Revenge and love
Yein va Hari odatdagidek maktab oshxonasiga ovqat tanovvul qilib o'tishardi
—Mmm, Hari men bugun oyimning uyiga bormoqchi edim, men bilan borasanmi
—Oo ana mayli, shu bahona kichkintoy yein bilan ham tanishib olardim
Tanaffusni tugaganini anglatuvchi qo'ng'iroqning baland ovozi maktab bo'ylab jarang sochdi
—Kettik, Yein darsga kiraylik
Ular o'rinlaridan turib maktab oshxonasini tark etib, sinfxonaga yo'l olishdi.
Hozir adabiyot darsi...
Hari pov: dars vaqti doim tarbiyaviy soat bo'ladi yoki bizning og'zi tinmaydigan o'qituvchimizning hayotidagi voqealari rivoji aks etgan tarix darsi bo'ladi. Uff zerikib ketdim. Tezroq dars tugasa-yu, Yeinni uyi tomon yo'l olsak, negadir juda hayajonlanib ketyapman.
Hari shunday hayollar bilan mudrab o'tirarkan har zamonda o'qituvchidan dakki ham eshitib turardi.
Nihoyat barcha o'quvchilari xursand qiluvchi chiqish qo'ng'iroqlari chalindi.
—Yein, bo'laqol tezroq boraylik, ichimga sig'may ketyapman
Yein Harining xursandligidan entikib kulib qo'yardi
Ikki dugona yo'l cheti bo'ylab, suhbatlashib qanday yetib kelishganini ham bilmay qolishdi.
—Mana, shu oyimning uyi yur, ichkariga kiramiz
Yein borib eshikni mayin taqillatdi.
—Kim bor eshikni ochinglar ona echki sizni ko'rish uchun uzoq yo'l bosib keldi😅.
Uni ovozini eshitgan oyisi, eshik tomon yo'naldi. Qizlar Yeinning onasi bilan salomlashgach uyga kirishdi. Mehmonxona tomon yo'l olisharkan, divanda miriqib multfilm tomosha qilayotgandi.
—Meni gulg'uncham nimalar bilan band
Qizaloq onasining ovozini eshitarkan, sekinlik bilan divandan tushib, onasiga qarab talpindi
—ommaaaa
—ohh meni gulg'uncham ommang sendan aylansin
Hari ularni kuzatib turarkan, qizaloqning yuz tuzilishlari unga kimnidir eslatib yubordi, ammo kim ekanligini o'zi ham bilmasdi.
—Gulg'uncham tanish, bu meni dugonam Hari
Hari qizaloq bilan tenglashish uchun cho'kkaladi
—Salom, seni isming Ari bo'lsa kerak aa?
Qizaloq javob berish o'rniga bosh silkib, onasinig etagiga yashirindi
—qizim bu qanday odobsizlik, qani u bilan salomlashchi
—Salom🙂
—Ohh seni bu shakar tillaringga, onasini erkatoyi deb yuzini chimdilab qo'ydi
Qizaloq Harining boshida chiroyli to'g'nog'ichga qarab tikilib qoldi. Hari u nimaga qarayotganini tushunib boshidagi to'g'nog'ichni oldi
—chiroylimi?
—haa, juda chiroyli ekan
—uni menga dadam sovg'a qilgan, xuddi sendek kichkina boʻlgan paytimda
Qizaloq onasiga qarab: "omma dada kim", - deb savol berdi
Hamma sukut saqlardi, axir nima ham deyishardi bu murg'ak qalbga.
