Revenge and love
Avtordan: Ikki oʻt orasida qolish – bu qaror qabul qilishning eng og'ir damlari. Har bir tanlov, hatto kichik tuyulganida ham, kelajakni o'zgartirishi mumkin. Yana bir qadam bosishdan oldin, inson ko'pincha ichki kurash va ikkilanishni boshdan kechiradi, chunki har bir tanlovda nafaqat o'z taqdiri, balki boshqalarining taqdiri ham bog'liq bo'ladi.
Jungkook ynga xayrli tun tilagancha chiqib ketdi, o‘z xonasiga kirib, eshikni asta yopdi va boshini devorga suyab, chuqur nafas oldi. Stoliga borib oʻtirar ekan, hayollar ummoniga choʻka boshladi.
Jungkook pov:
"Bilardim... seni o‘tmishing og‘ir ekanligini bilardim, lekin bu qadar... Bu darajada qo‘rqinchli va adolatsiz ekanligini tasavvur ham qilolmaganman. Qanday qilib odamlar shunchalar shafqatsiz bo‘lishi mumkin? Yosh bolaga bunday azob berish, ruhini bu darajada vayron qilish... bu insoniyat emas, bu vahshiylik. Yn, sen bu azoblar bilan qanday yashading? Murgʻak qalbing bu azobni shuncha yillar qanday koʻtarib yurdi.
U qo‘llarini yuziga bosib, chuqur o‘ylanib qoldi.
Jungkook pov: Bilasanmi, kundan-kun senga nisbatan oʻzgacha tuygʻular his qilyapman, nahotki bu sevgi? Yo‘q, men buni sevgi deb atay olmayman. Ammo bir narsa aniq: seni himoya qilishni, seni bu og‘riqlardan qutqarishni juda xohlayman. Bu o‘zgacha hissiyot... lekin bu sevgi emas. Balki bundan ham chuqurroqdir? Sen meni o‘zingga bog‘lab boryapsan, Yn. Har bir suhbating, har bir nigohing menga nimanidir ifoda etadi, nimanidir so‘raydi... va men bilaman, undan qocholmayman.
–Lekin senga qasos olishga yordam berishim to‘g‘rimi? Bu sening dardlaringni yengillashtiradimi yoki aksincha, qalbingda yana boshqa og‘riqlarni uyg‘otadimi? Bilaman, o‘tmishing og‘ir. Sen uzoq vaqt davomida yolg‘izlik va azob ichida yashagansan. Ammo qasos... bu hech qachon hal qiluvchi yechim bo‘lmagan. Men seni yana bu zanjirga bog‘lamoqchi emasman. Men seni xalos qilmoqchiman.
U xonasining burchagida chuqur o‘yga cho‘mdi. Uning nigohlarida ikki xil hissiyot kurashar edi: biri unga o‘z his-tuyg‘ulariga qarshi turishni maslahat berardi, ikkinchisi esa Ynning ichki qichqirig‘ini eshitishni va uni tushunishni talab qilardi.
–Ammo, agar bu senga tinchlik olib keladigan yagona yo‘l bo‘lsa... agar bu sening ko‘nglingdagi og‘irlikdan qutulishing uchun zarur bo‘lsa... unda men bunga ko‘z yummayman. Seni yolg‘iz tashlab qo‘ymayman. Har qanday og‘ir qarorning yonida bo‘laman. Faqat, Yn, buni bilib qo‘y: bu yo‘l seni o‘zgartirib yubormasligi kerak. Bu sening kuchliligingni tasdiqlashi, lekin sening begunoh qalbingni so‘ndirmasligi kerak. Va men bu uchun astoydil harakat qilaman. Hatto, avvalgi yovuz Jungkookga qaytishim kerak bo‘lsa ham, sen uchun qilaman.
U bir lahza o‘yga cho‘mdi, ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Uning ichki kurashi hali tugamasdi. O‘tmishda qilgan xatolari va ularni qaytadan takrorlash ehtimoli uni ikkilantirardi. Lekin Ynning nigohidagi chuqur azob unga tinchlik bermasdi.
