Revenge and love
Ular birin ketin mehmonxonaga kirishdi. To'rdagi divanda yoshi 40 yoki 50 lardan oshgan bo'lishiga qaramay yuzlarini mahzunlik qoplagan edi.
—Jk o'g'lim..
—Annyeonghaseyo xonim
Yn xurmat ma'nosida yengil ta'zim qildi
—Annyeong qizim yaxshimisiz. Ayol mayin tabassum qilib javob qaytardi.
—Tanish bu mening oyim, senga bu haqida avval ham aytgandim
—Ha ha esladim
—Yaxshi, qani oyi turing xonangizga chiqamiz, dam olishingiz kerak. Yn bilan keyin bafurja tanishib olasiz.
Jk onasi bilan tepaga chiqib ketdi. Yn ham ko'p o'tirmay o'z xonasiga ko'tarildi. Dush qabul qilib chiqqach, xona eshigi mayin tiqilladi
—Yn mumkinmi?
—Ha kelavering
Jk xonaga tushunarsiz ifoda bilan kirib keldi va yotoq yonidagi stulga borib joylashdi.
—Sen mendan o'tmishimni, bolaligimni so'raganingda keyin aytib beraman degandim. Lekin hozir barchasini aytib bermoqchiman.
—.....
—Otam katta mafiya edi. Uyimizni yuzlab balki undan ham ortiq qo'riqchilar qo'riqlashardi. Dadam meni ojiz bola bo'lib ulg'aymasin deb, ko'p erkalatmasdi, balki umuman yaxshi gapirmagan edi. Uyimizda shodlik quvonchdan asar ham bo'lmagan. Ammo oyim hayotimda bu zulmatni yorituvchi sham edi go'yo. Doim meni ko'nglimga qarar, hech qachon yomon gapirmas edi. Men oyimni juda yaxshi ko'rardim. O'sha vaqtlar oyim singlimga homilador edi. Bir kuni uyimiz atrofini bir to'da qora mashinalar qopladi. Uyimiz atrofidagi barcha qo'riqchilar o'z qonlariga g'arq bo'lishdi. Oyim bularni barchasini tepadagi xonaning tashqaridagilar ko'ra olmaydigan qilib yasalgan derazadan ko'zlarida qo'rquv va xavotir ila kuzatib turardi. Men ham qiziqish ila oyimni yoniga bordim. Shu payt yana bir mashinada dadam yetib keldi. Hovli o'rtasidagi ko'rinishidan uyimizga hujum qilganlarning kattasi bo'lgan odam bilan tortishdi. Ularning nima haqida gaplashganliklari bizga qorong'u lekin, ular shu alfozda gaplashishayotgan vaqt bossni yonidagi bitta odam dadamni otib tashladi. Shu payt oyim baqirib yubormaslik uchun og'izlarini qo'llari bilan yopdilar. Ikkinchi qo'llari bilan esa meni ko'zimni mahkamladilar. Ular uy ichiga kirmadi. Dadamni otishdi-yu, qanday kelishgan bo'lsa shunday ketishdi. Oyim dadamni juda yaxshi ko'rar edilar. O'shanda men atigi 8 yoshda edim. Oyim stressga tushganlari sababli singlim nogiron tug'ildi. Va u ham ko'p o'tmay bu g'animlar dunyosini tark etdi. Bu dardni ham ko'tara olmay oyimni ruhiyatida buzilishlar bo'la boshladi. Ba'zida xuddi ruhiy kasal insonlardek gapirar, gohida esa hech nima bo'lmagan soppa sog' insondek gapirardilar.
Men ham ulg'ayib mafiya bo'ldim. Dadamni qotillaridan qasosimni oldim. Eshitishimcha dadam noqonuniy ishlar bilan ham shug'ullangan ekanlar. Vaqt o'tgan sari oyimni bu xildagi kasali yaxshi bo'lish o'rniga battar avj ola boshladi. Keyin ularni davolash maqsadida shifokor bo'lishga qaror qildim. Oyimni aqli joyidaligida "o'g'lim bu ishlaringni to'xtat, seni ham yo'qotishni xohlamayman" degan gaplari uchun mafiyalikni tashlagan edim.
