushlagancha, bir muddat o‘yga cho‘mib qoldi. Uning xayollarini bugun Yn bilan bo‘lib o‘tgan suhbat, qasos haqidagi iltimos va o‘zining o‘tgan hayoti bo‘laklarga ajratib tashlalgan edi. Onasi unga ozgina tabassum bilan qaradi, ammo bu tabassumning orqasida ichki og‘riq yashiringani shundoq sezilib turardi. Jungkook asta o‘rnidan turib, onasining yelkalarini siladi.

– Omon bo‘ling, omma. Men yana kelaman.

U shunday deb, xonadan sekin chiqib ketdi. Zinalardan tusharkan, uning hayollari tamomila band edi. Jungkookning qalbi ikkiga bo‘lingandek edi. U qanday yo‘l tanlashi kerakligini bilmasdi. O‘zini ezgu ishlar yo‘liga bag‘ishlashni tanlagan bo‘lsa-da, qasos olishning achchiq haqiqatidan ham chetga chiqa olmasdi.

Jungkook pov:
Men o‘zimga bergan va’dalarni buzmasligim kerak. Ammo... ayni vaqtda Ynni bu kurashda yolg‘iz qoldirolmayman. U his qilgan og‘riqni men hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunaman. Balki, qasos olish uning qalbini tinchlantirar? Balki, men unga yordam bera olaman... hatto avvalgi yovuz Jungkookga qaytishim kerak bo‘lsa ham.

Jungkook peshonasini silab chuqur uxx tortdi:
–uxxx , kun boʻyi shu kabi hayollarni takror va takror oʻylashdan charchadim, biroz dam olishim kerak

Jungkook o‘zini har qachongidan ko‘ra sovuqqon his qilgancha, mashinasini uyiga qarab hayday boshladi.

°°°°°°

Erta tong

Jungkook Ynning xonasiga kirar ekan, yuzida iliq tabassum bilan unga murojaat qildi:

– Yn, bugun oʻzingni qanday his qilyapsan?

Yn unga yengil jilmaydi. Uning yuzida salbiy kayfiyat izlari yo‘qolib borayotgani sezilardi.

– Bugun biroz yaxshiman. Balki sening doimiy tashriflaring foyda berayotgandir.

Jungkook kursiga qulay joylashdi.

– Bu nafaqat mening tashriflarim, balki sen ham o‘zingni yaxshi his qilishga harakat qilyapsan. Tuzalishga bo‘lgan ishtiyoqing senga yoʻl bu yoʻldagi asosiy kalit boʻlyapti.

Yn ko‘zlarini derazaga qaratib, sukutda biroz turdi. Keyin ohista so‘zladi:

– Bilasanmi, Jungkook, avvaliga bu yerda qolish o‘limdan ham battar tuyulardi. Lekin endi... bilmayman, hayotimda qandaydir nur kirgandek.

– Bu yaxshi. O‘zingni o‘zgartirish va oldinga qadam tashlashni boshlaganingni sezib turibman. Biroq, hali sog‘lig‘ingni to‘liq tiklashimiz kerak.

Yn yengil kuldi va qiziqib so‘radi:

– Jungkook, nega shifokor bo‘lding? Axir bir qaraganda, seni bunday yo‘lni tanlaydigan insondek tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Jungkook uning savoliga bir lahza o‘ylanib qoldi. Keyin chuqur nafas olib gap boshladi:

– Har kimning o‘z hikoyasi bor, Yn. Mening hikoyam esa juda murakkab. Ammo o‘sha vaqtlar men uchun eng muhim bo‘lgan odam meni bu yo‘lga chorlagan edi va bu hayotimda qabul qilgan eng yaxshi qarorim deb o‘ylayman.

Yn uning so‘zlariga qiziqib, savol bilan qaradi:

– Kim edi u?

