January 3

Revenge and love

Ep‐10

Kunlar o‘tib borar ekan, Yn Jungkookka nisbatan o‘ziga xos va yangi hislarni tuya boshlagandi. U Jungkook bilan har bir suhbat va harakatida yuragida nimadir qizg‘in urayotganini sezardi. Ammo bu hislar nimaligini o'zi hech anglay olmasdi

Bir kuni Jungkook uyga odatdagidan ham xush kayfiyat bilan kirib keldi. Ko‘rinishidan u muhim bir yangilik bilan kelgandek edi. U to‘g‘ri Ynning xonasiga ko‘tarilib bordi va eshikni taqillatdi

– Taq-taq, Yn, mumkinmi?

– Ha, Jungkook, kiring.

Jungkook xonaga kirar ekan, yuzidagi quvonchni yashira olmay, so‘z boshladi

– Yn...Men topdim..Otangning qotilini topdim.

Yn bu gaplarni eshitgach, qo‘llari titrab, nafas olishi tezlashdi. Uning yuzida hayrat va biroz qo‘rquv paydo bo‘ldi

– Nima? Rostanmi? Jungkook, qanday qilib?

– Ha, rost. Nihoyat ancha vaqtlik izlanishlarim o'z natijasini ko'rsatdi

Ynning ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. U bir tomondan bu gaplardan yengillik his qilayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan yuragidagi og‘riq qayta jonlanayotgan edi

– Kim ekan u
–Dadangni eng yaqin do'sti hamda hamkori bo'lgan Janob Park
–Janob Park?
–Ha, shunday, Yn eslab ko'rchi yoshligingda bunday insonni ismini eshitmaganmisan

Yn negadir xomush tortib qoldi

–oyim aytishlaricha men kichikligimda zinadan behosdan yiqilib tushib xotiramni yo'qotgan ekanman. Shuning yoshligim bilan bog'liq xotiralarim yo'q.

Jungkook, Ynning so‘zlarini eshitarkan, bir zum aytgan gapi uchun pushaymon bo'ldi

– Hop, Yn, bo'ldi bu haqida unutaqol. Qara, Janob Park otang bilan juda qalin do‘st bo‘lgan ekan, lekin qandaydir sabab bilan ular o‘rtasida nizo chiqqan. Bu tafsilotlarni aniq bilmayman. Ha, aytgancha, uning bir o‘g‘li bor ekan. Ismi Park Jimin.

– O‘g‘li deysanmi

– Ha, yagona o‘g‘li.

– Demak, agar Jimin uning yagona o‘g‘li bo‘lsa, u Janob Parkning eng katta boyligi hamda qo'rquvidir. Demak, biz uchun bu olja tayyor.

– Mm, Yn, bu bilan nima demoqchisan?

Ynning lablarida hiylakorona tabassum paydo bo‘ldi.

– Jimin bizning nishonimiz, Jungkook. Qasos olish uchun undan foydalanamiz.

–Ya'ni sen nima qilmoqchisan?

– Oddiygina. Sevgan qiz rolini o‘ynayman, xolos.

Jungkook bir lahza sukut saqlab, chuqur nafas oldi.

– Yn, ishonching komilmi? Men haligi... u senga zarar yetkazmaydimi?

– Yo‘q, Jungkook. Axir mendek qizni himoya qiladigan sen bor, shunday emasmi😅🤨

– Albatta, Yn. Albatta. Kimdir senga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, avval men bilan yuzlashishi kerak😅

– Bilardim. Shuning uchun rejamni xotirjam amalga oshirishim mumkin.

– Lekin eslab qol. Bu faqat reja. His-tuyg‘ularingni aralashtirishga yo‘l qo‘yma.