–Chunki sen his qilgan azoblarni, qisman bo‘lsa ham, men ham his qilganman. O‘tmishimni unutishga qancha harakat qilmayin, u meni hech qachon tark etmagan. Shuning uchun men seni tushunaman. Ularning senga nisbatan qilgan qabih ishlari kechirib bo‘lmas darajada edi. Sen yolg‘iz qolib ketding, haqsiz azoblarga duch kelding. Men esa hech bo‘lmasa, bir marta bo‘lsa ham kimningdir og‘rig‘ini engillashtirishni xohlayman.
Jungkook bu qarorga o‘zini ishontirdi. Ynni bu botqoqlikdan chiqarish uchun u bor kuchini sarflashga tayyor edi
Jungkook hayollar og‘ushidan chiqib, o‘zi uchun eng tinch va taskinli joyga aylangan xona tomon yo‘l oldi. Xonaga qadam qo‘yar ekan, xona oʻrtasidagi karavotda oʻtirgan ayol Jungkookni koʻrishi bilan yuziga gʻaroyib bir nur yugurdi, koʻzlarida quvonch miltilladi.
Jungkook sekin ayolga yaqinlashdi. Tizzalab oʻtirib, uning qoʻlidan mehr bilan oʻpdi:
— Mehribonim, yaxshimisiz?
Ayolning lablari titradi, go‘yo gapirmoqchi edi, ammo tiliga so‘z kelmasdi. U faqat nimadandir qoʻrqib, boshini ikki tomonga asta silkidi. Nigohlari shunchalar beg‘ubor va ayanchli ediki, Jungkookning yuragi siqilib ketdi.
Ayol past ovozda xirgoyi qila boshladi. Bu u uchun muloqotning yagona shakli edi. Jungkook uning qoʻllarini mahkam ushladi:
— Onajon, qo‘rqmang. Men yoningizdaman. Sizni hech qachon yolg‘iz tashlab qo‘ymayman.
Ayol unga boqib, ko‘zlaridan bir tomchi yosh yumalab tushdi. U qoʻllarini Jungkookning yuziga qoʻydi, soʻng titroq qoʻllarini tortib olib, bir burchakka qaratdi. Bu oddiy odamga noma’lum ishora edi, ammo Jungkook bu harakatni tushundi.
U chuqur xo‘rsindi. Onasining ichki alamini his qilib turardi.
— Hammasi yaxshi bo‘ladi, onajon. Hammasini joyiga qo‘yaman. Faqat biroz vaqt kerak.
Ayol yana nimadir xirgoyi qildi, ammo bu safar uning ovozida tinchlik sezilar edi. Jungkook qo‘llarini ushlagancha bir muddat jim o‘tirib qoldi. Xonada faqat u va onasining og‘ir nafas olishlari yangradi, barcha og‘irlik va dard shu kichik, tinch makonda yig‘ilgan edi.
Jungkook asta sekin boshini onasining tizzasiga qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. Uning ovozi shivirlab eshitildi, go‘yo aytayotgan gaplari onasidan ko‘ra ko‘proq o‘z qalbiga qaratilgandek:
– Omma, bir kun butunlay tuzalib ketsangiz, sizga bir bemorimni tanishtiraman. U boshqa hech kimga o‘xshamaydi... Juda o‘zgacha. Uning ichki dunyosi sirli, ammo chiroyli. Bilasizmi, avvaliga u faqat jim edi, go‘yo real dunyodan butunlay uzilgandek. Biroq men uni real hayotga qaytara boshladim . Ammo
–omma sizga rahmat, meni ezgulik yoʻliga chorlaganingiz uchun. Shifokor boʻlish insonlarni ezgulik yoʻlida davolash yoshligimdagi ushalmay qolgan orzuim boʻlib qoladi deb oʻylagan edim . Ammo siz meni orzu istaklarimni roʻyoga aylantiruvchi farishtasiz.
U chuqur nafas oldi, ovozi yanada pastroq chiqdi:
– Omma, faqat kichik muammo bor, bemorim bolaligini, ota-onasini, hayotini tortib olganlardan qasos olmoqchi. Men unga yordam berishim kerakmi yoki yo‘q, bilmayman. Unga yordam bersam, men yana avvalgi Jungkookga qaytishim kerak bo‘ladi. O‘sha sovuq va yovuz Jungkookga. Biroq, omma, agar shunday bo‘lsa, men ezgulik yoʻlida jon fido qiluvchi jungkookga hech qachon qayta olmayman. Shu bois men bu masalada juda ko‘p o‘ylayapman.
