Revenge and love
Xona kechagi ish tufayli anchagina tartibsiz. Quyoshning zarrin nurlari Ynning ko'zini qamashtirarkan sekin ko'zini ochdi. Atrofga qarasa kiyimlari xonani turli burchaklarida sochilib yotibdi. Kecha nimalar bo'lganini eslay boshladi. Xotiralari elas elas qaytalanarkan birdan yoniga qaradi
—Jimin qani
Yn pov : nahotki kecha o'zim bilmagan holda unga hammasini aytib qo'ygan bo'lsam . Yo'q yo'q bunday bo'lishi mumkin emas....agar aytmagan bo'lsam u qani.. nima u mendan foydalanib ketib qolgan bo'lsaya
Yn o'zi hayollar orqali bahs munozara o'tkazarkan eshik ochilib qo'llarida patnisda (boshqalarda nima deyiladi bilmadim) nonushta ko'tarib Jimin kirib keldi.
—Xayrli tong azizam, ahvoling yaxshimi, hech qayering og'rimayaptimi😁
Yn pov: huh
—Hoyy Jimin bas qilsangchi
—Yaxshi, yaxshi qani kel nonushta qilamiz ammo avval turib yuvinib chiq...
—Alo, assalomu alaykum, men bir insonning ustidan shikoyat qilish uchun qo'ng'iroq qilyapman
—Hop, shikoyat sabablari
—Noqonuniy oldi sotdi, qora dori savdosi va yana shunga o'xshash kichik jinoyatlar....
Yn shularni politsiya xodima aytdida qo'ng'iroqni yakunladi.
Yn pov: bu meni qasosim edi, Jimin bu o'yinda shunchaki jabr tortuvchi o'yinchoq. Lekin nega hozir yuragim bezovta. Nega xuddiku menga xato ish qilganimni uqtiruvchi signal kabi dukillab tinchlik bermayapti. Yo'q bu men o'ylagan narsa emas, aslo bu bo'lishi mumkin emas. Tinchlan Yn, tinchlan . Yo'q yo'q yo'q hech nima o'z o'rnida emas hammasi alg'ov dalg'ov..
Bir necha soat ichida Parklar kompaniyasini politsiya qurshab oldi. Bu paytda Jimin hali uyda edi. 📞📞📞
*eshitaman
*Janob Park kompaniyani politsiya o'rab oldi. Kirib tintuv qilishni talab qilishyapti
°demak o'sha kun bugun 😅😏
*Kiritaver
Jm pov: umrimda birinchi bor haqiqatdan ham bir qizga ko'ngil bergandim. Lekin shuni ham menga ko'p ko'rishdi. Ishingiz puxta Yn xonim. Ammo bir narsani ko'zdan qochiribsan Shuncha harakat qilibsan qoil lekin, bu kompaniya meni hayotimdagi eng muhim narsa emas, bu shunchaki bir niqob holos😏
—Yo'q men bunday o'tirolmayman. Jiminga aytishim kerak. Yn uydan chiqib Jiminni uyiga ya'ni bir necha oylardan buyon Jimin bilan yashagan uylariga yol oldi.
—Jimin, Jimin, qayerdasan
—Ha Yn tinchlikmi
—Jimin ket, iltimos hoziroq uyni tark et
—Nima uchun
—Chunki hozir uyga politsiya keladi va va. ...
—Va meni noqonuniy ishlar qilganim uchun qo'lga oladi, shundaymi😆
—Aa, nima
—Birinchi marta ichganda ehtiyotroq bo'lib, meyor bilan ichish kerak bo'lmasa nafaqat menga balki boshqa insonlarga ham hayotingdagi barcha narsalarni gullab qo'yasanku aaa
—Ohh yo'q endi bu nayranglaring menga o'tmaydi, avvalgidek seni tuzog'ingga tezkorlik bilan tushadigan, gaplaringga osonlikcha ishonadigan Jimin yo'q
Yn pov: nahotki men unga aytib qo'ygan bo'lsam
Flashback...