– Xavotir olma, Jungkook. Men uchun bu faqat qasos. Va men bu yo‘ldan chekinmayman. Hamda his tuyg'ularga ham berilmayman

Shu bilan Jungkook va Yn o‘z xonalariga tarqalib ketishdi. Yn xonasiga kirar ekan, asta yotoqqa o‘tirib, chuqur o‘yga cho‘mdi. Ko‘zlari shiftga tikilgancha, yuragidagi tugunli hislarni o‘z-o‘ziga so‘zlab chiqdi

Yn pov: Jungkook... nega bunchalar mehribonsan? Men senga yettiyot begona odamman , ammo sen... shunday bo‘lsa ham, menga qo‘lingdan kelgancha yordam beryapsan. Menimcha... seni sevib qoldim. Seni shu o‘qko‘ngil qalbingni, mehribonligingni, himoya qilishga tayyorligingni hamma hammasini sevib qoldim. Senga tamomila oshiq bo‘lib qoldim. Ammo... meni bir savol qiynaydi. Sen ham menga nisbatan biror his-tuyg‘u his qilasanmi, yoki bu faqat menga azob berayotgan, yuragimda tug'yon urayotgan tuyg‘ularmi?

Shu o‘ylar bilan Yn asta-sekin tungi uyquga cho‘mib ketdi. Xonada sukunat hukm surar, faqat oynadan tushayotgan oy nurlari xona burchaklariga yumshoq yorug‘lik sochib turardi.

Bugun ham Yein qizalog‘ini ko‘rish maqsadida onasining uyiga yo‘l oldi. Havo mayin, kechki salqinlik insonga o'zgacha hissiyot berardi. Bugun Hari maktabga kelmagandi (maktab o'quvchilarini qanday bolasi bor deyishlarz mumkin, institut so'zi yozishga noqulay bo'lgani un maktab deb yozganman)
Yein o'z uyi tomonga emas, boshqa tomonga ketayotganini korgan Suga uning qayerga borayotganini bilishga qiziqdi va orqasidan asta-sekin ergashdi.

Manzilga yetgach, Yein eshikni ochdi va ichkariga qadam qo‘ydi. Shu payt uydan kichkina qizaloq yugurib kelib, uni quchoqlab oldi.

– Ommaaa!

Yein darhol tiz cho‘kib, qizalog‘ini quchog‘iga oldi.
– Ohhh, qizalog‘im, seni juda sog‘indim! Imm, seni hidlaringga onang qurbon bo‘lsin!

Yein qizini mahkam quchib, yuzini uning sochlariga bosdi.

Buni ko‘chadan deraza orqali kuzatib turgan Suga esa ko‘rganlari qarshisida karaxt edi. U na bu holatni to‘liq tushunardi, na qanday xulosa chiqarishni bilardi.

Suga pov:

Nima?! U qizcha Yeinning bolasimi? Yoki, balki qarindoshinikidir... Uff, hayollarim chalkashib ketdi.
Agar bu qiz Yeinning qizi bo‘lsa... unda uning otasi kim? Nega u bu haqida hech narsa aytmagan? Axir men unga kimman, shunchaki o'tmishda qolgan insoniman holos

Ertasi kun

Yein sinfxonaga kirib kelar ekan, birdan uni kimdir bilagidan tutib, boshqa bir xonaga tortib kirdi. U nima bo‘layotganini anglab ulgurmasdan, yuragi tez urib ketdi. Ichki bir qo‘rquv bilan qarshisidagi odamga qararkan, biroz hayratlandi

– Su...

gapini tugatishga ulgurmasdan, uning so‘zlarini begona va sovuq lablar uning nozik va kichik lablariga to'siq bo'ldi

Yein ko‘zlarini katta ochib, nafas olishni ham unutdi. Biroq tezda undan uzoqlashib Sugaga tarsaki tushurdi

– Nima qilyapsan? Aqlingni yedingmi

– Kechir, lekin ozimni bosib turolmadim.

–Yana bir marta yo'limdan chiqsang, seni ozim sharmanda qilaman.
Yein shunday deb chiqish eshigi tomon yo'nalarkan, Suganing gapi uni joyiga mixlab qo'ydi

–Kechagi qizcha kim edi, seni qizingmi?

Yein bir muddat muzlab qoldi, unga nima deyishni, qanday bahona toqishni bilolmasdi

– Men seni tushunmayapman, nima haqida gapiryapsan

–Men kecha hammasini ko'rdim, o'zingni go'llikka solma

–.....

