November 5, 2024
#davra_suhbati
Joriy yilning 1-noyabr sanasida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutori M.Rustamova tomonidan “Internetda ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan ehtiyot bo‘ling!” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda fakultet talabalari ishtirok etib, ularga turli huquqbuzarliklar, terrorizm va ekstremizm haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, sodir qilingan notoʻgʻri harakatlar uchun javobgarliklar mavjudligi haqida ogohlantirildi.
Tadbir soʻnggida talabalar oʻzlari qiziqqan savollarga tyutor tomonidan munosib tarzda javob olishdi.