Uning ovozi endi yanada pastlashdi, deyarli eshitilmas bo‘ldi:
– Biroq men sizni to‘liq tuzatmagunimcha, sizni bu ruhiyatning qora botqogʻidan butunlay halos qilmagunimcha , bu ishlarning hech biri boʻlmaydi . Chunki sizning sog‘lig‘ingiz men uchun hamma narsadan muhimroqdir omma.
Jungkook bir lahza jim qoldi, onasining iliq qo‘lini mahkam ushladi. Xonadagi sukut shunchalik chuqur ediki, go‘yo vaqt ham to‘xtab qolgandek tuyulardi.
Suga o'zining chuqur hayollari bilan xonaga kirib ketdi. Darslar bir-biridan zerikarli o'tdi, e'tiborini hech narsaga qaratolmadi.
Nihoyat, tanaffus bo'ldi. Harining uyqusi ustunlik qilib, uxlab yotaverdi.
Koridorning oxiriga yaqinlashar ekan, ko'ziga tanish bir qiz ko'rindi. U hojatxonaga kirib ketayotgan edi. Suga tanish qiyofani ko'rib bir zum to'xtab qoldi. Keyin qandaydir ichki kuch bilan ortidan yugurdi.
Qiz hojatxonadagi oyna oldida makiyajini toʻgʻirlab turardi.
Hojatxonaning qalin sukunatida uning harakati aniq-tiniq eshitilardi. Shu payt u bo'yniga tushgan hurkak bir nafasni his qilib cho'chib ketdi. Orqaga o'girilib qaradi...
Qarshisida turgan yigitni ko'rib qoʻrqib ketdi. Yigit qizga juda yaqin turgan edi, uning ko'zlari o'zidagi ma'no bilan o'rtanayotgandek tuyulardi. Qiz bir lahza tikilib qoldi, keyin esa ko'zlaridagi cho'chishni yashirishga harakat qilib gap boshladi
–bu..uu yerda nima qilyapsan, aa yoʻq nima qilyapsiz
– Nega mendan qochib yuribsan? – dedi Suga, ovozidagi qatʼiylikni saqlagan holda.
Qiz yelkasini qisib, yuzini teskari o'girdi:
– Qochganim yo‘q.
– Aldama! Meni ko‘rishing bilan darrov qayergadir yo‘q bo‘lib qolasan. Harining yoniga borsam, bahonalar qilib ketib qolasan.
Qiz birdan jahl otiga mindi :
– Senga nima, a? Tinch qo‘y meni! Endi sevgiling bor, tushunyapsanmi? Sevgiling! Meni unut. Endi unut, jin ursin! Men senga xiyonat qilganman, eshityapsanmi? XIYONAT! Sen mendan nafratlanishing kerak!
Suga unga bir qadam yaqinlashdi, ovozi pastlashdi, ammo yuragini yirtib yuborayotgan his-tuyg'ular o'sha tovushda aks etdi:
– Sendan nafratlanaman... ammo qalbimdagi bir ovoz bu nafratni har doim inkor qilyapti. To‘g‘risini ayt, sen ataylab qilmagansan, to‘g‘rimi? Seni majburlashgan, a?
Qiz bir lahza ko‘zlarini yumdi, yuragining og‘riqlari ovozini boshqarishga imkon bermadi. Ammo koʻzlarini ochgach, dadillik bilan gapirdi:
– Yo‘q, unday emas! Men bu ishni o‘zim qildim. Sendan zerikkanim uchun. Seni sevmaganim uchun!
Suga qo‘llarini siqib, o‘zini tutishga urindi:
– Yana aldayapsan, xuddi o‘tmishdagidek meni laqqa tushiryapsan
Qiz bu gapga sabr qilmadi, ichidan yonib chiqayotgan hislarini bostirib, yig‘lagan ovozni yutdi:
– Aldaganim yo‘q!
– Unday bo‘lsa, ko‘zimga qara. Ko‘zlarimga qarab ayt! "Seni sevmaganman. Sendan kechish uchun shunday qilganman," deb ayt! Qani, ayt!