Hari gapni burib Arini o'ziga qaratdi
—Ari uni senga berishimni xohlaysanmi, menda bunaqalar juda ko'p
Ari nima deyishni bilmay goh onasiga goh buvisiga nazar tashlab qo'ydi. Yein tasdiq ma'nosida kulgancha bosh silkirkan, qizaloq iymanibgina qo'l cho'zdi
—rahmat
Yn do'kon aylanib chiqqach yo'ldan o'tayotib katta tezlikda kelayotgan mashinani ko'zdan qochirgan edi. Mashina ham Ynga yaqinlashib qolganda kuchli tormoz tufayli shinalar yo'lga ishqalanib yoqimsiz ovoz keltirib chiqardi. Tormoz bossa ham katta tezlikda kelayotgani tufayli Ynni turtib yuborgandi.
—Ufff shu yetmay turgandi, nega kech qolib turganda hamma palakatlar meni qarshimga chiqadi
Yigit asabiy mashinadan tushardi, shu barobar qizga ovoz tonini ko'tarib gapirishni ham unutmadi.
Uning ovozidan asabiy ekanligini bilish qiyin emas edi.
—Ko'zingga qarab yursang bo'lmaydimi, boshimga yana ortiqcha tashvish yuklatting
Yn oyog'i qayrilgani tufayli boshini egib yig'larkan, yigitning gaplaridan keyin sekin boshini ko'tardi
Yigit unga qararkan aytmoqchi bo'lgan gaplarini unutib kalovlanib qoldi
—meni kechiring janob, ehtiyotsizligim tufayli sizni ham ishdan qoldirdim
—Aa haligi, yo'q bemalol, ee uff nima deyapman🤦. Aslida mening ham aybim bor, trassada katta tezlikda harakatlanmasligim kerak edi, mashinaga chiq, shifoxonaga eltib qo'yaman
—Yo'q shart emas, men yaxshiman siz bemalol ketavering deb o'rnidan turarkan, oyog'i ogʻriq berib qayta yiqilib tushdi
Yigit kinoyali kulgancha qizni yoniga borib tirsagidan ushlab turishga yordam bergancha mashina tomon yetakladi
—Yo'q janob, siz ketavering, men o'zim yetib olaman.
—Tixirlik qilmasdan mashinaga chiq, qilar ishni qilib tashlab ketadigan nomard emasman.
Qiz yigitning gaplaridan keyin jim boʻlib mashinaga chiqdi. Yuzlarida ayyorona tabassum mujassamlashdi. Yigit mashinani aylanib o'tib haydovchi o'rindig'iga o'tirarkan, telefonini olib yordamchisiga telefon qila boshladi
—Janob Jimin kelay deb qoldingizni, sizni kutib qolishdi
—Meni muhim ishim chiqib qoldi, majlisni bekor qil
—Ammo janob...
—Gapimni eshitmadingmi
—Ho'p bo'ladi janob
Yein Hari va kichkintoy Ari tepadagi xona tomon yo'l olishdi. Kirgan xonalari Ariniki ekanligi aniq, chunki xona bolalarga xos atmosfera bilan burkangan edi. Pushti rangli devorlar, yotoq ustida va javondagi bir nechta o'yinchoqlar buning yaqqol misoli edi. Hari va Yein karavot(karavatmi karovotmi karochi anig'ini bilmiman😊) o'tirishdi. Ari esa xonadagi o'yinchoqlar bilan ovunib, o'ynashga tushdi.
—Yein bilasanmi qizing senga umuman o'xshamas ekan. Men uni kimgadir o'xshatdimu, ammo eslolmadim
Yein chuqur nafas olib, biroz muddat nima deyishi haqida o'ylab oldi.
