November 6, 2024

#profilaktik_tadbir

5-noyabr kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti D.Djurayev boshchiligida Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari A.Sattorov, F.Eshmatov, tyutor B.Mirzayeva hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani Axborot texnologiya sohasidagi jinoyatga qarshi kurashish Uchtepa tumani guruh rahbari kapitan A.Raxmonov, universitet profilaktika katta inspektori Sh.Begmetov, kapitan M.Nurmuhammedova bilan hamkorlikda "Talaba-oʻquvchilari oʻrtasida ekstremizm gʻoyalariga berilishining oldini olish" mavzusida huquqiy profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ekstremizmning oldini olish bo’yicha amaliy maslahatlar berildi. Talabalar o’zlarini va yaqinlarini internetdagi xavflardan himoya qilish uchun qanday choralar ko’rishlari kerakligi haqida ma’lumot oldilar.

Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning internet xavfsizligi bo’yicha bilimlarini oshirish va ekstremizmga qarshi kurashishdagi faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.