Jungkook bir lahza jim qoldi. Keyin sekin kulimsirab javob berdi:

– Bir kun aytib berarman. Hamma narsaning oʻz vaqti bor.

Yn uning so‘zlaridan iliqlik his qildi. Jungkook o‘zining hissiyotlarini ochiq gapirmasdi, ammo uning har bir harakatidan mehr va g‘amxo‘rlik sezilib turardi.

Keyingi paytlarda Jungkook har bir uchrashuvda Ynning ruhiyatini yaxshilash uchun qadam-baqadam harakat qilardi. O‘z bemorining ichki dunyosiga kirib, uni tiklash yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha narsani qilishga tayyor edi. Lekin ich-ichida Ynning taqdiri haqida o‘ylarkan, o‘zining tug‘ilayotgan savollaridan ham qochib bo‘lmasdi.

–Timeskip–

Yn xonasida deraza yonida turib, tashqariga termulib turgan edi. Uning ichki dunyosi hayollar ogʻushiga choʻmgan. Mayin tushayotgan qor parchalarining tinimsiz yengilligi ham uning yuragidagi og‘irlikni ko‘tarolmasdi.

Eshikning qiya ochilgani koʻrib Yn eshik tomon oʻgirildi.
– Jungkook
Jungkook xonaga kirib kelar ekan. Uning nigohlari sovuq, ammo qat’iyatli edi.

– Jungkook? Nima bo‘ldi, koʻrinishing boshqacha

Jungkook uning ko‘zlariga tik boqib, ichkari qadam tashladi.

– Men o‘yladim... va qaror qildim. Senga yordam beraman. Qasos yo‘liga qadam qo‘yamiz, Yn. Ammo bir shartim bor. Buni faqat men bilan birga qilasan. Yolg‘iz hech qayerga bormaysan va hech kimga zarar bermaysan.

Ynning yuragi birdan tez ura boshladi. U Jungkookdan bunday javobni kutmagan edi.

– Rostdanmi? Sen buni men uchun qilasanmi?

Jungkook bir lahza sukut saqladi, so‘ng yengil bosh irg‘adi.

– Ha. Sen uchun. Ammo bu yo‘l bizni kimga aylantirishini unutma, Yn. Bu kurash oxirida kim bo‘lib qolishimizni ham...

Yn yengilgina bosh irg‘adi.

–bilaman jungkook bu yoʻlni oʻzim tanladim va har qanday xato uchun javob berishga tayyorman

Hari Yeinning holatini anglab, uni yolgʻiz qoldirishga qaror qildi.
–yaxshi, Yein oʻzingga kelib ol, keyinroq gaplashamiz. Men esa Sugani yoniga ketdim.
Yein "suga" ismini eshitarkan, ichida nimadir qulagandek boʻldi.

Yein Hari ketgandan keyin, maktabni tark etishga qaror qildi. Maktabdan chiqarkan, kvartirasaga yoʻl oldi. Yoʻlda tushkun holatda ketarkan uning tinchligini telefonning jarangdor ovozi buzdi. Yein telefonini qoʻliga olarkan, ekrandagi yozuvni koʻrib yuziga tabassum yugurdi.
–alo, Annyeong omma yaxshimiz😊
–bolajonim, gulgʻuncham yaxshimisan, seni sogʻindimku, kichik farishtang ham seni sogʻingan, har kun seni soʻraydi. Kelmaysanmi?
–men ham sogʻindim omma, oʻzi hozir maktabdan chiqib uyga ketayotgandim, unda bugun farishtamni koʻrishga boraman😊
–hop bolajonim seni kutamiz.
Yein telefonni qoʻyarkan, sal avvalgi kayfiyatidan asar ham qolmagandi, uning hayolida hozir tezroq uyga borsa-yu, farishtasining iforidan bahramand boʻlsa.