—Jk meni kechir, men sabab yana bu g'avg'oga aralashding
—Tsssh jim, bilasanmi seni ko'zlaringni singlimnikiga o'xshataman. Shuning uchun ham seni haqiqiy singlimdek qabul qildim. Axir singlisiga yordam berish har bir akaning burchi
Ynni yuziga xafaligidanmi yoki xursandligidanmi kichik ammo mahzun tabassum yugurdi
Yn pov: *singlim🥲, ammo men sizni akam sifatida qabul qilishni yuragimga uqtira olmayapman.
Bu vaqt oralig'ida Hari va Suganing munosabatlari ancha yaxshi bo'ldi, xatto avvalgidan ham a'lo desa ham bo'ladi.
—Suga men negadir Yeinni qizini senga o'xshataman. U xuddi seni qizingdek. Ko'zlari, yanoqlari..
Suga pov: *Yeinni qizi, balki...yo'q yo'q unday emas, men o'ylanaganlarimning hech biri to'g'ri emas. Men ishonch hosil qilishim kerak.
—Hoy Suga, Suga hayoling qayerda sevgilim. Meni eshityapsanmi
—A, ha eshityapman
—Bo'pti kechga qo'ng'iroqlashamiz, men Yein bilan ko'rishmoqchi edim. Ko'rishguncha hayr.
—Yaxshi bor
Hari mashinadan tushib ketgach, Suga telefonini olib kimgadir qo'ng'iroq qildi.
—Alo, menga yordaming kerak
—***
—DNK qildirmoqchiman, tahlil natijalari tahmiman qancha vaqtda chiqadi
—*24 soat
—Yaxshi, unda ko'rishamiz
Suga telefondagi suhbatni yakunlagach yana boshqa bir insonga telefon qildi
—Men hozir yoningga boryapman, menga ish formang kerak berib tur.
U shunday degancha mashinani o't oldirib hozir qo'ng'iroqlashgan insoni uyiga haydadi. Manzilga yetgach, uy ichidan chiqayotgan odam sharpasi ko'rindi.
—Tinchlikmi Suga yo'qlab qolibsan
—Ha tinchlik, qo'lingdagilarni menga ber, hammasini keyin tushuntirib beraman.
Chamasi 15 minlardan keyin Suga do'stining gaz tekshirib yuruvchi xodimlar formasini kiyib, mashinasini ko'chani boshiga qoldirdi va o'zi Yeinni onasini uyi tomon ketdi
—Tqqq
—Hozir bolam, hozir
Qari ayol bo'ynidagi fartukini yechib eshik tomon yo'naldi .
—Salom keling, xush kelibsiz
—Xushvaqt bo'ling xonim. Men gazdan kelgan edim. Gaz plitangizni ko'rsata olasizmi
—Ha ha albatta yuring bolam
Ular birin ketin oshxonaga kirishdi.
—Buvi buvi qarang rasm chizdim, o'xshabtimi
—Ohh bolajonim hozir men ko'zoynagimsiz yaxshi ko'rolmaymanda
—Unda uni olib keling
—Ha shumtaka ayol o'girilib Sugaga qaradi *bolam siz qarayvering men hozir. Ayol shunday degancha oshxonadan chiqib ketdi
—Annyeong amaki
—Ohh annyeong, yaxshimisan qizaloq
—Yaxshi rahmat
—Isming nima
—Ari
—Men bilan ko'rishmaysanmi
—Mana ko'rishyapmanku
—Ko'rishish bunaqa bo'lmaydi. Mana bunaqa bo'ladi. Suga shunday degancha quchog'ini ochib Arini imladi.
Ari biroz hijolatsirab sekin mitti qo'llarini Sugani bo'ynidan o'tkazdi.
