November 8, 2024

Mushoira kechasi

OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutori D.Nurullayev va 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi Z.Karimova boshchiligida talabalar oʻrtasida "Mushoira kechasi" tashkil etildi.

"Mushoira kechasi"da ijodkor talabalar o‘z sheʼrlarini o‘qib, barchani ilhomlantirdilar. Tadbir davomida turli mavzularda sheʼrlar o‘qildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi va ularni birlashtiradi.