°°°
Suga sinfda o‘tirar, ammo qo‘lida turgan kitob sahifalarini o‘qishga urinishiga qaramay, fikri butkul chalkash edi. Uning miyasi Yein bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning har bir jumlasini qayta-qayta tahlil qilardi. U qanday qilib qizning gaplarida yolg‘on borligini sezganini va uning ortidagi asl sababni bilishga chanqoqligini o‘ylardi. Tanaffus boʻlib, narsalarini yigʻib, xar xil hayollar bilan sinfxonadan chiqar ekan uning hayollarini Harining ovozi buzdi
–Hoy Suga nimalarni oʻylayapsan, boyadan beri chaqiraman eshitmaysan.
–A Hari qachon kelding, uzr eshitmay qoldim
–Pff hayollaring qayerda. Hop boʻldi unut, ketamizmi
–Ha..kettik
Ular birga ketisharkan, Suga Hariga qarab savol berdi
–Hari yaxshimisan, negadir kayfiyating yoʻqqa oʻxshaydi
–Ha hammasi joyida, shunchaki Yeinni oʻylayapman. Bugun negadir kayfiyati yoʻqdek koʻrindi. Soʻrasam keyin aytaman dedi. Nima qilishni oʻylayapman. Uni hech bu ahvolda koʻrmaganman. Tanishganimizga juda koʻp boʻlmagan boʻlsa ham, uni xarakterini, hislatlarini ancha oʻrganib oldim, shunchaki uni doim xushchaqchaq xolatda koʻrganim uchun, tushkun holati juda boshqacha tuyulyapti🙁
–Ha u oʻzi shunaqa, ichidagi dardini yuziga oshkor qilmaydigan
–Ha menimcha ham, ee toʻxta sen qayerdan bilasan, a?🤨
–Aaa, ko‘p kulgan inson aslida eng ko‘p dard ko‘rgan yoki tushkunlikka tushgan insondir deb eshitganman, chunki ular o‘z qayg‘ularini kulgu orqali yengishga harakat qilishadi.
–Ooo ,meni sevgilim aqlli boʻlib ketibdimi
–Xaxaxa, juda kulgili 😒
–Rostandan ham😆, gapingni shunchalik berilib aytdingki, hattoki men seni dono soʻzlar aytuvchi faylasufdek tasavvur qildim

Ular oʻrtasida tinchlik hukm sura boshladi. Hari va Suga shu alfozda jimlikni buzmay, yonma-yon ketishardi.
–Hari, Yein haqidagi gaplaring meni ham o‘ylantird, ammo sen ortiqcha xavotirlanib yuboryapsan shekilli. Balki u shunchaki charchagandir?

Hari bir lahza o‘ylab to‘xtadi, so‘ng yengil xo‘rsinib qo‘ydi:
– Balki haqiqatdan ham shundaydir. Lekin men o‘zimni tinch qo‘ya olmayapman, u bilan ochiq gaplashishim kerak.

Suga uning qo‘lini yelkasiga qo‘yib, tabassum qildi:
– Xavotir olma, Hari. U oʻziga kelib olgach senga bor haqiqatni aytadi, shunchaki vaqt kerak xolos

Hari boshini asta irg‘adi. Ammo uning ko‘zlarida hali ham Yein haqida chuqur o‘y va qayg‘u aks etardi.

Suga gapni boshqa mavzuga burishga harakat qildi:

– Xo‘sh, kechqurun biror joyga chiqamizmi? Yoki uyingga kuzatib qo‘yaymi?

Hari unga biroz charchagan ohangda qaradi:
– Yo‘q, Suga. Bugun bunday ko‘ngilxushlikka xohishim yo‘q. Uyga borib, tinchlanishni xohlayman.

Suga Harining charchagan ko‘zlariga qarab, uning o‘ziga kelishi uchun biroz vaqt kerakligini his qildi. Shu sababli o‘z taklifini yana bir bor o‘ylab, muloyimlik bilan dedi:

– Yaxshi, lekin seni yolg‘iz qo‘ya olmayman. Uyga o‘zim kuzatib qo‘yaman.