Suga pov: yo xudoyim, bu qanaqa hissiyot nega yuragim bunday tartibsiz uryapti
Suga mittivoy Arini quchoqlab sochidan sezdirmay bir necha tola yulib oldi
Suga pov: bu uchun kechir kichkintoy
—Men keldim, bolam ko'rib bo'ldingizmi
—Ha hammasi joyida ekan ko'rsatganingiz uchun rahmat
—Mayli bolam sizga ham rahmat
—Bo'pti kichkintoy Ari ko'rishguncha
Suga qo'llarini havoda muallaq silkitib Ariga xayr yo'lladida uydan chiqib ketdi va to'g'ri do'stining klinikasiga yo'l oldi
—Alo, Yein kelib qoldingmi, seni kafeni yonida kutib o'tiribman
—Ha keldim, seni ko'rdim peshexoddan (o'zbchasi esimga kelmadi) o'tyapman
—Men ham seni ko'rdim. Tezroq kel
—Hop
Yein dugonasi bilan gaplashib peshexoddan o'tayotgani uchun katta tezlikda kelayotgan mashinani payqamayotgan edi.
—Yein, yein o'ng tarafga qara
—Aa, nima
💥💥💥
Yein nima bo'layotganini anglashga ulgurmasidan tanasiga kelib urulgan qattiq jism uni anchagina uzoqqa uloqtirgani va kuchli og'riqni his qilib ko'zini yumdi
—Yein, yein
Hari dugonasini ismini aytib yugurgancha avtohalokat bo'lgan joyga bordi. Atrofni tezda olamon o'rab oldi.
—Iltimos tez yordam, tez yordam chaqiringlar.
💜💜💜
Tez yordam mashinasi ortidan yetib kelgan qiz tezda qabul bo'limiga kirdi
—Salom hozir olib kelingan, avtohalokatga uchragan bemorni qayerga olib kirib ketishdi
—2-etaj 54-xona, o'ng qo'ldagi eng oxirgi jarrohlik xonasi
Hari javob ham bermay tepa qavatga otildi
Aperatsiya 1 soatdan buyon davom etarkan Harini ichiga g'ulg'ula tusha boshladi
Hari pov: Yein iltimos yaxshi bo'l. Sensiz nima qilaman
Shu payt Hariga qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Hari sumkasini chuqalab telefon ekraniga qaradi.*Suga
—Alo..ooo
—Yaxshimisan sevgilim. Tinchlikmi ovozing g'alati
—Suga😢😢. Yein, yein..
—Nima Yein Hari tinchlikmi o'zi
—Yein avtohalokatga uchradi. Hozir aperatsiya xonasida. Iltimos keling
Suga pov: nima Yein, faqat bu emas. Iltimos faqat bu emas
Suga o'ziga o'zi gapirish barobarida mashinasiga o'tirib shifoxonaga yo'l oldi.
BA'ZI ERKAKLAR KECH ULG'AYADI. TOKI HAYOTLARI MAZMUNI BO'LGAN HAMMA NARSANI YO'QOTGAN YOKI YO'QOTAYOTGAN ONGA QADAR...
—Yein bardam bo'l iltimos qilaman, bardam bo'l men uchun, qizing uchun—qizimiz uchun.
Flashback 2 soat avval
—Suga tahlil natijalari tayyor bo'ldi kelib olib ketishing mumkin
—Yaxshi hozir boraman
Suga klinakaga borib tahlil natijalarini olib chiqdi. Mashinasiga o'tirgach negadir, qog'ozni ochishga ikkilanib qoldi. Keyin vanihoyat chuqur nafas olib ochishni boshladi.
Qog'ozdagi har bir jumlani diqqat bilan o'qirkan oxirgi natijani ko'rib hayratdan yoqa ushladi
* 99,9%
Mashina shinalari kuchli tormoz tufayli chiyillagan ovozni yuzaga keltirib chiqararkan. Ichidan Suga tushib qabul bo'limiga kirdi
—Yaqinda avtohalokatga uchrab olib kelingan bemor qaysi qavatda
—2-qavat 5..