—Haa, to'g'ri aytasan, bu shumtaka menimcha dadasiga o'xshagan. Bilasanmi, men unga homiladorlik vaqtim juda stressga tushib qolgan edim. Ammo jismimda yana bir mitti yurak urayotganini eshitib, zulmat kunlarga qulf osilib, yorug' kunlar nur sochgandek bo'ldi go'yo. U rivojlanib kattalashavergach, uni tug'ilishini, unda chaqaloq iforini, mitti qo'l-oyoqchalarini ushlashni intizor bo'lib kuta boshladim. To'g'ri ba'zida menga kuchli og'riqlar* berib turardi. Ammo nima bo'lsa ham buni yengishga, bolajonimni qo'limga eson-omon olishga qo'limdan kelguncha harakat qildim. Hamda bu ishni uddaladim ham😊
—Yein meni noto'g'ri tushunmayu, ammo uni dadasi qizi borligini biladimi, aa ya'ni demoqchimanki qizing ota mehriga muhtoj, to'g'ri sen unga ham ota ham ona bo'laman deysan ammo ota mehri baribir bo'lakcha. Uni senga "omma dada kim" deb bergan savoli meni zir titratdi. Uni bog'chaga, maktabga chiqishi bor, do'stlari orasida uni ajralib qolmasligi uchun ham, dadasi bilan hech bo'lmaganda 1 marta bog'lanib ko'r. Balki Ari bahona yarashib ham olarsizlar
Yein pov: seningcha men bularni o'ylamaymanmi, kun-u tunlarim mana shu savollar bilan bedor. Lekin nima qilay, qanday qilib seni baxtsizliging evaziga baxtli bo'lay, qanday qilib seni jarlik tomon itarib, o'zim suvdan quruq chiqqan mushukdek tinch, baxtli hayot kechiray. Men o'zimni ham, qizimni ham birovning baxtsizligi evaziga xursand qila olmayman, bundan tubanlik meni qo'limdan kelmaydi.
—Yein bilasanmi qizing senga umuman o'xshamas ekan. Men uni kimgadir o'xshatdimu, ammo eslolmadim
Yein chuqur nafas olib, biroz muddat nima deyishi haqida o'ylab oldi.
—Haa, to'g'ri aytasan, bu shumtaka menimcha dadasiga o'xshagan. Bilasanmi, men unga homiladorlik vaqtim juda stressga tushib qolgan edim. Ammo jismimda yana bir mitti yurak urayotganini eshitib, zulmat kunlarga qulf osilib, yorug' kunlar nur sochgandek bo'ldi go'yo. U rivojlanib kattalashavergach, uni tug'ilishini, unda chaqaloq iforini, mitti qo'l-oyoqchalarini ushlashni intizor bo'lib kuta boshladim. To'g'ri ba'zida menga kuchli og'riqlar* berib turardi. Ammo nima bo'lsa ham buni yengishga, bolajonimni qo'limga eson-omon olishga qo'limdan kelguncha harakat qildim. Hamda bu ishni uddaladim ham😊
—Yein meni noto'g'ri tushunmayu, ammo uni dadasi qizi borligini biladimi, aa ya'ni demoqchimanki qizing ota mehriga muhtoj, to'g'ri sen unga ham ota ham ona bo'laman deysan ammo ota mehri baribir bo'lakcha. Uni senga "omma dada kim" deb bergan savoli meni zir titratdi. Uni bog'chaga, maktabga chiqishi bor, do'stlari orasida uni ajralib qolmasligi uchun ham, dadasi bilan hech bo'lmaganda 1 marta bog'lanib ko'r. Balki Ari bahona yarashib ham olarsizlar
Yein pov: seningcha men bularni o'ylamaymanmi, kun-u tunlarim mana shu savollar bilan bedor. Lekin nima qilay, qanday qilib seni baxtsizliging evaziga baxtli bo'lay, qanday qilib seni jarlik tomon itarib, o'zim suvdan quruq chiqqan mushukdek tinch, baxtli hayot kechiray. Men o'zimni ham, qizimni ham birovning baxtsizligi evaziga xursand qila olmayman, bundan tubanlik meni qo'limdan kelmaydi.
Yeinni hayollar og'ushiga g'arq bo'lganini ko'rgan Hari uni chalg'itishga urunib gapni boshqa yoqqa burdi.