Hari unga qarab bosh chayqadi:
– Suga, bunaqa keragi yo‘q. Men o‘zim yetib olaman. Sen ham dam ol, charchagandirsan.

– Yo‘q, Hari. Boʻlmaydi

Hari unga qarshilik qilmaslikka qaror qilib, yelkasini qisdi:

– Hop mayli, yur

Ular asta-sekin Harining uyiga qarab yo‘l oldilar. Atrof tinch, havoda esa qishki sokinlik sezilardi. Suga Harining yonida jim yurib, unga o‘zini xotirjam his qilishiga imkon yaratishga harakat qildi.

Yo‘l-yo‘lakay u Haridan sekingina so‘radi:
– Shunchalik o‘zingni yomon his qilyapsanmi?

Hari bir lahza to‘xtab, ko‘zlarini yerga tikdi:
– Bilasanmi, Suga, ba’zan odam o‘zini nimagadir aybdor his qiladi. Lekin nima uchunligini tushuntirib bera olmaydi.

Suga asta boshini irg‘adi va unga samimiy qaradi:
– Hari, o‘zingni shunchalik qiynama. Har bir inson o‘z sirlarini yashiradi. Ehtimol, sen unga shunchaki vaqt bersang, u o‘zi gapirib beradi.

Hari yengil xo‘rsindi:
– Balki haqdirsan.

Shunday qilib, ular Harining uyi oldiga yetib kelishdi. Hari eshik tomon yo‘nalarkan, Suga unga ohista dedi:
– O‘zingni ehtiyot qil. Agar gaplashging kelsa, har doim yoningdaman.

Hari jilmayib unga qaradi:
– Bilaman, rahmat, Suga.

U eshikdan kirib ketdi, Suga esa bir lahza uning ortidan qarab turdi. Keyin o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Har bir qadamida, Yein va Harining ichki kurashlari haqida o‘ylardi.

Yein onasining uyiga kirib borar ekan, eshikdan onasi kirib kelganini ko‘rgan qizaloq, ko‘zlari quvonchga to‘lgan holda, o‘ziga xos beg‘ubor qadamchalari bilan onasi tomon oshiqdi. Yein mehrga to‘la tabassum ila qizi bilan ko‘rishish uchun tizzalarini polga qo‘yib, cho‘kkalagancha qo‘lini keng yoydi.

– Mening qorparcham, qani kel, seni juda sog‘indim!

Qizaloq beg‘araz quvonch bilan onasining bag‘riga otildi, mayin va mitta qo‘lchalari bilan uni mahkam quchoqladi. Yein qizining yuzidan ohista o‘pib, sochlarini silarkan, beixtiyor ko‘zlari namlandi.

Onasi oshxona tomondan chiqib kelarkan, qizi kelganligini koʻrib, yuragidagi kemtik biroz boʻlsa ham to'lishgandek boʻldi.

–Voy bolam ostonada turmanglar, ichkariga kiringlar

Yein qizini qoʻlini koʻtargancha, turib onasi bilan koʻrishishni boshladi. Onasi qizini oshxona tomon chorlab, ichkariga taklif qildi. Yein qizini pastga tushirib, qoʻlchalaridan ushlab oshxona tomon ketishdi.

Stol Yein onasi tomonidan chiroyli qilib noz neʼmatlar bilan toʻldirilgan , Yein stulni tortib oʻtirgach qizini quchog'iga oldi. U mehrga to‘la tabassum ila qizini yana bir bor qattiq bag‘riga bosdi.

Yein qizalog‘ini bag‘ridan chiqarib, yuzlandi. Qizining quvonch bilan porlagan ko‘zlari uni o‘ziga yanada mahkam tortardi.