Jimin Ynni yuvintirib dushdan olib chiqib, Yn pardek yumshoq yotoqqa qo'ydi-da, ozi turib Yn ucun mos bo'lgan pijama izlay boshladi. Qaytib kelib, Ynni kiyintirdida ozi ham uning yonidan joy oldi. Yn Jiminni bo'ynidan qattiqroq quchoqlab, qulogʻiga shivirladi
—Jimin agar men va sen boshqa boshqa dunyolarda boshqa boshqa vaziyatlarda tug'ilganimizda men JKni emas seni sevib, sen bilan birga baxtli bo'lar edim
Jimin Ynni nima deyayotganini aniq tushunmadi, shunchaki ichib olgani uchun bo'lar bo'lmas gaplarni aytib aljirayapti deb oyladi
—Biz shundog'am baxtlimiz, va baxtli yashaymiz
—Yo'q unday emas, men seni kompaniyangdagi ko'p hujjatlarni soxtalashtirib qo'yganman va bularni politsiyaga beraman sen qamalasan. Men esa....men nima qilishimni o'zim ham bilmayman. Bilasanmi, buni hozirgacha intiqlik bilan kutib, ich ichimdan xolayotgandim. Ammo endi bunday bo'lishini istamayapman, qaniydi vaqt biroz muddat to'xtab qolsa-yu ikkimiz dunyo ishlarini vaqt izmiga topshirib uzoq-uzoqlarga ketsak.. Men...bu..ni🥱.. judayam istardiii...im
O'sha kuni kechqurun Jimin eshitganlarini tahlil qilishga urinib, kompaniyada bolayotgan barcha ishlarni ko'zdan kechirib chiqdi.
Yn Jiminni gaplarini eshitarkan yerga cho'kkalab qoldi.
Uy atrofini sirena ovozi tutib ketdi
—Tq tq
—Salom, janob mudir. Kimdir kerakmi
—Ha, biz Park Jiminni qidirib kelgandik
—Men bo'laman ho'sh xizmat
—Sizni ustingizdan shikoyat tushgan sizni hibsga olishga va uyni tintuv qilushga orderimiz bor
—Mayli bemalol
—Sizlar olib ketavering
Jiminni qo'liga kishan taqib ko'chaga olib chiqishdi
Yn Jimin olib chiqb ketilgan tomonga qarab turdi-da ko'z yoshlarini artib Jiminni ortidan chiqdi.
—To'xtanglar iltimos
—Xonim iltimos yaqinlashmang
—Janob mudir bizga 5 min bera olasizmi
—Hop yaxshi
Yn Jiminni bo'yniga osilib qattiq quchoqlab oldi. Jimin qo'llari kishanlangan bo'lsa ham Ynni ozidan ajratdi.
—Gaping bo'lsa tezroq gapir
—Jimin bilaman men xato qildim. Juda katta xato qildim. Men.men seni shu qisqa vaqt ichida pinhona sevib qolganimni juda kech anglab yetdim. Men..me..n.n
—Ee hiqqillamay tugat gapingni, yetar shunchasi seni eshitishni istamayman. Eshitib ol agar qamoqdan chiqqanimdan so'ng oyog'im tagida o'ralashguday bo'lsang seni ayab o'tirmayman. Yo'qol ko'zimdan, daf bo'l. Sendan nafratlanaman.
—Jimin, iltimos qilaman meni unut, men xotirangda yomon inson bo'lib qolishni istamayman. Iltimos
Jimin unga javob qaytarmay ters o'girilib keta boshladi
—Seni sevaman Jimin. Va senga ruhim bilan ham tanam bilan hech qachon xiyonat qilmaslikka so'z beraman🙂🥲 Yn bu gaplarni pichirlab mayin ovozda aytdiku-ya lekin uni Jimin ham eshitgandi
Yn Jimin ketgandan keyin sohil bo'yiga bordi. U yerda uzoq vaqt o'tirdi. Hozir qayerga ketishini, hayotini qanday o'tishini barcha barchasini o'ylab chiqdi. Nihoyat Busanga ketishga qaror qildi. Turib Jimin bilan yashagan uyiga bordida kiyimlarini yig'di. Aeroportga borib kechqurunki reys bilan chipta oldi.
Yn ro‘yxatdan o‘tib, samolyot tomon yurdi. Samolyotga chiqib, o‘z joyiga joylashdi. Atrof sukunat, biroq uning ichida tinimsiz g‘ala-g‘ovur…
Nega doim men bilan shunday sinovlar yuz beradi? Axir mening aybim nima? Shu yorug‘ dunyoni o'z ko'zlarim bilan ko'rganimmi? To‘g‘ri, men xato qildim... Tikanni deb gulga ozor berdim… Lekin men uchun ham kimdir qayg‘uradimi? Kimdir kechalari qon yig‘laydimi?