—Yein, qizing kamgap ekan-a
—Nima kamgap, qo'ysangchi, shunchaki seni birinchi marta ko'rgani uchun biroz tortindi shekilli. Lekin aslida bidirlayverib xoli joningga qo'ymaydi bu shumtaka
—Vaqt ham allamahal bo'ldi, qizingni uxlatmaysanmi
—Rostdan ham, sen bilan gaplashib vaqtni kech bo'lganini ham unutibman. Hari balki bugun shu yerda qolarsan, ertaga ertalab birga o'qishga ketardik. Ham anchagina kech tushib qoldi, ko'chada yolg'iz yurma.
—Mmm mayli taklifingizni qabul qildim go'zal qiz😅😉
—Xoo😅, unda bugun Ari xolasi bilan yotarkanda aa qizalog'im
Kichkintoy onasidan o'zining ismini eshitarkan, ularga bir qarab bosh silkidi-yu, yana o'ynashda davom etdi.
***
Yn shifoxonaga kirgach, yigit uni kutish zalida kutib o'tirdi. Yn o'zi bilan sumka, telefonlarini olib kirmagani uchun yigit o'tirgan stul yoniga qo'yib ketgan edi. Shu payt Ynning telefonidan xabar kelganini anglatuvchi ovoz yangradi. Yigit negadir qiziqib ikkilangancha telefoni yoqdi.
Xabarda*
*Jk oppa(aka ma'nosida)*
—Yn bugun ish izlab ko'raman deganding, xo'sh hal bo'ldimi. Xabar ham bermading
Yigit xabarni o'qib telefonni joyiga qo'ydi. Hech qancha vaqt o'tmay Yn ham chiqib keldi.
—Xonimni oyog'ini payi cho'zilgan ekan, bir xafta dam olsalar yaxshi bo'lib ketadi
—Rahmat doktor
Yigit shunday deb, Ynga yordamlashgancha shifoxonadan olib chiqdi
—Haligi ismingni ham so'ramadim, isming nima
—Yn
—Chiroyli ekan, meniki Jimin. Tanishganimdan xursandman.
Yigit shunday degancha Ynga qo'l uzatdi. Yn uyalinqirab "men ham" deb, Jiminni qo'lini siqib qo'ydi
—Aa mashinaga o'tir. Men uyingga eltib qo'yaman
—Yo'q, bu shart emas. O'zi shundog'am shuncha sizni ishdan qoldirdim. Bemalol ketavering. Men taksida yetib olaman
—Lekin..
—Lekin pekini yo'q, sizga yana bir bor rahmat
—Hop mayli ko'rishguncha
Jimin shunday deguncha orqasiga o'girilib mashinasi tomon ketdi.
Yn pov : demak birinchi qadam ham tashlandi, bo'lajak sevgilim Park Jimin😏
Yn shunday degancha mag'rur qadamlar ila shifoxonani tark etdi. (Oyog'i kasal ediku deyishila mumkin, lekin bu ham Yn xonimning nayrangi)
Yn osmono'par qad ko'targan bino qarshisida turarkan, ikkilanishlarsiz bino ichkarisiga yo'l oldi.
Qabulxona xodimi: Assalomu alaykum xonim, nima xizmat
—Aaa haligi ishga qabul qilish to'g'risidagi e'lon bo'yicha kelgandim.
Qabulxona xodimi: Hop tushunarli 21-qavatga ko'tariling, ishchilarni direktorning shaxsan o'zi qabul qiladilar.
—Hop rahmat
Yn liftga chiqib o'ziga kerakli qavatni bosib, boshlagan o'yining keyingi zinasiga qadam qo'ydi
Lift aytilgan manzilga yetib kelgach, Yn to'g'riga qarab yo'l oldi. Bu yer ishchi xodimlar bilan gavjum emas. Negaki bu yerda oddiy ishchilar emas, katta mansabdagi xodimlar ishlaydigan qavat.