– Qani, bugun nimalar qilding, menga aytib berchi

Qizaloq qo‘llarini yoyib:
– Bugun katta uy qurdik! Lekin qo‘g‘irchoqlarim unga sig‘madi, ular uchun yana katta uy kerak, – dedi g‘ayrat bilan.

Yein qizalog‘ining so‘zlariga mehr bilan kulib qo‘ydi.
– Ha-a, demak mening qorparcham kelajakda kim bo'ladi me'mormi? Yoki muhandismi?

Qizaloq boshini chayqab:
– Yo‘q, men shifokor bo‘laman! Xuddi… – bir lahza jim qoldi-da, yuzidagi tabassum so‘ndi.

Yein uning o‘zgarishiga e’tibor berib, muloyimlik bilan qizidan soʻradi
– Xuddi kimdek, jonim?

Qizaloq asta javob berdi:
– Xuddi dadamdek. Lekin dadam uzoqda, lekin… men yaxshi shifokor bo‘laman.

Yeinning yuragi bir lahza to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U qizalog‘ining yuzidagi ichki og‘riqni yashirishga harakat qilayotganini sezdi. Qizining qalbida dadaga bo‘lgan sog‘inch o‘rnini hech narsa to‘ldira olmasligini tushundi.

U qizini quchoqlab:

–Qizalog'im, senga dadang shifokor deb kim aytdi

–Hech kim aytmadi, men televizordagi shifokor amakilarni koʻrdim, ular judayam mehribon, insonlarga yordam beradigan. Ularning orasida mening dadam ham bor toʻgʻri chunki u ham mehribon, oqkoʻngil inson, faqat u yerda koʻp insonlarga yordam berayotganlari uchun meni koʻrishga kelolmayaptilar shundaymi

Yein qizining gaplarini eshitib, yuragi titrab ketdi. Qancha beg‘uborlik, qancha katta orzular bor edi bu kichkina qalbda. Yein qizining bu qadar aqlli va samimiy bo‘lishidan faxrlanardi, lekin bu beg‘ubor gaplarning ortida yashirin bir sog‘inch va dard borligini his qildi. Yein qizining murg‘ak qalbiga ortiqcha yuk tushishini xohlamasdi, shuning uchun unga har doim mehr bilan to‘ldirilgan quvvat berishga intildi

–Ha, albatta, qorparcham. Dadang aynan shunday inson. U juda ko‘p odamlarga yordam berayotganidan seni ko‘rishga kelolmayapti. Lekin bilasanmi, u seni juda ham yaxshi ko‘radi va seni sog‘inib o‘tiribdi.

Yein qizining yuzida paydo bo‘lgan quvonchni ko‘rib, ichida bir zum bo‘lsa ham yengil tortgandek bo‘ldi. Ammo bu so‘zlar uning yuragiga kamon misoli ogʻriqli sanchildi. Axir unga ham oson emas, koʻzlarida sogʻinch aks etgan murgʻak qalbli qizalogʻiga yolgʻon gapirib uni ovutish.

Yein gapni boshqa yerga burib yana gapira boshladi:
– Sen kelajakda hamma havas qiladigan, sevadigan inson bo'lasan, jonim. Dadang ham senga faxrlanib qaraydi, bunga ishonaman, – dedi ohista, ovozida ishonch va mehr bor edi.

Qizaloq Yeinning bag‘ridan chiqib, kulib qo‘ydi. Ammo Yeinning qalbida bir og‘riq paydo bo‘lib, miyasi o‘tgan voqealarni eslata boshladi. Shu payt onasining ovozi uning o‘ylarini buzdi:
– Qani, qizlar ovqatga qaranglar, sovib qoladiya

Ular ovqatlanib boʻlishgach, Yein qizini tepaga olib chiqib uxlatib keldi. Pastga onasi hali ham uxlamaganligini koʻrdi.

–Yein, bolajonim qani kel, endi ona bola bir suhbatlashaylik

Yein mayin tabassum qilib onasining yonidan joy oldi.