Qiz bir muddat sukut saqladi– *Meni kechir, Suga. Seni aldashga majburman. Men ancha yillar oldin kelajakda sen bilan birga bo‘la olmasligimni bilganman. Bularni barchasini bila turib shu yoʻlni tanladim. Bundan tashqari Harining ko‘ngli sinishini xohlamayman. Uning koʻzlarida senga boʻlgan sevgi mavj urib turadi, qani ayt men qanday qilib unga nisbatan xudbinlik qila olaman
Qiz bir nafas oldi, ko‘zlarini Suganing ko‘zlariga tik qaratdi:
– Ha, seni sevmaganman. Sendan faqat foydalanganman, xolos. Xiyonat qilgan insonimga ham katta pul taklif qilgani uchun rozi bo‘lganman. Sen bilan esa boy oila farzdandi boʻlganing uchu gaplashganman. Chunki men pulga, boylikka o‘chman qizman
Bu so‘zlar Suga uchun xuddi pichoq bo‘lib sanchildi. Qiz esa ko‘zlaridagi yig‘ini boshqara olmay, boshini egib, hojatxonadan chiqib ketdi. Tashqariga chiqishi bilan uzoq vaqtdan beri ushlab turgan ko‘z yoshlarini qo‘yib yubordi
Qiz eshikni ohista yopib, chiqib ketarkan, Suga sukut saqlagancha uning ortidan uzoq tikilib qoldi. Uning ichida yong‘in singari yoqayotgan his-tuyg‘ular yuzida hech qanday jahl yoki g‘azabni ifodalamasdi. Aksincha, uning nigohlari chuqur og‘riq va charchoq bilan to‘ldirilgan edi.
Suga pov:
Kimni aldamoqchi boʻlyapsan? Yolg‘on gapirganda burning qip-qizil boʻlishi yodingda yoʻq shekilli. O‘zingni mendan uzoqlashtirishga majbur qilyapsan, lekin koʻzlaring haqiqatni aytib turibdi.
U chuqur nafas oldi va boshini asta silkitdi. Ichki kurashni davom ettirib, qalbida yong‘in singari yurayotgan his-tuyg‘ularni boshqarishga urindi.
Qiz pov:
Hari, men Sugani sevaman, ammo senga nohaqlik qila olmayman. Axir sen hech narsaga aralashmagansan, barchasi mening xatolarim sabab. Ammo yuragim... yuragim uni unutishga imkon bermayapti. Har safar uni ko‘rganimda, ichimda ezilish va armon uyg‘onadi. Lekin, men sening baxtingni tortib olishni o‘zimga ravo ko‘ra olmayman. Sen uni sevasan, u esa... balki seni sevishga haqliroqdir.
Shunday bo‘lsa ham, o‘zimni aldashni bas qilishim kerak. Sugani unutishim kerak, orqaga qaytish uchun hech qanday yoʻl yoʻq. Men faqat undan uzoqlashib, o‘z yo‘limni topishim kerak. Bu mening jazom, men tanlagan yo‘lning natijasi. Shunday emasmi?
Qiz bir lahza o‘zining ko‘z yoshlari oqib tushishini his qilmasdan turib qoldi. Uning ichida shunday his-tuyg‘ular aralashib ketgandiki, ularning ichidan birortasini anglab olish mushkul ish edi. Ammo u bir narsani aniq biladi. Bu iztirob faqat uning bo‘ynidagi yuk edi va u buni o‘zi bilan olib ketishi kerak.
Hari, men sening baxtingni buzishga haqli emasman... lekin uni yuragimdan sug‘urib tashlash uchun qancha kuch kerakligini bilmayman.
Hari uyg‘onarkan, darslar allaqachon tugab bo‘lgandi. Atrof tinch, faqat sinf bo‘m-bo‘sh edi. Narsalarini yig‘ib, tashqariga chiqdi. Yo‘lakning oxirida, boshini quyi solib kelayotgan dugonasini ko‘rdi. Harining yuragi nimadandir g‘ash bo‘ldi.
– Yein! – deya chaqirdi u. (Eslatma ayrim sabablarga koʻra, ji-an ismini yeinga oʻzgartirdim)
Yein ovozni eshitib, bir lahzaga to‘xtadi. Keyin asta yuziga sohta tabassum olib, Hariga qarab yura boshladi.