Yn xonalar peshtoqidagi ish o'rinlar nomiga qarab nihoyat , o'ziga kerakli bo'lgan "DIREKTOR" xonasini topdi.
-tq tq
—KIRING
Yn biroz xayajonlanib, eshik dastagini buragancha, o'ziga xos aurasi bo'lgan xonaga mayin qadamlar bilan kirdi.
—Salom janob men bo'sh ish o'rni haqidagi e'lon bo'yicha kelgandim
Jimin hujjatlardan boshini ko'tarmay, qizni o'tirishga imladi
—Ho'sh isming
—Chxve Yn
Jimin qizni ismini eshitgach uni yuziga qaradi
Jimin pov: Nahotki, nahotki bu Yn. Meni bir qarashda ohu ko'zlariga oshiq qilgan qiz qarshimda turibdi. Men uni qaytib ko'rmayman deb o'ylab afsus nadomatda yurgandim.
—Bu yerlarda nima qilib yuribsan
—Ish izlab yurgandim va siz tarqatgan e'lonni ko'rib qoldim. Keyin omadimni sinash uchun kelaverdim
—Yaxshi, ishga olinding
—N..nimaa
—Ishga olinding
—Ammo men bilan hattoki suhbat o'tkazmadingiz
—Bu hech nimani hal qilmaydi. Sen buni meni uzurim sifatida qabul qil
—Lekin men buni qabul qilolmayman
—Hech qanday etirozlar qabul qilinmaydi. Seni xonang u yerda.
Jimin o'zinikidan avvalgi shaffof shishali oynalari tufayli bemalol ko'rinib turadigan xonaga ishora qildi.
—Ya'ni meni kotibam bo'lasan. Ertaga ish boshlaysan. Eslab qol, kech qolish aslo va aslo mumkin emas. Hozir bo'shsan
Yn hurmat ma'nosida kichik tazim qilib xonani va keyinchalik butun boshli binoni tark etdi.
Yn pov: ish o'ylaganimdan ham ko'ra oson bo'ldi. O'zimga balli🙂↔️
***
Suga tun og'ushida hayollarga berilib yotar ekan, hech uyqusi kelmas edi
Suga pov: negadir hayollarim chalkash, Yeinning bolasi kimdan, to'g'ri o'tmishda bizni rishtalarimizni uzish uchun qilingan o'sh holat* shunchaki tomosha bo'lgandir. Ammo oradan shuncha vaqt o'tdi. Bu orada Yein boshqa bilan... Yo'q yo'q bunaqasi ketmaydi. Men aniqlashim kerak. Ammo endi u bilan nima ishim bor. Meni yo'lim boshqa uni yo'li boshqa. Bo'ldi, tamom unut endi Suga unut. U o'tmish xolos. O'tmish. Men o'tmish bilan emas kelajak bilan yashashim kerak. Meni kelajagim Hari. Men uni sevaman , Yeinni emas. Ha Yeinni emas.
Jungkook erta tongdan turib, nonushta ham qilmay qayergadir chiqib ketdi. Yn vaqt allamahal bo'lishiga qaramay haligam sokin uyqu domida edi. Nihoyat quyoshning zarrin nurlari uni yoqimtoy yuzini o'z tafti bilan bezagach, erinib ko'zini ochdi.
Qo'llarini ikki tomonga cho'zib tanasini harakatlantirarkan, ishga borishi kerakli esiga tushib shosha- pisha soatiga qaradi.
—Nima, yo xudo endi nima qilaman
U shunday degancha yotoqdan otilib turib dush tomon yo'l oldi. 15 minda dush qabul qilib, o'zini epaqaga keltirib bo'lgach sumkasini olib ko'chaga otildi.
Taksi aytilgan manzilga yetib kelarkan, qiz sumkasidan qanchadir miqdordagi pulni olib haydovchiga berdida "qaytimi kerak emas" deb shoshilib binoga kirib ketdi. Binoga kirib soatiga qaraganda soat millari 7:59 ni ko'rsatayotgan edi. Yn chuqur "ohhh" tortib, lift tomon yo'naldi
Lift ochilib, Yn ro'parasiga qaramay chiqarkan katta gavdaga urildi.