Jimin… kechir… iltimos, meni kechir… So‘z beraman, endi Seulga qaytmayman. Busanda yangi hayot boshlayman.
Jungkook… siz ham meni kechiring. Sizni ogohlantirmay ketyapman. Bilaman, siz meni tushunasiz, balki biroz g‘azablanarsiz… Lekin men ortga qaytolmayman. Siz esa baxtga loyiq insonsiz. Sevgan insoningiz bilan baxtli bo‘ling…
Loudspeakers orqali e’lon yangradi:
— Hurmatli yo‘lovchilar, samolyotimiz uchishga tayyorlanmoqda. Iltimos, xavfsizlik kamarlaringizni taqing.
Yn chuqur nafas oldi.
*Hozir hammasi ortda qoladi… Hozir… Seul ortda qoladi…
Samolyot osmonga ko‘tarildi. Seul esa tobora uzoqlashib, kichik nuqtaga aylanib borardi. Yn o‘z hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganini his qildi, ammo yuragidagi og‘riq hamon yo‘qolmadi…
Shu paytda Jungkookning telefoni titradi.
U charchoq bilan divanda o‘tirar, so‘ng cho‘ntagidan telefonini chiqarib, ekraniga ko‘z tashladi. “Yn” degan ismni ko‘rishi bilan yuragi gupillab urib ketdi. Darhol xabarni ochdi.
> Salom, Jungkook. Qaleysiz? Ishlaringiz yaxshimi?Nimadan boshlashni bilmayapman...Xullas, men bu yerlardan ketmoqchiman.Agar bu xabarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, men allaqachon ketib bo‘lganman...Iltimos, mendan ranjimang. Men sizga faqat minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mening zulmatga g‘arq bo‘lgan hayotimga yorug‘lik olib kirganingiz uchun, meni tubsiz jarlik yoqasidan qutqarganingiz uchun sizga rahmat aytaman.Siz menga uy berdingiz, himoya qildingiz, menga tirgak bo‘ldingiz. Qancha minnatdorchilik bildirsam ham kamdek…Lekin men bu yerda qololmayman. Sizdan birgina iltimosim bor: meni unuting…Sevgan insoningiz bilan baxtli bo‘ling.Xolamni asrang, iltimos, mening nomimdan u bilan xayrlashing.Va nihoyat...Men sizni yaxshi ko‘raman. 🙂
Jungkook telefoniga kelgan xabarga qarab qotib qoldi. Barmoqlari qaltirab, har bir harfni yana qayta o‘qirdi. Vhuqur nafas olib, xabarga javob yozmoqchi bo‘ldi, ammo nima deb yozishini bilmasdi. Uning ichida qanchadan qancha hislar girdob bo‘lib aylanardi. Achchiq alam, g‘azab, tushunarsiz og‘riq…
Jk xonada u yoqdan-bu yoqqa yurar nima qilishini o'ylardi. Axir nimadir qilish kerak. Jk buni shunchaki qabul qilib o‘tirishni xohlamayotgandi
Shu payt onasi xonasidan chiqib, Jungkookning xonada u yoqdan bu yoqqa yurib bezovta ekanini ko‘rib qoldi.
Jk onasi tomonga burildi. Ko‘zlarida qandaydir og‘ir tuyg‘u aks etardi.
— Nima?! — onasi hayratdan qo‘lini og‘ziga bosdi.
Jungkook yana qo‘lidagi telefonga tikildi.
— U men bilan shunchaki oddiy sms bilan xayrlashib ketdi.
Onasi bir zum sukut saqladi, so‘ng chuqur xo‘rsindi.
— O'g'lim balki bu unga kerakdir… Balki shunday to‘g‘ridir…
— Yo‘q oyi… bu to‘g‘ri emas… Men uni bunday qo‘yib yubora olmayman…
Jk shunday degancha shoshilinch ravishda kurtkasini oldi va eshik tomon yurdi.
Jk shoshib uydan chiqib ketdi. Yuragi gupillab urardi. Ich-ichidan sezardi… kech bo‘lganini. Lekin hali biroz bo'lsa ham bir umid bor edi…
Jk aeroportga yetib keldi. Ammo...
Samolyot allaqachon uchib ketgan edi...
Meni avf etingiz juda kam bo'lib qoldi
Author: #Minsu
Kanal: @Hari_fanfic