– Haqiqatni ayt, Yein. O‘sha qiz... u seniki, to‘g‘rimi? Shu paytgacha buni mendan yashirib kelgansanmi?

Yein qochib qutulolmasligini bilib, haqiqatni aytishni afzal ko'rdi.

–Ha, u mening qizim,

Suga bir qadam yaqinlashdi, yuzidagi o‘ta jiddiy ifoda bilan savol berdi

– Unda otasi kim?

Yein uning bu savolidan o‘zini chetga tortmoqchi bo‘ldi, lekin Suganing qattiq nigohi uni joyida qotirib qoydi

– Senga buni ahamiyati yo‘q

Suga birdan ovozini ko‘tarib, g'azab bilan gapirdi

– Men SENDAN otasi kim deb so‘radim, Yein!

Yein chuqur nafas olib, boshini ko‘tardi

– Men! Yetarlimi. Otasi ham men, onasi ham men!

– Yein, meni gazablantirma. Men haqiqiy javobni bilmoqchiman. Kim u? Nega qizalog‘ingni yolg‘iz tarbiyalayapsan?

–Senga hayotim haqida tafsilot berishga majbur emasman. Sen kim bo'libsanki, meni hayotimga burningni suqasan. Aaa kim?. Hech kimsan eshitdingmi, hayotimda sariq chaqaga ham arzimaydiga hech kimsan. Endi yo'limdan qoch va menga boshqa yaqinlashma.

Yein shosha-pisha xonadan chiqib ketdi. U o‘zining ichki iztirobini yashirish uchun harakat qilsa ham, yuragida og‘irlik sezardi. Yo‘lak bo‘ylab yurarkan, ko‘zlari yosh bilan to‘lib-toshgan edi.

Yein pov:
Suga, meni kechir. Seni bu savollaring uchun ayblamayman, seni bilishga haqqing bor, ammo men Hariga nisbatan nohaqlik qilolmayman, uni ranjitishni xohlamayman.

Yein shunday degancha ayollar xonasiga kirib, yuz qo'lini muzdek suvga yuvgach, sinfxonaga yo'l oldi

Yein xonaga kirishi bilan Harining porloq tabassumi unga shunday iliqlik bag‘ishladiki, u o‘zini bir zumga hamma muammolardan xoli his qildi.

Ohhh, mening quyoshim keldi!

Hari shunday degancha Yeinni yengil quchdi.

– Ohh, Harishiim, yaxshimisan? Kecha maktabga kelmading.

Hari bir oz noqulaylik bilan yelkasini qisdi va qizarib javob berdi
– Uxlab qolibman...

–Yoo xudo Hari, qachon tartibga o'rganasan, axir kechqurun vaqtliroq uxla deymanku senga

–Eee endi sen boshlama, bazida seni onam deb oylab qolaman Yein😂

Xonaga fan o'qituvchisi kirib keldi.

Dars xonasida hamma tinch edi. Yein esa o‘ylariga cho‘mgancha, darsda e’tiborini jamlay olmayotgandi. Sal avvalgi voqealar uning xotirasida qayta-qayta jonlanar, ko‘zlarida beixtiyor yosh qalqib turardi. Nihoyat, u o‘rnidan turib, ustozdan ruxsat so‘radi

– Ustoz, chiqib ketsam maylimi?

– Hop, mayli.

Yein tezda xonani tark etdi. Hari esa darsga etibor bermay, boshini partaga qo‘yib, yengil uyquga cho'mgandi

Bir vaqt Yeinning telefonidan xabar kelganini anglatuvchi ovoz eshitildi. Hari ovozni eshitib, boshini ko‘tarib qaradi. Yeinning telefoni partada edi va ekranida xabar matni ko‘rinib turardi

*Omma*
– Qizim, bugun ham uyga kel, qizingni biroz isitmasi bor, seni so'rab harhasha qilyapti

Hari telefon ekranidagi yozuvni o‘qib, ko‘zlarini kattaroq ochdi:
– Qizing??