—Uppps, meni kechiring
Yn boshini ko'tarib to'qnashgan insoniga qararkan uni ko'rib, hijolat chekib biroz orqaga qadam tashladi.
—Aa , haligi, Janob Jimin meni kechiring, men behosdan...
—Yetar, ishingga bor.
Jimin sovuq ohangda gapirib, qizni chetlab o'tgancha, liftga kirib ketdi
Yn pov: men nima qildim, nega buncha qo'pol bu, uff qayerdanam keldim shu yerga, endi buni qovoq tumshug'iga qarab yurishimga to'g'ri keladiyov. Yo xudoyim o'zing sabr ber.
Yn o'ziga o'zi bir nimalar deb do'ng'illagancha, o'z xonasi tomon yo'l oldi. Xonaga kirib, kompyuter qarshisidagi stulga o'tirib nafas rostladi. Stol ustidagi ba'zi hujjatlarni qo'liga olib, uni Jimin tashlab ketganligiga amin bo'ldi. Bu hujjatlar qizning ish grafigiga moslangan kun tartibi haqidagi hujjatlar edi
Hujjatlarga bir ko'z yugurtirgach, qahva tayyorlash uchun o'rnidan turib, xonadan chiqib ketdi
Qo'lidagi kichik patnisda bir finjon qahvani ko'tarib, Jiminni xonasini ro'parasiga kelgan qiz chuqur nafas olib eshikni mayinlik bilan taqillatdi.
—Janob Jimin mumkinmi?
—KIRING
—Qahvangiz
—Bundan keyin 8:00 da stolim ustida qahvam tayyorlangan tursin, men jadval bo'yicha ishlashni yoqtiraman. Shunday ekan ertaroq harakat qil. Hamma narsa o'z vaqtida, o'z o'rnida bo'lishi shart va zarur. Meni tushunding degan umiddaman.
—Tushunarli, janob
—Yaxshi chiqishing mumkin
—Hop bo'ladi
Yn tabassum qilib egilgancha xonani tark etdi.
*Hhh 😒 men jadval bo'yicha ishlashni yoqtiraman, shuning uchun ertaroq harakat qilmish, so'tak*. Yn Jiminni mazah qilib, xonasi tomon yo'l oldi.
Uning eshik ortidagi gaplarini Jimin ham eshitgan edi.
Jimin pov: bu qanaqa qiz bo'ldi aa. Meni so'tak dedimi. Hali shoshmay tur sen shayton qiz😅
Hari va Yein dars tugagach, biror kafega o'tirishga qaror qilishgan edi.
—Yein ishonasanmi, qizingni juda yaxshi ko'rib qoldim. Yana qachon ko'rishishga ruhsat berasan kichkintoy bezori bilan😅
—Hoy o'zi bir xaftada 12 marta borib kelgan bo'lsang. Ari ham senga o'rganib qoldi, borsam ham telefon qilsam ham Hari xolam qayerda deb holi jonimga qo'ymaydi. Seni bolalarni bunchalik yaxshi ko'rishingni bilmagandim
—Aslida unday emas, lekin xolasini qiziga boshqacha mehrim tushib qoldi😅
—Sen Arini so'raysan, u seni so'raydi. Undan ko'ra ona bola bo'lib oling
—Yo'q demas edim😅
Shu payt Hariga telefon bo'ldi. Hari ekran yuzidagi yozuvni ko'rib ko'zlari quvonchdan porladi. Ammo qo'ng'iroqqa javob bermadi.