Ishchi xodim gapini tugatib ulgurmasi Suga yeldek uchib aytilgan qavatga ko'tarilib ketdi
—Yn xonim bugun qayerga boramiz
—Afsuski hech qayerga chunki boshlig'im javob bermaydi. Uning jadvalida ishchi xodimlarning ish vaqti 8:00 dan 19:00 gacha. Ular jadval bo'yicha ishlashni yoqtiradilar va xohlaydilar😏
—Yn bo'ldi qil endi shu gapni, uni birinchi kundan kechikib kelganing uchun ham jahl ham piching qilib aytgandim
—Hohoho juda ishonarli chiqdi, Janob Park . Rolingiz juda qoyilmaqom
—Ee bo'ldi. Undan ko'ra yur sohil bo'yiga boramiz
—Hhh😒😅. Yaxshi yur kettik
—Yn bilasanmi, seni ilk ko'rganimda sevib qolganman. Seni mana shu betartib va kamon yoyidek uzun tizilgan kipriklaringgu, qop qora shahlo ko'zlaringga oshiq bo'lganman (shahlo ko'zlaring feyuzzaa o'xshaydi😂🤭)
Yn pov: *qora marvaridim🫠.
Yn shu so'zni eslab kichik tabassum qildi. Tabassum qilgan paytida yanog'ida paydo bo'lgan ikkita chuqurcha Jiminni unga tamomila asir qilgandek bo'ldi.
—Bularga ham
Jimin past ammo mehrga to'la bo'lgan tonda gapiga qo'shimcha qildi
Yn endi hayolot olamidan reallikka chiqdi
—Aa nima
—Hech nima, seni sevaman deyman
—Men ham😊
———
—Yein, Yein qani
Suga 2-qavatga chiqib Harini ko'rgach undan Yeinni so'ray boshladi. Hari o'zi hozir yaxshi holatda bo'lmagani uchun bunga unchalik e'tibor bermadi.
—Suga keldingizmi uni aperatsiyaga olib kirib ketishdi. Me..n..men juda qo'rqib ketyapman Suga. Usiz nima qilaman, u meni onamdan ham yaqin jon jigarimku axir.
Hari Sugani yelkasiga bosh qo'yib yig'lardi. Suga Harini boshini silab, o'zining ham ko'zidan bir necha tomchilar oqib tushdi.
Daqiqalar xuddi asrlardek o'tib borar, bemorni shifoxona zalida ko'zlarida milt-milt yosh bilan yuraklari taka-puka bo'lib yaqin insonlari intizorlik bilan aperatsiyaning ijobiy natijani kutishardi.
Zal kafellardan bo'lganligi sababli harir koftada o'tirgan Hari biroz entikib qo'ydi.
Ustidagi pidjagini yechib Harini ustiga tashladi-da, o'zi suv olib kelish uchun tashqariga chiqib ketdi.
Hari biroz qimirlab qo'ygani uchun pidjag yengil sirpanib pastga tushdi. Hari egilib pidjagni qo'liga olarkan, cho'ntagidan yirtilgan konvert tushib ketdi. Hari kiyimni o'rindiq ustiga qo'yib konvertni qo'liga oldi. Konvert yuzida KLINIKA LABORATORIYA MARKAZI deb yozilgan edi. Qiziquvchanlik ustun kelib Hari ichidagi qog'ozni oldi. Test natijalariga ko'ra 99.9% EHTIMOL BILAN SUGA BIOLOGIK OTASI . Hari bu kimni DNK siligini bilish uchun qog'oz yuqorisiga qaradi
Bola: Ari
Tahmin qilingan ota: Suga
Hari bularni o'qirkan ko'zlaridagi yosh beixtiyor yuzlarini yuva boshladi.*Yein, Yein qani shu so'zlar Harini hayolida kaseta singari aylanib mavj urar edi.
Zalda oyoq tovushlari eshitilarkan, Hari tezda qog'ozni konvertga qaytarib solgancha, Sugani pidjagini cho'ntagiga solib qo'ydi va yelkasiga ilib oldi
Suga qo'lidagi 2 butilka suvni bittasini Hariga tutqazdi.
—Ma ol, chanqagandirsan
Hari Sugaga uzoq qarab turdi-da, qo'lidagi suvni sekin oldi
—Ra..ahmat
Hari pov: Suga nega kelganidan Yeinni so'raganini endi tushundim. Men esa havotirlangani sababli deb o'ylagandim. Hozir bu holatga xursand bo'laymi yoki xafa tushunolmayapman. Arini kimgadir o'xshatgandim, ammo Suga hayolimni uchiga ham kelmagandi.