Onasi unga qarab, mehr bilan soʻz boshladi:
– Bolajoningni ko‘rib, ruhan tetiklashgan bo‘lsang kerak. Lekin sening ham ko‘zlaringda g‘am yashiringan. Nima bo‘ldi, qizim?

Yein bir lahza jim qoldi. Ichida yig‘ilib qolgan tuyg‘ularni chiqarishga tayyor edi.
– Hamma narsa joyida, ona… faqat bugun biroz charchagan koʻrinaman

Onasi uni mehr bilan quchdi.
– Hayot qiyinchiliklardan iborat, lekin sen baquvvat bo‘lishing kerak. Hamma narsani yuragingga yaqin olavermagin, bolam.

Yein chuqur nafas olib, boshini silkitdi. Bu og‘irlikni qanday qilib yengish haqida o‘ylardi.

Onasi pov: Qizim, nega menga yolg‘on gapiryapsan? Ko‘zlaringdagi og‘ir dardni, ichingda nimalar kechayotganini bilmasam ham, his qilyapman-ku. Men seni dunyoga keltirgan onangman. Har bir nafas olishingni, har bir quvonchingni, hatto sukutingni ham anglay olaman. Nega hammasi joyida deb o‘zingni qiynaysan? Nega dardingni menga aytmayapsan? Shu yoshga yetguncha qancha sinovlarni yengib o‘tding. Lekin hozir ko‘zlaringda qandaydir og‘irlik bor. Gapirmasang ham his qilyapman, yuragingdagi tuyg‘ularni yashirishga urinyapsan. Balki, sening mana shunday qayg'uga botgan kunlaringga men sababchi boʻlgandurman, seni qachondir tushunmagandirman yoki yordam bera olmagandirman... Balki sen buni menga aytishni istamayotgandirsan, lekin o‘zingni qiynashga arzimaydi. Hayot shunaqa, ba’zan odam og‘riqlar bilan kurashadi, lekin bu o‘tib ketadi. Faqat, vaqt kerak.

Onasi asta boshini egib, chuqur nafas oldi. Qizining soxta tabassumlari yuragini battar og‘ritardi. Ammo uni shoshiltirishni istamadi. O‘ziga kelishi uchun ozgina vaqt berish kerakligini tushundi.

– Hayot qanchalik qiyin bo‘lmasin, sen kuchlisan, qizim. Mening mehribon bolam. Bu sinovlardan ham o‘tasan, faqat biroz dam ol va o‘zingga g‘amxo‘rlik qil. G'am qaygʻu seni batamom egallashiga yoʻl qoʻyma.

Yein "hop" deb yengil tabassum ila bosh silkib qoʻydi.

– Qani endi tur, borib dam ol. Qizalogʻingning mayin bag‘rida uxlash seni yana tetiklashtiradi, – dedi onasi, mehr bilan.

Yein boshini egib, chuqur nafas oldi. Ichida og‘irlik sezsa-da, onasining gaplarida haqiqat borligini angladi. U asta o‘rnidan turarkan, onasi qo‘lini ohista ushlab qo‘ydi.

– Hammasi yaxshi bo‘ladi, qizim. Faqat o‘zingga ozroq vaqt va dam ber, – dedi onasi, ko‘zlarida ishonch bilan.

Yein yengil tabassum bilan bosh silkib, xonadan chiqdi. Qizining tinch va beg‘ubor yuzini ko‘rish unga haqiqatan ham taskin bag‘ishlashini bilardi.

Writer: #Minsu
Kanal: # Hari_fanfic

Haloyiq kanalda 350+ odam bor, ammo reaksiya soni 30 ga ham yetmaydi. Endi bir chiqadim, ikki chidadim ja unaqa yerga urish kerakmasku. Agar shu safar ham aytilgan reaksiya va comentlarni toʻliq qilmasingiz mendan ff kutmang , ff muzlatiladi !