—Tinchlikmi nega ko'tarmayapsan
—Men hali ham undan xafaman
—Nima haligacha yarashmadingizmi
—Yo'q
—Sen jinnimisan, Suga bunga shunchaki qarab o'tiribdimi
—Yo'q, har kuni telefon qiladi, sms yozadi. Ammo men ularning hech biriga javob qaytarmayapman
—Bu nima qilganing-a Hari, qani bo'l ko'tar
—Ammo..
—Jim, aytganimni qil
Hari Yeinni gaplaridan keyin ikkilanib qo'ng'iroqqa javob berdi.
*Eshitaman
*Huuh Hari nihoyat, ko'tarmaysan deb o'ylagan edim.
*Nega qo'ng'iroq qildingiz
*Gaplashib olaylik, iltimos
Ularning suhbatini eshitib o'tirgan Yein "ha" deb javob ber deb imo-ishora qildi.
*Hop yaxshi, qachon
*Iloji bo'lsa bugun
*Yaxshi
*Unda senga keyinroq lokatsiya tashlab yuboraman
Hari javob bermay, qo'ng'iroqni yakunladi.
—Bugunoq u bilan yarashib ol
—Hop, harakat qilaman
—Bo'pti tur, kettik
➿➿➿
Suga pov: endi nima bo'lsa ham Hari bilan yarashib olishim kerak. Usiz tuvaksiz guldek bo'lib qoldim. Menimcha men Harini sevaman, ammo aqlim tan olsa ham, yuragim tan olmayapti. Yetaaaar. MEN HARINI SEVAMAN, HA SEVAAMAN!
Yn soat kechki 7 larga qarab ishini tugatib, xonasidan chiqa boshladi. Jimin shaffof oynali devor bilan to'silgan narigi xonadan Ynni chiqqanini ko'rib, kostyumini qo'liga olgancha u ham uni ortidan chiqib ketdi.
—Ynnn🗣️
Yn o'zini ismini eshitib ortiga qaradi.
—Tinchlikmi janob Jimin
—Aa ha tinchlik, uyinga ketyapsanmi
—Ha, yoki nima bu *jadvalingizda yo'qmi
Jimin pov: hhh zahar ilon😅
—Bor albatta, kun ham kech bo'ldi. Balki uyinga eltib qo'yarman
Yn pov: men o'ylaganimdan ham tezroq qarmoqqa ilinyapsan PARK JIMIN
—Mmm, mayli yo'q demasdim
—Hop, yur unda
Jimin va Yn mashinaga o'tirishdi. Jimin esa mashinani o't oldirib, haydab ketdi.
—Manziling qayerda
—#######
Yn manzilini aytgach, mashina oynasidan shaharga qarab xayol qilib ketdi. Jimin har zamonda kichik oynachadan(bakavoy) Ynga ko'z tashlab qo'yardi. Jimin unga gapirishni xohlardi-yu, ammo nima deyishni bilmasdi.
—Haligi Yn oyog'ing yaxshimi
Ynni xayollarini Jimin bir zumda chalg'itib yubordi.
—Aa nima
—Oyog'ing deyman, yaxshimi
—Ha yaxshi
Ular shundan keyin yo'l bo'yi jim ketishdi. Mashina Ynni uyiga ya'ni Jkni uyi qarshisiga kelib to'xtadi.
Yn "rahmat" aytish barobarida mashinadan tushdi
—Yaxshi dam ol
Yn javob berish o'rniga bosh silkib uyiga kirib ketdi.
Ularni ko'cha derazasi orqali kuzatib turgan Jk Yn uyga kirgach uni so'roqqa tuta boshladi.
—Yn nega u seni olib keldi
—Ishdan chiqayotganimda ortimdan kelib, uyingga tashlab qo'yay dedi. Men hop dedim
—Mayli nima bo'lsa ham ehtiyot bo'l
—Hop
Shu payt mehmonxonadan ayol kishining ovozi eshitildi *JUNGKOOK*
—Jk uyda mehmon bormi
—Ha shunday, yur sizlarni tanishtiraman...