Hari hayol surib o'tirarkan aperatsiya xonasi eshigi ochilib doktor chiqib keldi
—Bemorga kim
Suga, Hari: Men
Suga: Haligi biz
—Aperatsiya yaxshi o'tdi. Ammo hozir bemor komada. Yana bir gap bemor avval sog'ligi bo'yicha shikoyat qilmaganmidi.
—Yo'q, nega nimadir bo'ldimi doktor
—Ha qisman shunday. Bemorda ko'krak raki avj ola boshlagan. Buni rivojlanmasdan avval bartaraf qilsak bo'ladi. Aytmoqchimanki, bu kasallik boshqa kasalliklarga qaraganda o'z o'zini oshkor qilishi kerak edi.
—Doktor bu kasallilk nimadan kelib chiqishi mumkin
—Ko'pincha bu kasallik ayol gormonal muvozanatning buzilishi, irsiy holatlar yoki doimiy stress va depressiya immun tizimining zaiflashishiga olib kelishi natijasida saraton hujayralarining o‘sishiga sharoit yaratganligi tufayli bo'lishi mumkin
—Bu hali boshlang'ich bosqich dedingiz-a
—Ha xuddi shunday. Shuning uchun vaqtni cho'zmay davolashni boshlash kerak
—Tushunarli rahmat doktor
—Mayli sog' bo'ling. Bemor tuzalib ketsin
Hari boyadan beri doktor va Harini suhbatini jim tinglab o'tirgan Suga tomon o'girildi.
—Suga men uyga ketdim
—Yaxshisi seni tashlab qo'yaman sevgilim
—Yo'q, shart emas
Hari uyiga kelib to'g'ri xonasiga chiqdi-da kiyimlarini ham yechmasdan o'zini karavotga otdi
Hari pov: Yein nega bu haqida menga aytmagansan. Avvalroq aytganingda mana bu chap tomonimdagi bir parcha go'sht menga bunchalik og'riq bermagan bo'larmidi. Bilasanmi, nega sendan alamimni olmayapman, seni aybdorga chiqarmayapman, sevgilimni, baxtimni tortib olayotgan insondek ko'rmayapman. Chunki senga ishonaman butun vujudim bilan ishonaman, seni qahvarang ko'zlaringda menga nisbatan g'araz yoki yolg'on hech qachon ko'rmaganman. Senga Suga haqida gapirgan vaqtlarimda ko'zlaringdagi qayg'uni ko'ra olmaganim uchun kechir. Lekin men hozir nima qilay aa nima qilay, Sugani jonimdan ortiq sevaman axir. Nega qalbingda o'zga bir gul bo'la turib yana menga qalb eshiklaringni ochish uchun kalit tutqazding nega a nega. "Shaharlarga sig'mayabman" deyilgandi bir kitobda. Qanday bir inson shaharga sig'maydi der edim. SIG'MAS EKAN...😢. Dunyolarga sig'mayabman, shahar u yoqda tursin.
Suga qo'lini cho'ntagiga etarkan konvert chap cho'ntagida ekanligini ko'rdi. Ammo konvertni u o'ng cho'ntagiga solgan edi.
—Demak Hari bilgan
Suga vazmin stulga cho'kdi.
Suga pov: meni kechir Hari seni sofdil qalbingni o'yin qilganim uchun, sen ham Yein. Aslida aybing yo'qligini bilardim, ammo qaytishga yuzim betlamadi. G'ururim yo'l qo'ymadi. Seni unitib boshqasini seva olaman deb o'ylagan edim, ishongan edim .Men tufayli, mening xudbinligim tufayli sizlar baxtsiz bo'ldingiz, norasida go'dak necha yillar otasiz o'sdi. Yein shuncha yillar davomida yolg'iz azob chekdi. Hari va meni munosabatlarimizni ko'rib bilib tursa ham lom-lum demadi...Hammasi meni deb, hammasiga men aybdorman.
SO'NGI PUSHAYMONLIK O'ZINGGA DUSHMAN
Author: #Minsu
Kanal: @Hari_fanfic
Meni avf etinglar biroz kam bo'ldi. Chunki shu kunlarda biroz tobim yo'q