Dars tugashi bilan Yein sinfxonaga qaytdi. Ammo uning boshi o‘z hayollari bilan band edi, shuning uchun Harining sinchkov nigohlarini darhol payqamadi. Yein o‘z joyiga o‘tirishi bilan Hari unga qarab:

– Yein, men seni eng yaqin dugonangmanmi, o‘zi?

– Ha, albatta, Hari.

Hari qo‘lini stulning orqasiga qo‘yib, boshini yoniga qiyshaytirdi:
– Unda nega menga qizing haqida hech narsa aytmading?

Yeinning yuzi bir lahzada oqarib ketdi. Lablarini qimtib, ko‘zlarini yerga tikkancha, chaynalib gap boshladi

– Ha... li... iigi, Hari... bu borada senga aytib, seni ham boshingni og‘ritishni xohlamagandim.

– Yein, biz eng yaqin do‘st emasmizmi? Sening muammolaringni hech biri mening boshimni og‘ritmaydi. Men senga yordam berishga, muamolaringga yechim topishga doimo tayyorman. Bundan keyin hech narsani mendan yashirma, boptimi?

– Yaxshi🙂

– Endi esa, qani, menga qizing haqida hamma narsani aytib ber.

– Qizimning ismi Ari. U mening ham quvonchim, ham azobim..Yaqinda 4 yoshga to'ladi, ammo sen uni gaplarini eshitsang hech ham bunday deb oylamaysan, kichik buzgunchini o'zginasi😅

–Ohh qiziqtirib qo'ydiku kichik malika, meni u bilan qachon uchrashtirasan

–Mm istagan payting

–Yaxshi unda ertaga

–Hop

–Haligi Yein uning otasi qayèrda

Yein bu gaplarni eshitarkan biroz sukut qildi

–Bu haqida keyin so'zlab bersam maylimi

Shu suhbatdan so‘ng, Harining qalbida Yein haqida yana ko‘plab savollar paydo bo‘ldi, ammo u hozircha barchasini ichida saqlashga qaror qildi.

Maktab ichida shov-shuvli xabar tarqaldi: kimdir bir xonada Suga va bir qizni o‘pishayotganini ko‘ribdi. Ularni ko‘rganlar orasida shubha yo‘q edi, ular Suga ekanligini aniq bilishardi, lekin qizning kimligini aniq korisholmagandi. Bu mish-mish tezda sinf va maktab bo‘ylab tarqaldi va oxir-oqibat Harining qulog‘iga ham yetib bordi.

Hari bu xabarni eshitgan zahoti shok holatiga tushib qoldi. Yuzida ajablanish va xafalik hisi paydo boldi. U o‘ziga kelishga harakat qilib, asta o‘z-o‘ziga pichirladi:
– Yo‘q, bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas... Suga bunaqa ish qilmaydi......

Shu mish-mishlar tufayli Hari va Suga o‘rtasida biroz sovuqchilik yuzaga keldi. Hari Suga bilan gaplashmay, undan uzoqlashishga qaror qildi. Suga esa vaziyatni tushuntirishga har qancha urinmasin, Hari uni har ko‘rganida yuzini burib, gaplashishni istamasdi.

Suga har kuni Harining ortidan borar, uning bilan gaplashishga harakat qilardi. Ammo Hari o‘zini olin qochib, unga imkon bermasdi.

Bir kuni tanaffus paytida Suga Harini burchakda yolg‘iz turganini ko‘rib, yana bir bor urinib ko‘rishga qaror qildi. U Hariga yaqinlashar ekan, yumshoq ovozda gap boshladi

– Hari, iltimos, gaplashaylik. Bu mish-mishlar haqida bilaman, lekin meni ham eshit

Hari unga o‘girilib, sovuq ohangda javob berdi
– Suga, men seni tanimay qoldim. Nega bunday qilganingni tushunmayapman va tushunishni ham bilishni ham istamayman

– Hari, meni bir marta tingla, iltimos. Men... o‘sha qiz bilan hech qanday aloqam yo‘q. Uning ozi mendan bosa ola boshladi

– Hop sen aytgandek bolibdi ham deylio, nega unda o‘sha payt jim o‘tirding? Agar yolg‘on bo‘lsa, o‘zingni nega olib qochmading. Yoki bu senga moydek yoqib tushdimi

– Unday emas Hari, iltimos meni kechir

Hari bir oz o‘ylanib qoldi. Uning ichida Suga haqiqatan ham samimiy ekaniga ishonish hissi paydo bo‘ldi, ammo bu hisni tan olishni istamasdi.