– Nega bunchalar g‘amgin ko‘rinyapsan, Yein? Hammasi joyidami? – dedi Hari yaqinlashib, uning qo‘lidan tutarkan.
Yein bir lahza jim turdi, ichki kurashlarini yuziga chiqarib qo‘ymaslik uchun chuqur nafas oldi.
–Hammasi joyida, Hari. Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Charchadim, xolos.
Harining ko‘zlari Yeinning yuziga sinchkovlik bilan boqardi.
– Yein, sen meni aldama. Yuzingdagi tabassum hech nimani yashirolmayapti, koʻzingdan nima boʻlgani ayon. Dugonangman, mendan yashirma. Nima bo‘ldi?
Yein uning ishonchga to‘la ko‘zlariga qararkan, ichidan o‘tib ketgan tuyg‘ularni bosishga harakat qildi. Ammo qo‘llari beixtiyor Harining qo‘lini qattiqroq siqib yubordi.
– Hari, hozir gapirmasam bo‘ladimi? Hech bo‘lmasa, ozgina vaqt ber. Men hammasini aytib beraman, va’da beraman. Faqat hozir emas, iltimos.
Hari bir lahza unga tikilib turdi-da, asta bosh silkib qo‘ydi.
– Mayli, lekin bilib qo‘y, qancha vaqt kerak bo‘lsa ham kutaman. Men har doim yoningdaman, Yein. Esingdan chiqarma.
Yein ichida minnatdorlik his qildi, ammo tashqarida sohta tabassumi hali ham o‘z o‘rnida edi.
– Bilaman, Hari. Bilaman.
Qiz yuzini artarkan, o‘ziga shunday dedi:
–Bu dardni faqat vaqt davolaydi. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun kuch topaman. Sugaga ham, Hariga ham baxt tilashdan boshqasi qolmadi. Balki bu sevgi emasdir, balki bu o‘tkinchi tuyg‘udir... lekin bu o‘tkinchilik qanchalar og‘riqli ekan, hech kimga ko‘rsatmaslikka harakat qilaman.
Hari uyg‘onarkan, darslar allaqachon tugab bo‘lgandi. Atrof tinch, faqat sinf bo‘m-bo‘sh edi. Narsalarini yig‘ib, tashqariga chiqdi. Yo‘lakning oxirida, boshini quyi solib kelayotgan dugonasini ko‘rdi. Harining yuragi nimadandir g‘ash bo‘ldi.
– Yein! – deya chaqirdi u. (Eslatma ayrim sabablarga koʻra, ji-an ismini yeinga oʻzgartirdim)
Yein ovozni eshitib, bir lahzaga to‘xtadi. Keyin asta yuziga sohta tabassum olib, Hariga qarab yura boshladi.
– Nega bunchalar g‘amgin ko‘rinyapsan, Yein? Hammasi joyidami? – dedi Hari yaqinlashib, uning qo‘lidan tutarkan.
Yein bir lahza jim turdi, ichki kurashlarini yuziga chiqarib qo‘ymaslik uchun chuqur nafas oldi.
–Hammasi joyida, Hari. Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Charchadim, xolos.
Harining ko‘zlari Yeinning yuziga sinchkovlik bilan boqardi.
– Yein, sen meni aldama. Yuzingdagi tabassum hech nimani yashirolmayapti, koʻzingdan nima boʻlgani ayon. Dugonangman, mendan yashirma. Nima bo‘ldi?
Yein uning ishonchga to‘la ko‘zlariga qararkan, ichidan o‘tib ketgan tuyg‘ularni bosishga harakat qildi. Ammo qo‘llari beixtiyor Harining qo‘lini qattiqroq siqib yubordi.
– Hari, hozir gapirmasam bo‘ladimi? Hech bo‘lmasa, ozgina vaqt ber. Men hammasini aytib beraman, va’da beraman. Faqat hozir emas, iltimos.
Hari bir lahza unga tikilib turdi-da, asta bosh silkib qo‘ydi.
– Mayli, lekin bilib qo‘y, qancha vaqt kerak bo‘lsa ham kutaman. Men har doim yoningdaman, Yein. Esingdan chiqarma.
Yein ichida minnatdorlik his qildi, ammo tashqarida sohta tabassumi hali ham o‘z o‘rnida edi.
– Bilaman, Hari. Bilaman.