– Menga biroz vaqt ber Iltimos, hozircha mendan uzoqroq yur.

Suga bir lahzaga sukutda turdi, so‘ng boshini qimirlatib, asta orqaga qaytdi.

Ertalab tonggi shabada oynadan kirib, xonaga yangi kunning nafasi bilan to‘lib turardi. Yn tong sahar turib, dush qabul qildi va kiyim shkafini ochdi. U ko‘ngliga yoqqan nafis kiyimni tanladi, so‘ng toshoyna yoniga kelib, yuziga yengil makeup qildi. Tayyor bo‘lgach, u xonasidan chiqdi va Jungkookning xonasini taqillatdi.

Bir necha lahza ichida Jungkook eshikni ochib chiqdi. U odatdagidek bashang kostyum va shim kiyib, jiddiy qiyofada turardi.

– Hayrli tong, Jungkook

– Senga ham.

– Menga Park Jimin haqida barcha ma’lumotlarni yig‘ib bera olasanmi?

– Ha, albatta. 5 daqiqa

U telefonini qo'liga oldi va kimgadir qo'ng'iroq qila boshaldi. Uning ovozi sovuq va qat’iyatli edi

– Beshta daqiqa ichida Park Jimin haqidagi barcha ma’lumotlar qo‘limda bo‘lsin.

Jungkookning yuzidan taralayotgan sovuq aura xona havosini ham bir zumda og‘irlashtirdi. Yn bu qattiq ohangni eshitib, o‘zini mahkam tutishga harakat qildi, ammo ich-ichidan hayratda edi.

Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook telefondagi suhbatni tugatdi
– Tez orada kerakli hamma ma’lumotni olamiz. Qolganini sening ixtiyoringda bo'ladi. Kelishdikmi kichkina😅

–Ha kelishdik😅

Jkning telefoniga xabar keldi

Park Jimin 25 yoshda , yosh biznesmen otasini kompaniyasini boshqaradi, undan tashqari o'zining ham ko'plab kichik kichik kopmaniya hamda bizneslari bor. Biznes sohasida ancha ilg'or.

– Xo‘sh, Yn, bugungi rejalaring qanday?

– Park Jimin bilan uchrashuv

– Juda ishonchli eshitildi. Sen haqiqatan ham rejangni amalga oshira olasanmi?

– Albatta. U bilan uchrashish – bu faqat boshlanish. Qolganini esa vaqtning qo'liga topshiramiz

Jungkook unga diqqat bilan qaradi. U Ynning qat’iyatini ko‘rib, ich-ichidan uning rejasi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch hosil qildi, ammo baribir tashvishlanardi.

Jungkook ozgina tabassum bilan dedi:

– Unday bo‘lsa, omad, Yn.

–Rahmat

– Ha, aytgancha, Jimin bugun soat 11:00 da kompaniyada majlisi bor. Va 10:30 larda yo'lga chiqadi

– Ha, tushunarli

– Yana bir gap. Seni mening haydovchim olib boradi.

– Aha, hop. Rahmat.

Jungkook oxirgi marta yana tabassum qilib dedi

– Omad, Yn.

– Rahmat, Jungkook.

U o‘z xonasiga qaytib, bugungi uchrashuv uchun oxirgi tayyorgarliklarini ko‘rishga kirishdi. Bu uchrashuvning har bir tafsiloti uning uchun muhim edi, chunki bu o‘yinning dastlabki qadami edi.

Author: Minsu
Kanal: Hari_fanfic